Gidrotermal konlar


dan 5–7 km gacha bo‘lgan chuqurlikda joylashgan magmatik jins


Download 57.79 Kb.
bet2/7
Sana24.04.2023
Hajmi57.79 Kb.
#1395576
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
GIDROTERMAL KONLAR

dan 5–7 km gacha bo‘lgan chuqurlikda joylashgan magmatik jins
massivlari yoki plutonlari bilan bog‘liq bo‘lgan gidrotermal konlar
«chuqurlikdagi yoki plutogen gidrotermal konlar» deyiladi.
Agar ma’dan hosil qiluvchi eritmalar yer ustidan boshlab, bir kilometrgacha bo‘lgan chuqurlikda joylashgan «vulkan» yoki «sub- vulkan» deb ataluvchi magmatik jinslar bilan bog‘liq bo‘lsa, unday
konlar yuza chuqurlikdagi yoki vulkanogen gidrotermal konlar deb ataladi.
Har ikki ma’dan hosil qiluvchi gidrotermal eritmalar o‘z harorat-
larini va bosimlarini doimo pasaytira borganliklari uchun (400–50 °С) va ulardan foydalanilayotgan mineral uyushmalari turli harorat inter- vallarida yuzaga kelganliklari uchun plutogen va vulkanogen gidro- termal konlarni tashkil etuvchi harorat intervallariga qarab, 3 turga bo‘linadi:
1. Yuqori haroratli gidrotermal konlar (400–300 °С).
2. O‘rta haroratli gidrotermal konlar (300–200 °С).
3. Past haroratli gidrotermal konlar (200–50 °С).
Yuqori haroratli gidrotermal konlar 400–300 °Сda hosil bo‘lib, ular volfram, oltin-margimush konlariga xosdir. Ba’zan bir konning o‘zida ikki va undan ortiq foydali qazilma to‘planadi (masalan, kvars- kassiterit-volframit konlari). Ana shunday konlar qatoriga oz bo‘lsada, ba’zi polimetall (qo‘rg‘oshin-rux) konlarini ham kiritish mumkin, metallmas konlardan flyuorit, muskovit, apatit, topaz, berill konlari kiradi. Yuqoridagi metalmas foydali qazilma konlari ko‘proq gaz holidagi eritmalar mahsuli hisoblanadi.
Yuqori haroratli plutonogen konlar ko‘pincha qalinligi bir necha santimetrgacha, uzunligi birnecha o‘n metrlargacha bo‘lgan tomirsi- mon tanalar sifatida uchraydi. Molibden uchun xos bo‘lgan tanalardan biri – to‘rsimon tuzilgan kvars-molibdenit shtokverklaridir. Tomirlar ba’zan birlashib, «ot dumi» deb nom olgan kokilsimon strukturaga ega bo‘ladi. Umuman, yuqori haroratli gidrotermal konlarning yiriklari

Download 57.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling