Gistologiya javoblari
Download 154.37 Kb.
|
Gistologiya javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Trombotsitopoez.
Monotsitlar (monocyti). Monotsitlar qonning eng yirik hujayralari hisoblanadi. Ularning kattaligi surtmalarda 20 mkm gacha, qonda esa 9-12 mkm gacha bo`ladi. Monotsitlar soni yetuk organizmda umumiy leykotsitlar miqdorining 6-8% ini tashkil etadi. Monotsitlar yadrosi shaklining turli xilda bo`lishi bilan xarakterlanadi - ko`pchilik hollarda yadro loviyasimon yoki taqasimon shaklga ega bo`ladi. Xromatin siyrak, note-kis to`r shaklida joylashib, Romanovskiy usuli bilan bo`yalganda qizg`ish binafsha rangga bo`yaladi. Ba’zan 1-2 ta oksifil bo`yalgan yadrocha ko`rinadi. Monotsitlar sitoplazmasi bazofil bo`yalish xususiyatiga ega bo`lib, ularning bazofilligi limfotsitlarga nisbatan ko`proq ifodalangandir.
Sitoplazma Romanovskiy usuli bilan qisman ko`k, qisman binafsha rangga bo`yalib, bu sitoplazmaga xarakterli ko`kish-binafsha tus beradi. Monotsitlar sitoplazmasida nafis maxsus azurofil donadorlik, ba’zan esa yirikroq bazofil bo`yaluvchi donadorlik ham uchrashi mumkin. Elektron mikroskopda monotsitlar sitoplazmasining limfotsitlarga nisbatan hujayra or-ganellalariga ancha boy ekanligi ko`zga tashlanadi Limfotsitlar tepada bor 51. Тромбоцитопоэз. Асосий босқичлари Trombotsitopoez. Trombotsitlar yoki qon plastinkalarining hosil bo`lishi suyak ko`migida amalga oshadi. 1906 yildayoq Obraztsov va Rayt qon plastinkalari suyak ko`migidagi gigant hujayralar - megakariotsitlar sitoplazmasining bo`laklari ekanligini aytib o`tgan edilar. Obrazli qilib aytganda: suyak ko`migi gigantlari mayda qon hujayralarini yaratadi. Sxematik ravishda trombotsitopoez mana bunday ifodalanadi: o`zak hujayra miyelopoezning boshlang`ich hujayrasi megakarioblast promegakariotsit megakariotsit qon plastinkalari (trombotsitlar). Megakarioblastlar o`z morfologik xususiyatlari bilan differensiallanmagan blast hujayralarga o`xshab ketadi. Ular ancha yirik (15-25 mkm) bo`lib, dumaloq yoki ovalsimon shaklga ega. Sitoplazma Romanovskiy usuli bilan bazofil bo`yalib, to`q ko`k rangni oladi va o`zida hech qanday donadorlik saqlamaydi. Elektron mikroskopda megakarioblastlar sitoplazmasining erkin holda joylashgan ribosoma va polisomalarga boy ekanligini, mitoxondriyalar, endoplazmatik to`r kanalchalarining esa juda kam sonli bo`lishini ko`ramiz. Megakarioblastlar takomillashishi davomida promegakariotsitlar hosil bo`lib, ular megakarioblastlarga nisbatan ancha yirikroqdir. Ularning yadrosi bir necha botiqliklarga ega bo`lishi tufayli o`zining yumaloq shaklini yo`qotib, bo`g`imlarga bo`lina boshlagan bo`ladi. Shu bilan bir vaqtda yadro xromatinining zichlashishi ham qayd etiladi. Elektron mikroskopda promegakariotsitlar sitoplazmasida ancha yaxshi taraqqiy etgan hujayra organellalari, donachalar va vakuolalar borligi ko`zga tashlanadi. Shu bilan birga hujayra sitoplazmasining markaziy qismida - endoplazmada organellalar joylashganligi va periferik qismi - ektoplazma organellalaridan xoli bo`lib, yakka-yarim vakuolalar va donachalar saqlashi diqqatni tortadi. Promegakariotsitlar yadrosi yirik bo`lib, bir necha bo`g`imlardan iboratligi tufayli noto`g`ri shaklga ega bo`ladi. Bu bo`g`imlar segment yadroli leykotsitlardagi yadro bo`laklaridan farq qilib, bir-biri bilan ingichka yadro ko`prikchalari bilan bog`lanmay, balki uzluksiz tutashib ketgandir. Rivojlanish davomida hujayra sitoplazmasida donadorlik ko`payadi, shu bilan birga sitoplazmadagi kanalchalar ko`payib, ular sitoplazmani alohida bo`lakchalarga bo`ladi. Bu kanalchalar demarkatsion membranalar ham deb yuritilib, bo`lg`usi qon plastinkalarining ajralib chiqish chegaralarini belgilab beradi. 52. Моноцитлар: тараққиёти, тузилиши ва аҳамияти. Мононуклеар фагоцитар система Download 154.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling