Gimnastika mashg’ulotlarida shikaslanishni oldini olish va xavfsizlik qoidalari


Gimnastika mashg'ulotlariga o'quvchilar xavfsizligini ta`minlash texnologiyasi


Download 174.11 Kb.
bet8/9
Sana31.01.2024
Hajmi174.11 Kb.
#1828035
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Harakatli o\'yinlarni tashkil qilish va o\'tkazish metodikasi

2.2 Gimnastika mashg'ulotlariga o'quvchilar xavfsizligini ta`minlash texnologiyasi
Gimnastikada mashqlarni qat’iy bir me’yorda bajarish, talabalar faoliyatini aniq uyushtirish uslubiga xos bo‘lib, uning natijasida yangi- yangi malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun qulay sharoit yuzaga kelib, mehnat qobiliyatini oshirish borasida yuqori ko‘tarinki muhit yaratiladi. Gimnastikaning uslubiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

  1. Inson organizmiga har tomonlama ta ’sir ko ‘rsatish. Insonning barcha organlari funksiyalari gimnastika mashqlari yordamida ijobiy rivojlanadi va takomillashadi. Gimnastika mashg‘ulotlari orqali kishini umumiy jismonan va aqlan tarbiyalash hamda uning jismoniy sifatlarini har tomonlama barkamollikka yetkazishga erishish mumkin.

  1. Xilma-xil jismoniy mashqlardan foydalanish. Organizmning morfologik funksional tarmoqlari va jismoniy sifatlari (kuch, tezkorlik, egiluvchanlik, chaqqonlik va chidamlilik)ni har tomon- lama garmonik tarbiyalash va rivojlantirish jismoniy mashqlar yordamida amalga oshiriladi. Shu bilan bir vaqtda, asab tizimining moslashtirish mexanizmiga ta’sir ko‘rsatilib, uning moyilligi ortishi bilan sport texnikasining asoslari shakllana boradi.

  1. Organizmning kerakli a ’zolarini takomillashtirish. Talaba o‘z oldiga qo‘ygan maqsadni yechishda, organizm mushaklarini tarbiyalash kerak bo‘lgan qismlariga ta’sir qilishda xilma-xil mashqlar tanlab bajarish usullari aniq bo‘lishi natijasida, mushak-bo‘g‘im guruhlariga ta’sir etish orqali erishadi. Bu talabalarga kerakli jismoniy sifatlarning rivojlanishiga ko‘maklashadi va jismoniy rivojlanishdagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun imkoniyat yaratadi.

  2. O‘quv jarayonining qat’iy me’yorda bo‘lishi va jismoniy yukla- malarni aniq tartibga solish. Ta’lim berish jarayonini tashkil qilish turli uslubiy usullardan foydalanish bilan bir qatorda, ta’lim berishning o‘ziga xos xususiy maqsad va vazifalarini birin-ketin hal qilish tamoyiliga bog‘liq. Bu holat jismoniy va boshqa sifatlarning tobora rivoj topishini ta’minlaydi. Jismoniy yuklamalarning ta’sir- lanish sur’ati va chegarasini o‘zgartirish hamda mashqlarni ijro etish ketma-ketligini yo‘lga qo‘yish, turli qo‘shimcha og‘irlik va qurilmalardan foydalanish orqali sportchilarni tayyorgarlik daraja- siga e’tiboran belgilasa bo‘ladi.

  3. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishishda mashqlarni uzluksiz murakkablashtirish va ularni uyg‘unlashtirish jarayoni.

Mashg‘ulotlar natijasida talaba ko‘nikma hosil qilgandan so‘ng, uning murakkab turiga o‘tiladi. Keyinchalik shu mashq va uning to‘plami ham murakkablashtiriladi, o‘rganilgan mashqlar belgisi ikkinchisiga qo‘shib bajariladi va ularga yangi yo‘llanma beriladi. O‘rganilayotgan o‘quv mashqlarining sifati (miqdor jihatdan) yangicha ifodaga ega bo‘ladi hamda sportchi organizmiga ijobiy ta’sir etib, u kutgan natijaga olib keladi. Bir xil mashqlarning organizmga turlicha ta’siri natijasida har xil vazifaga erishish uchun ularni uslubiy jihatdan xilma-xil o‘zgartirish (yo‘naltirilganini chegaralash, mashq bajarishning o‘yin yoki musobaqa shakllaridan foydalanish) yo‘li bilan amalga oshirish mumkin.
Gimnastikaning uslubiy xususiyatlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq- dir. Ularni qo‘llashda mashg‘ulotlar jarayonida beriladigan mashq­larning talaba organizmiga ko‘rsatadigan ta’sirini to‘g‘ri hisobga olib yuklama berilsa, talabalarning har tomonlama jismoniy tayyorgarligi, jismoniy sifatlarni barkamol rivojlantirish vazifalari, ta’lim-tarbiya vazifalari maqsadga javob beradigan darajada yechim topadi.
XULOSA
Jismoniy tarbiya fanining vositasi sifatida gimnastika uzoq vaqt mobaynida rivojlanib kelgan. Uning qaror topishi ijtimoiy tuzum o‘zgarishi bilan, inson haqidagi fanning rivojlanishi bilan, shuningdek, urush olib borish usullarining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bular gimnastikaning mazmunan o‘zgarishiga, uning o‘qitish uslubiyati va hatto, mashqlarni bajarish texnikasining tubdan o‘zgarishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatgan.
XV—XIX asrdagi gimnastika tizimiga kirgan ayrim mashqlar Qadimgi Rimda hamda bir qancha G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida esa o‘rta asrlar davridayoq harbiy-jismoniy tayyorgarlik ko‘rishda qo‘llanilgan edi. Yog‘och otda, narvon va raqib qal’alariga hujum qilishni o‘rgatishda qo‘llanadigan boshqa jihozlardagi mashqlar shular jumlasiga kiradi. Akrobatik mashqlar va arqon ustidagi mashqlarni sayyor yurgan dorbozlar namoyish qilishgan.
Uyg‘onish davri gumanistlari yoshlami har tomonlama tarbiya- lashga katta ahamiyat bera boshlashdi. Gimnastika mashg‘ulotlarini ular inson sog‘lig‘ini mustahkamlash va jismoniy kuchini rivoj- lantirishda eng yaxshi vositasi, deb bilishardi. XVI asrda jismoniy tarbiyaga oid bir qancha asarlar paydo bo‘ladi. Bulardan eng mashhuri I. Merkurialisning gimnastika san’ati haqidagi asari. Muallif gimnastikani: harbiy gimnastika, davolash gimnastikasi va atletik gimnastikadan iborat uch turga ajratdi. Sog‘lomlashtirish gimnas- tikasini, ya’ni raqibdan ustun chiqish hissi bilan bog‘liq bo‘lmagan gimnastikani, u asosiy jismoniy tarbiya vositasi, deb hisoblagan.
Ayni vaqtda gimnastikada boshqa yo‘nalish ham rivojlangan bo‘lib, uning asosini shug‘ullanuvchilarning chaqqonligi tashkil etgan. Fransuz gumanist-yozuvchisi Fransua Rablening (1494— 1553-yillar atrofida) «Gargantyua va Pantagryuel» asarida tarbiya- lanuvchilar turli mashqlar bilan, shu jumladan, yakkacho‘pda, yog‘och otda mashq qilishgani, arqonga tirmashib chiqqanligi, akrobatik mashqlar bajarishgani haqida ma’lumot berilgan. Shu sababli, XV asrdayoq zodagon yoshlar maktablarda ayrim gimnastika jihozlari va mashqlaridan foydalanilgan. Ular keyinchalik sport gimnastikasiga asos bo‘lgan, deb hisoblash o‘rinli. Hozirgi paytda an’anaviy gimnastika jihozlaridan tashqari ko‘pgina umumrivojlantiruvchi mashqlar uchun foydalaniladigan yordamchi trenajorlar, qurilmalar paydo bo‘lmoqda. Bu trenajorlar ham gimnastika sportini rivojlantirishda mashqlar bajarish sifatini oshirishda katta foyda beryapti.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan gimnastika turlari mazkur sportning umumiy yo‘nalishi asosini o‘zida saqlab qoladi. Ammo nimaga mo‘ljallanganligi, mashqlarning o‘ziga xosligi va uslubiyati bilan bir-biridan farq qiladi. Gimnastikaning asosiy vositalarini mana shu tariqa ajratish, gimnastikaning biron turi uchun, turli xildagi pedagogik maqsad va vazifalarni yechish uchun mashqlar tanlashni osonlashtiradi.
Muhim ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish, takomillash- tirish, mustahkamlash, shug‘ullanuvchilarning kayfiyatini ko‘tarish va mashg‘ulot jarayoniga ishtiyoqni oshirish maqsadida gimnastika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladi, ular qatorida har xil harakatli o‘yinlar ham qo‘llaniladi. Estafetalar o‘tkazganda o‘yinlarning musoba- qalashuv belgilariga ko‘proq e’tibor beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.


  1. Gimnastika. A.M. Shlemin, A.T. Brikinlar tahriri. 1982 yil, Toshkent.

  2. www.ziyonet.uz.

  3. www.wiki.arxiv.uz/gimnastika.

  4. A. Yefemenko. Gimnastika. T., O‘zDJTI, 1980.

  5. I. Azimov. Sport fiziologiyasi. T., O‘zDJTI, 1993.

  6. Э.И. Сакун. Построение учебного процесса по физическому воспитанию студентов в вузе. М., «Дашков и К», 2009.


  7. Download 174.11 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling