lashish (olivin [Mg, Fe,(SlO4)]), piroksenlar (R2[Sl2O6]; RqqNa, Ll; Rq2 qAl,Fe, Tl) kabilar o‘rniga temir va magniyli karbonatlar – fuksit
va boshqalarning hosil bo‘lishi ro‘y beradi.
Aytib o‘tilgan o‘zgarishlar ko‘pincha ustma-ust tushib, mutaxas- sislarning ishini murakkablashtiradi va yuqori malakali geologlarning aralashuvini taqozo etadi. O‘rta haroratli konlarning yana bir xusu- siyati – ular ko‘pincha ona magmatik jinslardan anchagina tashqarida ham joylashaveradi. Ma’danlashish jarayoni esa, ham bo‘shliqlarni to‘ldirish, ham metasomatik almashinish orqali kechib o‘tishi mum- kin. Ma’dan tanalari oddiy va murakkab tomirlar, linza, shtok, shtok- verk, quvursimon va qatlamsimon shakllarda gavdalanadi.
Past haroratli gidrotermal konlar 200–50 °С oralig‘ida yuzaga keladi. Aslida bu harorat bosimning pasayishi bilan bog‘liq bo‘lib, gidrotermal eritmalarning magmadan ajralgandan so‘ng 6–8 km yo‘lni bosib o‘tgan masofasiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham bu konlar odatda ona jinsdan yiroqda, cho‘kma va metamorfik jinslar ichida shakllanadi. Shu tufayli ularni ko‘pincha «teletermal», qatlamlangan jinslar shakliga ega bo‘lganda esa, hatto «qatlam (stratimorfnoe) kon- lari» deb ham ataydilar. Kon ko‘pincha ohaktoshlar, ayniqsa organo- gen jinslar bo‘lsada, ular ohakli qumtosh, qumli ohaktosho‘, qumtosh, slanes va effuzivlardan iborat qatlamlarda ham joylashaveradi. Bu konlar simob (kinovar – HgS), surma (antimonit – Sb2S3), margimush
(realgar – AsS va auripigment – As2S3 hisobiga), oltin, kumush, oltin telluridlari (kalaverit – AuTe2, silvanit – AuAgTe4) dan tashkil topgandir. Boshqa minerallardan kvars, karbonatlar, barit, alunit (KAl3(SO4)2 (OH)6)larni keltirish mumkin.
Ma’dan tanalari tomirsimon, linzasimon qatlamsimon, ustunsi-
mon bo‘ladi. Ma’dan atrofi o‘zgarishlari berezitlashish, karbonatla- shish, baritlashish, kvarslashishlar sifatida namoyon bo‘ladi.
Plutogen gidrotermal konlar turli tog‘ jinslarida paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday konlarni izlashda ko‘proq yoriqlarni,
Do'stlaringiz bilan baham: |