Gilli cho’kindi tog’ jinslarining mexanik tarkibi va egiluvchanligi sonini hisobga olgan holda aniqlash


Download 74.66 Kb.
bet6/7
Sana11.05.2023
Hajmi74.66 Kb.
#1454514
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2MAVZU Gilli cho\'kindi

Changsimon va gilli jinslar. Changsimon va gilli zarralar qumloq tuproq, kumloq tuproq va gil tuproq jinslarining asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. Gilli jinslar tabiatda keng tarqalgan bo`lib, cho`kindi jinslarning 50% dan ortig`ini tashkil etadi.

  • Changsimon va gilli jinslar. Changsimon va gilli zarralar qumloq tuproq, kumloq tuproq va gil tuproq jinslarining asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. Gilli jinslar tabiatda keng tarqalgan bo`lib, cho`kindi jinslarning 50% dan ortig`ini tashkil etadi.
  • Lyoss va lyossimon jinslar tuzilishi jixatidan o`ziga xos fizik va mexanik, kimyoviy mineral tarkibli xamda yer yuzasining ma`lum sharoitdagi ulkalarida hosil bo`lgan cho`kindi tog` jinsidir. “Lyoss” so`zi nemischa yumshoq uvalanadigan ma`noni bildiradi.
  • Lyoss sergovak, sariq yoki bo`z-sariq rangda, qatlamlanmagan, qulda siqilganda tez uvalanadigan jins bo`lib, uning 70% 0,05 - 0,001mm li zarralardan tashkil topgan.
  • Lyosslar quyidagi xususiyatlariga qarab ajratiladi: 1. Rangi sarg`ish, och malla sarg`ish. 2. Serg`ovak. G`ovaklarini oddiy ko`z bilan ko`rish mumkin, diametri 3mm gacha. G`ovaklik jins xajmining 45-50% ni tashkil etadi 3. Kaltsiy va magniy karbonat tuzlari jins massasining 5% dan ko`prog`ini tashkil etadi. 4. Lyoss qatlamida qum va shag`al linzalari bo`lmasligi kerak. 5. Jinsni tashkil qiluvchi zarrachalarning 50% dan ko`pi 0,05mm dan 0,001mm gacha bo`lishi, 0,001mm dan kichik zarrachalar 10% gacha bo`lishi va 0,25mm li zarrachalarning bo`lmasligi. 6. Jarliklarda vertikal tarzda ajralish xususiyatiga ega. 7. Uzoq vaqt suv ta`sir etganda o`z massasi ta`sirida cho`kishi. 8. uqori darajada suv o`tkazuvchanligi. 9. Quruq xolda qattiq, namlanganda tez ivib loy xoliga kelishi. 10. Tarkibida tez eriydigan tuzlarning ko`p miqdorda bo`lishi.
  • Lyoss va lyossimon jinslar paydo bo`lish va olib borib yotqizilishi sharoitiga qarab eol, prolyuvial, elyuvial, delyuvial, allyuvial va flyuvio-glyatsial turlarga ajratiladi.

Kimyoviy cho`kindi tog` jinslari. Kimyoviy tog` jinslari eritmalardagi kimyoviy moddalarning cho`kishidan hosil bo`ladi. Bunday jarayon dengiz va okean suvlarida, qurib borayotgan suv xavzalarida, sho`r suvli buloqlarda kuzatiladi. Kimyoviy tog` jinslariga oxaktosh, dolomit, angidrit, gips osh tuzi kiradi.

  • Kimyoviy cho`kindi tog` jinslari. Kimyoviy tog` jinslari eritmalardagi kimyoviy moddalarning cho`kishidan hosil bo`ladi. Bunday jarayon dengiz va okean suvlarida, qurib borayotgan suv xavzalarida, sho`r suvli buloqlarda kuzatiladi. Kimyoviy tog` jinslariga oxaktosh, dolomit, angidrit, gips osh tuzi kiradi.
  • Oshtuzi - qatlamlar xolida sho`r kullar va dengiz kultiklaridagi yotkiziklar orasida uchraydi. Osh tuzining rangi hosil bo`lish sharoitiga va tarkibidagi aralashmalarga qarab, oq, sariq, qizil, havo rang bo`ladi. Suvda oson eriydi. Asosan u galit (NaCl) mineralidan tashkil topgan.
  • Gips va angidrit bug`lanish kuchli bo`lgan va suvi oqib chiqib ketmaydigan dengiz qo`ltiqlarida tuzlarning cho`kishidan hosil bo`ladi. Gips mayda donli zich yoki tolasimon oq, kulrang, sariq rangdagi jinsdir. Xajmiy og`irligi 2200 kgG`m3. mustaxkamligi 20MPa

Download 74.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling