Gistologiya javoblari


Download 154.37 Kb.
bet24/45
Sana16.06.2023
Hajmi154.37 Kb.
#1502553
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45
Bog'liq
Gistologiya javoblari

Monotsitlar (monocyti). Monotsitlar qonning eng yirik hujayralari hisoblanadi. Ularning kattaligi surtmalarda 20 mkm gacha, qonda esa 9-12 mkm gacha bo`ladi. Monotsitlar soni yetuk organizmda umumiy leykotsitlar miqdorining 6-8% ini tashkil etadi. Monotsitlar yadrosi shaklining turli xilda bo`lishi bilan xarakterlanadi - ko`pchilik hollarda yadro loviyasimon yoki taqasimon shaklga ega bo`ladi. Xromatin siyrak, note-kis to`r shaklida joylashib, Romanovskiy usuli bilan bo`yalganda qizg`ish binafsha rangga bo`yaladi. Ba’zan 1-2 ta oksifil bo`yalgan yadrocha ko`rinadi. Monotsitlar sitoplazmasi bazofil bo`yalish xususiyatiga ega bo`lib, ularning bazofilligi limfotsitlarga nisbatan ko`proq ifodalangandir.
Sitoplazma Romanovskiy usuli bilan qisman ko`k, qisman binafsha rangga bo`yalib, bu sitoplazmaga xarakterli ko`kish-binafsha tus beradi. Monotsitlar sitoplazmasida nafis maxsus azurofil donadorlik, ba’zan esa yirikroq bazofil bo`yaluvchi donadorlik ham uchrashi mumkin. Elektron mikroskopda monotsitlar sitoplazmasining limfotsitlarga nisbatan hujayra or-ganellalariga ancha boy ekanligi ko`zga tashlanadi
53. Фибробластлар. Тузилиши ва вазифалари
Fibroblastlar (lat. fibra - tola, yunon. blastos - kurtak) biriktiruvchi to`qimaning asosiy hujayra elementlaridan hisoblanali. Fibroblast yirik (20 mkm ga yaqin) noto`g`ri shakldagi hujayra bo`lib, qobig`i bir talay uzun o`simtalar hosil qiladi. Sitoplazma chegarasi faqat elektron mikroskopdagina aniq ko`rinadi. Fibroblast sitoplazmasida ikki qism: tashqi-ektoplazma va ichki - endoplazma tafovut qilinadi. Ektoplazma faqat gialoplazmadan iborat bo`lib, ochroq bo`yaladi. Endoplazma esa yadro atrofidagi hujayra organellari va kiritmalari joylashgan to`qroq bo`yalgan qismdir.
Fibroblast yadrosi yirik, cho`zinchoq shaklda bo`lib, o`zida asosan mayda euxromatin tutadi. Kam differentsiallashgan fibroblastlar yadrosida bir yoki bir nechta yadrocha uchraydi. Hujayra differentsiallanishi davomida yadrochalar yo`qolib boradi. Hujayra sitoplazmasining submikroskopik tuzilishi ham differeniiellanish darajasiga bog`liqdir. Kam differentsiallashgan fibroblastlarda hujayra organellalari hali unchalik taraqqiy etmagandir. Differentsiallanish davomida fibroblastlar sintez qobiliyatiga ega bo`lgan aktiv hujayralarga aylanadi. Sitoplazmada juda yaxshi rivojlangan endoplazmatik to`r, Golji kompleksi, mitoxondriyalarni, lizosomalarni ko`rish mumkin (71-rasm). Gistoximiyaviy analiz hujayra sitoplazmasida mukopolisaxaridlar kompleksi, glikogen, ribonukleoproteid va fermentlar borligini ko`rsatdi.
Fibroblastlar sitoplazmasida, asosan, soxta oyoqlarda (psevdopodiylarda) diametri 6-7 nm m i k r o f i b r i l l a l a r yoki qisqaruvchi ipchalar joylashadi. Hujayra sitoplazmasida mikronaychalar ham bo`lib, ularning diametri 20-25 nm ga teng. Mikronaychalar hujayra yuzasiniig turg`unligini belgilaydi. Fibroblastlar oddiy sharoitda harakatsiz bo`lib, faqat mu-ayyan sharoitlardagina harakat qila oladi. Hujayra sitoplazmasi pufakchalarga boy, ular asosan hujayra qobig`i invaginatsiyasi hisobiga hosil bo`ladi va pinotsitoz vazifasini bajarishi mumkin. Fibroblast sitoplazmasida lipid donachalar, multivezikulyar tanachalar va hatto miyelin tuzilmalar ham uchrab turadi. Biriktiruvchi to`qimada turli darajada yetilgan fibroblast hujayralari uchrashi mumkin. Ular kam differensiallashgan yosh fibroblastlar, yetuk fibroblastlar va fibrotsitlarni o`z ichpga oladi. yosh fibroblastlar mitoz yo`li bilan ko`payish qobiliyatiga ega bo`lib, ularda oqsil sintezi sust darajada bo`ladi. Funktsional jihatdan eng aktiv hujayralar bo`lib, yetuk fibroblastlar hisoblanadi. Ular biriktiruvchi to`qimaning hujayra oraliq moddasini ishlab chiqaruvchi asosiy hujayralardir. Bu hujayralar sitoplazmasida fibrillyar oqsillar (kollagen, elastin), sulfatlangan va sulfatlanmagan glikozaminoglikanlar, proteoglikanlar sintezlanadi va hujayra oraliq muhitiga chiqariladi. Biriktiruvchi to`qimada tolalar va asosiy modda hosil bo`lishi, jarohatlarning, yaralarning bitishi va chandiq hosil bo`lishi, to`qimaga tushgan yot tanachalar atrofida kapsula hosil bo`lishi - bularning hammasi yetuk fibroblastlar faoliyatining natijasidir. Fibrotsitlar - fibroblastlarning definitiv shakli bo`lib, bu hujayralarda organellalar keskin kamaygan bo`ladi. Shu tufayli fibrotsitlarda yuqorida qayd etilgan moddalarning sintezi deyarli to`xtaydi.
Ba’zi bir sharoitlarda (masalan, homiladorlik paytida bachadonda) fibroblastlar silliq mushak hujayralariga o`xshash bo`lgan miofibroblastlarga aylanishi mumkin. Miofibroblastlar silliq mushak hujayralaridan juda yaxshi taraqqiy etgan endoplazmatik to`r tutishi bilan farqlanadi. Va, nihoyat, ma’lum bir sharoitlarda biriktiruvchi to`qimada fibroklast hujayrala-rihampaydo bo`lishi mumkin. Bu hujayralar gidrolitik fermentlarga boy bo`lib, ular keragidan ortiq hosil bo`lgan hujayra oraliq moddaning yemirilishi va so`rilib ketishida ishtirok etadilar.
Fibroblast hujayralari embrionda mezenxima hujayralaridan, voyaga yetgan organizmda esa o`zak hujayralardan hosil bo`ladi. Dastavval fibroblastlarning boshlang`ich hujayralari dif-ferentsiallashib, ulardan yosh fibroblastlar, so`ngra esa yetuk fibroblastlar hosil bo`ladi. Yetuk fibroblastlar ko`payish va sintez qilish qobiliyatini yo`qotgandan so`ng fibrotsitlarga (definitiv shaklga) aylanadilar. Fibroblastlarning boshlang`ich hujayralari ikki xil bo`lishi mumkin deb hisoblanadi. Ularning birinchi xilidan qisqa muddat (bir necha hafta) yashovchi va himoya - trofik to`qimalarda uchrovchi fibroblastlar, ikkinchisidan esa uzoq (bir necha oylar) yashovchi va tayanch to`qimalarda joylashuvchi fibroblastlar takomillanadi.
54. Ёғ тўқимаси. Оқ ва қўнғир ёғ тўқимаси, уларнинг функционал ва структур фарқлари

Download 154.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling