YO’RIQLI-TEXNOLOGIK XARITA
Muolaja : Bakterioskopik tekshirish uchun surtma olish
Kerakli asbob- anjomlar: Rezina qo`lqop, ginekologik kreslo, steril kleyonka yoki salfetka, Folkman qoshiqchasi yoki tarnovsimon zond, buyum oynachasi, qoshiqsimon va yassi qin ko`zgulari.
Muolajaning bajarilishi:
Surtma olish uchun kerakli asboblar tayyorlanadi.
Hamshira qo`lini yuvib rezina qo`lqop kiyadi.
Ginekologik kresloga steril klyo`nka yoki bir martalik salfetka to`shaladi.
Ayol beligacha yechintirilib ginekologik kresloga yotqiziladi
Tekshirish uchun uretradan, bachadon bo`yni kanalidan, qinning uchdan bir yuqori qismidan surtma olinadi.
Uretraning orqa devori o`ng qo`lning ko`rsatgich barmog`I bilan yuqoridan pastga qarab yengil massaj qilinadi, so`ngra surtma olinadi.
O`ng qo`ldagi Folkman qoshiqchasi yoki tarnovsimon zond bilan uretradan surtma olib, chap qo`ldagi buyum oynachasiga yupqa qilib surtiladi.
Qinga qoshiqsimon ko`zgu kirgiziladi.
Folkman qoshiqchasi yoki tarnovsimon zondning bir uchi bilan bachadon bo`yni kanalidan surtma olinib buyum oynachasiga surtiladi
Folkman qoshiqchasining ikkinchi uchi bilan qinning orqa gumbazidagi ajralma sekretdan olinib, buyum oynachasiga surtiladi
Ko`zgular qindan chiqariladi.
Labaratoryaga tekshirish uchun yo`llanma yoziladi.
Surtma qurigach yo`llanma bilan labaratoryaga topshiriladi.
Eslatma: Ayoldan surtma olishdan oldin qyuyidagilarga qat`iy e`tabor berish kerak: Qinni chayish, qinga dorilar bilan muolajalar o`tkazish mumkin emas; surtma siyishdan oldin olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |