Gistologiya javoblari


Eozinofil leykotsitlar yoki eozinofillar (granulocyti eosinophilici)


Download 154.37 Kb.
bet21/45
Sana16.06.2023
Hajmi154.37 Kb.
#1502553
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
Bog'liq
Gistologiya javoblari

Eozinofil leykotsitlar yoki eozinofillar (granulocyti eosinophilici). Ular neytrofillarga nisbatan birmuncha yiriqroq bo`.lib, diametri qonda 10-11 mkm, qon surtmasida esa 12-15 mkm ga teng.
Eozinofillar fiziologik holatda leykotsitlar umumiy miqdorining 2-5% ini tashkil etadi. Eozinofillar yadrosi, neitrofillarnikiga o`xshash tuzilgan bo`lib, alohida bo`laklardan (segmentlardan) iborat. Bo`laklar soni eozinofillarda asosan 2 ta bo`lib, 3 yoki undan ko`p segmentli yadro saqlovchi eozinofillar juda kam uchraydi. Eozinofillarni boshqa leykotsitlardan aljatib turuvchi asosiy xususiyati ular sitoplazmasida joylashgan maxsus donachalarning o`ziga xos tuzilishidir. Eozinofil donachalari ikki turli bo`lib, birinchisi yumaloq yoki oval shaklga ega va neytrofillarnikiga nisbatan yirikroqdir (diametri 0,3-1,5 mkm). Ular ko`p miqdorda bo`lib, Romanovskiy usuli bilan bo`yalganda eozin bilan qizil rangga bo`yaladi va tashqi ko`rinishi bo`yicha «qizil ikrani» eslatadi.
Elektron mikroskop ostida eozinofillar o`zlarining hujayra organellalari tuzilishi bo`yicha neytrofillardan deyarli farq qilmaydi. Ular sitoplazmasidagi maxsus eozinofil donadorligi esa o`ziga xos ultramikroskopik tuzilishga ega.
Bazofil leykotsitlar yoki bazofillar (granulocyti basophilici). Ular neytrofil va eozinofillarga nisbatan maydaroq bo`lib, o`rtacha diametrlari qonda 7-8 mkm, qon surtmalarida esa 10-12 mkm ga teng. Bazofillar, leykotsitlar ichida eng kam sonli hujayralar bo`lib, fiziologik sharoitlarda ular leykotsitlar umumiy miqdorining 0,5-1 % ini tashkil etadi. Bazofil leykotsitlar yadrosi ko`pincha 2 segmentdan iborat bo`lib, hujayra organellalarining tuzilishi jihatidan neytrofil va eozinofillardan deyarli farq qilmaydi. Bazofillar sitoplazmasidagi maxsus donachalarning tuzilishi va bo`yalishi ularni boshqa donador leykotsitlardan ajratishga imkon beradi. Bazofil donachalari Romanovskiy usuli bilan bo`yalganda o`zlariga ishqoriy bo`yoqlarni yaxshi qabul qilib, har xil, ya’ni pushti binafshadan tortib qora ranggacha bo`yaladi. Bazofil donachalarining bu xususiyati, ya’ni bo`yoq rangiga xos bo`lmagan tusni olishi metaxromaziya deb nomlanadi va donachalar tarkibidagi maxsus glikozaminoglikan - geparin bilan bog`liq
45. Постэмбрионал гемопоэз. Ўзак ҳужайра турлари
?
46. Лимфоцитлар. Тузилиши, турлари, иммунитетда тутган ўрни
Limfotsitlar (lymphocyti). Ular voyaga yetgan organizmda leykotsitlar umumiy sonining 20-35% ini tashkil qiladi. Organizmda o`rta hisobda 1,5 kg atrofida limfotsitlar bo`lib, shundan faqatgina 5 g ga yaqinigina periferik qonda, 70 g suyak ko`migida, qolganlari esa to`qima va organlarda taqsimlangan bo`ladi. Limfotsitlar yirik (diametri 10-15 mkm), o`rta(diametri 7-9 mkm) va mayda limfotsitlarga (diametri 4,5-6 mkm) ajratiladi. Normal sharoitlarda qonda faqat 10% ga yaqin yirik limfotsitlar bo`lib,. qolgan 90% ini esa o`rta va mayda limfotsitlar tashkil qiladi. Limfotsitlarning umumiy tuzilish prinsipi juda oddiy, ular ko`pincha markazda joylashgan yirik, yumaloq va loviyasimon shaklga ega bo`lgan yadro saqlaydi.
Elektron mikroskop ostida yadro strukturasining yirik, o`rta va mayda limfotsitlarda har xil ekanligi ko`rinadi. Mayda limfotsitlarda yadro yumaloq yoki birgina botiqlikka ega bo`lib, xromatin zichlashgan va yadro bo`ylab barobar taqsimlangandir. Urta va yirik limfotsitlar ochroq yadroga ega bo`lib, xromatin mayda donachalar shaklida asosan yadro qobig`i ostida to`plangan. Bu limfotsitlar yadrosida ko`pincha bir yoki bir necha yadrochalarni uchratish mumkin. Limfotsitlar sitoplazmasi ingichka„ ba’zida esa keng hoshiya shaklida yadro atrofida joylashib. Romanovskiy usuli bilan bo`yalganda to`q ko`kish rangdan (o`ta bazofil) och havorang tusgacha (sust bazofil) bo`yalishi mumkin.
Immunologik va funktsional nuqtai nazardan limfotsitlarning ikki turi - T- va B-limfotsitlar sistemasi farqlanadi. T-limfotsitlar buqoq bezida (Thymus) rivojlanadi. Ularning nomi ham shu organning bosh harfidan kelib chiqadi. Timusga kelgan o`zak hujayralar shu a’zoda hosil bo`luvchi moddalar ta’sirida T-limfotsitlarga aylanadi. T-limfotsitlar qon orqali periferik organlarga (taloq, limfa tuguni, murtaklar va boshqalar) boradi va shu a’zolarning ma’lum qismida (T-zonasida) joylashadi. Taloqda T-zona periarterial qismda, limfa tugunida esa parakortikal qismda joylashadi. Hozirgi vaqtda T-limfotsitlarning anchagina turi farqlanadi. B-limfotsitlar xaqidagi ta’limot birinchi marta qushlarda topilgan Fabritsiy xaltasi (Bursa Fabricius) bilan bog`liq bo`lib, shu tufanli B-l i m f o si t l a r deb yuritiladi. Ammo qushlarda mavjud bu a’zo odamda yo`q, demak, uning o`rnini bosuvchi a’zolar bo`lishi kerak. Ko`p yillik muhokamalar odam organizmida bu xaltaning (bursaning) o`rnini qizil suyak ko`migini (ingl.- bone marrow) bosishini ko`rsatdi
Demak, odamda T-sistemaning asosiy a’zosi bo`lib timus xizmat qilsa, V-sistemaning asosiy a’zosi qizil suyak ko`migidir. Unda hosil bo`lgan B-limfotsitlar taloq, limfa va boshqa limfoid tuzilmalarga borib, u yerda ma’lum bir qismlarda yetuk B-limfotsitlarga shakllanadi. Bu qismlar B-l i m f o s i t l a r zonasi yoki B-z o n a deb nomlanadi. B-limfotsitlar organizm biror antigen bilan uchrashganda ko`paya boshlaydi. Dastlab B-blastlar hosil bo`lib (yirik, yosh hujay-ra), ulardan esa antitelolar sintez qiladigan plazmatik hu-jayralar hosil bo`ladi. T-limfotsitlar hujayraviy immunitet reaksiyalarida ishtirok etsa, B-limfotsitlar gumoral immunitet reaktsiyalarini ta’minlaydi. Limfotsitlarning immunologik reaksiyalarda tutgan o`rni, T-, B-limfotsitlarning xususiyatlari va o`zaro munosabatlari darslikning «Immunologik reaktsiya-larning morfologik asoslari» bobida keltirilgan.
Limfotsitlarning ma’lum sharoitlarda turli moddalar - stimulyatorlar (masalan, fitogemagglyutinin - FGA, bakterial antigenlar) ta’sirida kam differensiallangan blast hujay-ralarga aylanishi ularning muhim xususiyatlaridan biridir. Blast hujayralar bo`linish va differensiallanish qobiliyatiga ega bo`lib, natijada, ular hisobiga aktivlashgan limfotsitlar (immunotsitlar) kloni hosil bo`ladi.
Limfotsitlarning yashash muddati turlicha bo`lib, ular orasida qisqa muddat (hafta va oylab) yashovchi B-limfotsitlar 10- 20% ni tashkil etadi. Uzoq muddat (bir necha yilgacha) yashovchi limfotsitlar ko`proq (80% gacha) bo`lib, asosan, T-limfotsitlardan iboratdir. Limfotsitlar miqdorining absolyut ko`payib ketishi (limfotsitoz) turli kasalliklarda kuzatilishi mumkin. Yangi tug`ilgan chaqaloqlarda limfotsitlar 50-60% ni tashkil etadi.
Limfotsitlar sonining kamayib ketishi (limfopeniya) nur kasalligida va turli xil intoksikatsiyalarda uchraydi
48. Гемограмма. Лейкоцитар формула

Download 154.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling