Giyalari univ rsit ti urganch filiali
Axborotlarni uzatish tizimining tuzilishi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
oralgan kodlar yordamida 802.11a protokolida uzatilayotgan axborotlar ishonchliligini oshirish algoritimni tadqiq qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3.802.11 protokolida axborotlarni ishonchli uzatish va qabul qilish tamoyillari
1.2. Axborotlarni uzatish tizimining tuzilishi Bajardi: Bekmetov Sh.N. Bet 22 Tekshirdi: Raximov T.O. Raqamli kanallarda uzatgich chiqishida va qabul qilgich kirishida struktura parametriga ko’ra diskret signallar ishlatiladi. Ularda ma’lumotlar uzatish uchun sinxronizatsiyalovchi kodlar, analog signallarni uzatish uchun esa impuls kodli modulyatsiya qo’llaniladi. Diskret kanal deganda diskret signalni uzatishni ta’minlovchi texnik qurilmalar majmuasi tushiniladi. Ko’p ma’lumot uzatish tizimlarida diskret kanal o’z ichiga uzluksiz aloqa kanalni qabul qiladi. Uzluksiz aloqa kanali asosiy tavsiflari quyidagilardir: • amplituda-chastota tavsifi; • o’tkazish polosasi; • so’nish; • xalaqitbardoshlik; • shovqinlar; • o’tkazish qobiliyati; • ma’lumotlar uzatish ishonchliligi; • narxi. Diskret kanal turlari- sinxron va asinxron diskret kanallar bo’lishi mumkin. Sinxrondiskret kanallarda har bir birlik element kiritilishi aniq belgilangan vaqt momenti bajaradi va ular faqat izoxron signal uzatishga mo’ljallangan. Asinxron kanal bo’ylab ixtiyoriy turdagi signal-izoxron, anizoxron signallarni uzatish mumkin, shu sababli ular «tiniq» nomini olganlar. Sinxron kanallar esa “tiniq emas”. Diskret kanal axborot uzatish tezligi bilan tavsiflanadi vabit/s da o’lchanadi. Diskret kanalning boshqa harakteristikasi - telegraflash tezligi V dir. Aloqa kanallarining diskret ma’lumot uzatishi uchun yaroqliligi birinchi navbatda uning chastota harakteristikasi, aynan amplituda – chastota harakteristikasi (AChX) va faza – chastota harakteristikalari (FChX) bilan baxolanadi. Bajardi: Bekmetov Sh.N. Bet 23 Tekshirdi: Raximov T.O. - AChX – kanaldagi qoldiq so’nishni chastotaga bog’liqligini ifodalaydi. AChX ning notekisligi kanal chiqishida aylanishni xosil qiladi. - FChX – doimiy kanalning fazasini chastotaga bog’liqligini ifodalaydi. Signallarning buzilish sababi, harakteristikalarning nochiziqligi, fazaning titrashi, akslanishi, tashuvchi chastotalarning surilishi va to’sqinlarning mavjudligidir. 1. Additiv: - fluktuatsion; - garmonik; - impulsli. 2. Multiplikativ: - kontaktlarning buzilishi; - operator xatolari; - chastota surilishi; - qoldiq so’nishning o’zgarishi; - faza sakrashi. Raqamli aloqa kanallarida quyidagi signallar mavjud: Uzluksiz vaqtning uzluksiz signali. Diskret vaqtning uzluksiz signali. Uzluksiz vaqtning diskret signali. Diskret vaqtning diskret signali. Xabarning qanday ko'rinishda ekanligiga va signal tashuvchining parametrlariga qarab xabarlar ketma-ketligi diskret kanalga yoki ma'lumotlar o'zatuvchi kanalga kelib tushadi. Diskret kanal aloqa kanali va signal xosil qiluvchi qurilmalardan tashkil topgan. Signal xosil qiluvchi (SHQ) qurilmalarda ma'lumot signallari elektr aloqa kanallari orqali o'zatilishi uchun mos shaklga keltiriladi va diskret signallarning parametrlari bilan aloqa kanallari bilan aloqa kanallari parametrlarini moslashtiradi. Shu bilan birga qabul qismida qayta xosil qilish (oldingi xolatiga qaytarish) ni amalga oshiradi. Diskret kanal va xatolardan himoyalovchi qurilmalar majmuasi ma'lumot uzatish kanalini tashkil qiladi. Xatolardan himoyalovchi qurilmalar, to'sqinlar natijasida ma'lumot signallarida sodir bo'ladigan xatolar sonini kamaytirish uchun ishlatiladi. Bajardi: Bekmetov Sh.N. Bet 24 Tekshirdi: Raximov T.O. 1-3rasm. Axborotlarni uzatish tizimining struktura sxemasi Aloqa liniyasi umumiy holda fizik muhitdan tashkil topgan bo’lib, u bo’yicha ma’lumotlar uzatish apparaturasi va oraliq apparaturalarning elektrik axborot signallari uzatiladi. Aloqa liniyasi terminining sinonimi (line) aloqa kanalining termini (channel) hisoblanadi. Ma’lumotlar uzatishning fizik muhiti (medium) bu kabel bo’lib, ya’ni o’tkazgichlar to’plami va himoya qobiqlari va birlashtiruvchi razyomlar hamda yer atmosferasi yoki fazo kengliklarini (ular orqali elektromagnit to’lqinlar tarqaladi) tushuniladi. Ma’lumotlarni uzatish muhitiga bog’liq holda aloqa liniyasi quyidagilarga bo’linadi. 1.4-rasm. Aloqa liniyasi turlari. Bajardi: Bekmetov Sh.N. Bet 25 Tekshirdi: Raximov T.O. O’tkazgichli (havo orqali). Kabelli (mis va tolali optik). Yer usti va yo’ldoshli aloqa radiokanallari. O’tkazgichli (havo orqali) aloqa liniyalari bular hech qanday izolyatsiyalovchi yoki ekranlovchi to’qimalarsiz ustunlarga tortilgan va havoda osig’lik o’tkazgichlardir. Bundan aloqa liniyalaridan an’ana bo’yicha telefon yoki telegraf signallari uzatiladi, lekin boshqa imkoniyatlar yo’q bo’lganda ushbu liniyalar kompyuterlima’lummotlarni uzatish uchun ham ishlatiladi. Ushbu liniyalarning tezkorlik sifatlari va halaqitlardan himoyalanganligi yaxshi hisoblanadi. Bugungi kunda o’tkazgich liniyalari kabelli liniyalar evaziga siqib chiqarilmoqda. Kabelli liniyalar yetarlicha murakkab konstruksiyaga ega. Kabellar o’tkazgichlardan, bir nechta izolyatsiya qatlamlaridan Tashkil topgan bo’ladi va ularga: elektrik, eletromagnit, mehanik hada iqlimga hos izolyatsiyalar misol bo’la oladi. Bundan tashqari kabel razyomlar bilan jihozlangan bo’lib, ular ulashlarni tez bajarilishiga yordam beradi. Kompyuter tarmoqlarida kabellarning asosan uch turi ishlatiladi: o’ralgan mis o’tkazgichli, koaksial kabellar va tolali optik kabellar. Kompyuter tarmoqlarida bugungi kunda amaliyotda yuqorida bayon qilingan ma’lumotlar uzatishning fizik muhitlarining hamma turlari qo’llaniladi. Biroq eng istiqbollisi tolali optik turi hisoblanadi. Ularda bugungi kunda yirik hududiy magistral tarmoqlar hamda yuqori tezlikli lokal aloqa liniyalari qurilmoqda. O’ralgan juftlik ham ommabop hisoblanib, unda ham a’lo sifat va narx hamda montajning soddaligi bilan tavsiflanadi. O’ralgan juftlik yordamida odatda tarmoqningoxirgi abonentlari ulanib ular konsentratordan 100m gacha bo’lgan masofada juda ishonchli faoliyat ko’rsatadi. Biroq aloqa liniyasining o’tkazish qobiliyati to’g’risida uning uchun fizik sathdagi protokolini aniqlanmaguncha gapirish mumkin emas. Aynan shunday Bajardi: Bekmetov Sh.N. Bet 26 Tekshirdi: Raximov T.O. hollarda qachonki ko’pchilik protokolinilar ichidan ushbu liniya uchun qaysi birini tanlash masalasi tursa, liniyaning qolgan tavsifalri juda muhim hisoblanadi. Bularga o’tkazish yo’lagi, kesishish halaqitlari, halaqitbardoshlik va boshqa tavsiflar. Aloqa liniyasining tavsiflarini aniqlash uchun ko’proq uning ba’zi etalon ta’sirlarga javobini tahlil qilish qo’llaniladi. Bunday yondashuv istalgan tabiatda aloqa liniyasi tavsiflarini yetarli darajada sodda va bir turda aniqlashga imkon beradi. Bunda murakkab nazariy tadqiqotlar talab qilinmaydi. Liniya javobini tadqiq qilish uchun ko’pchilik hollarda har xil chastotali sinusoidal signallar ishlatilib bular etalon signallar sifatida ishlatiladi. Bu shuning bilan bog’langanki, ushbu turdagi signallar texnikada tez-tez uchraydi va ularning yordamida vaqtning istalgan funksiyasini tasavvur qilish mumkin-tovush tebranishining uzluksiz jarayoniniva kompyuter tomonidangeneratsiyalanadigan to’g’ri burchakli impulslarni Aloqa liniyalarining sinusoidal signallarning buzilish darajasi amplituda- chastota tavsifi, o’tkazish yo’lagi va aniq bir chastotadagi so’nishi kabi tavsiflar yordamida baholanadi. Amplituda-chastota tavsifi sinusoidaning amplitudasi aloqa liniyasining chiqishida uning kirishdagiga qaraganda uzatilayotgan signalning mumkin bo’lgan hamma chastotalarida qanday so’nishini ko’rsatadi. 1.5-rasm. Amplituda-chastotali tasnif. Bajardi: Bekmetov Sh.N. Bet 27 Tekshirdi: Raximov T.O. Ushbu tavsifda amplituda o’rniga tez-tez signalning quvvat degan parametri ishlatiladi. Real liniyaning amplituda-chastota tavsifini bilish amalda istalgan kirish signali uchun chiqish signalining shaklini aniqlashga imkon beradi. Buning uchun kirish signalining spektrini toppish, uning tashkil etuvchilar garmonikasini amplitudalarini mos holda amplituda-chastota tavsifi bilan o’zgartitish zarur, undan keyin esa o’zgartirilgan garmonikalarni qo’shib chiqish signalining shaklini topish mumkin. Aloqa liniyasining amplituda-chastota tavsifi bergan axborotning to’liqligiga qaramasdan uning ishlatilishi shunday holat bilan qiyinlashadiki uni olish g’oyatda qiyin. Axir buning uchun liniyani etalon sinusoidalar bilan butun chastotalar diapazoni bo’yicha noldan qanaqa bir maksimal qiymatgacha (bular kirish signallarida uchrashi mumkin) testdan o’tkazish kerak. Bunda kirish sinusoidani chastotasini uncha katta bo’lmagan qadam bilan o’zgartirish zarur. Bundan tajribalar soni juda katta bo’lishi ko’rinadi. Shuning uchun amaliyotda amplituda-chastota tavsifi o’rniga boshqa soddaroq tavsiflar – o’tkazish yo’lagi va so’nish tavsiflari qo’llaniladi. O’tkazish yo’lagi (bandwidth) – bu uzluksiz chastotalar diapazoni bo’lib, uning uchun chiqish signalining amplitudasi kirish signalining amplitudasiga nisbati oldindan berilgan chegaradan oshadi, odatda 0.5ga. Ya’ni o’tkazish yo’lagi sinusoidal signalning chastotalar diapazonini aniqlaydi. O’tkazish qobiliyati (throughput)aloqa liniyasi bo’ylab ma’lumotlarning mumkin bo’lgan maksimal uzatish tezligini tavsiflaydi. O’tkazish qobiliyati sekundga bitlarda (Bit/s), hamda karrali birliklarda, sekundga kilobit (Kbit/s), Megabit (Mbit/s), Gegebit(Gbit/s) va h.k.larda o’lchanadi. Aloqa liniyasining o’tkazish qobiliyati nafaqat uning amplituda-chastota tavsifi kabi tavsifiga balki uzatilayotgan signallar spektrlariga ham bog’liq. Agar signallarning ahamiyatli garmonikalari (ya’ni shunday garmonikalarki ularning Bajardi: Bekmetov Sh.N. Bet 28 Tekshirdi: Raximov T.O. amplitudalari natijalovchi signalga asosiy hissani kiritadilar) liniyaning o’tkazish yo’lagiga tushadilar. U holda bunday signal ushbu aloqa liniyasidan yaxshi uzatiladi va qabul qilgich uzatgichdan liniyaga uzatilgan axborotni to’g’ri tanib oladi. Agar ahamiyatli garmonikalar aloqa liniyasining o’tkazish yo’lagining chegarasidan chiqsa, u holda signal muhim darajada buziladi va qabul qilgich axborotni tanib olishida xatolashishi mumkin. Demak,axborot berilgan o’tkazish qobiliyatida uzatila olmaydi. 1.6-rasm. Aloqa liniyasining o’tkazish yo’lagi va signal spektri o’rtasidagi moslik. Diskret axborotni signallar ko’rinishida aloqa liniyasi berilishini taqdim qilish usulini tanlash fizik yoki chiziqli kodlash deyiladi. Kodlashni tanlash usulidan signallarning spektrlari va mos ravishda liniyaning o’tkazish qobiliyatiga bog’liq. Shunday qilib, bir turdagi kodlash usuli uchun liniya bitta o’tkazish qobiliyatini, boshqasi uchun esa – boshqa o’tkazish qobiliyatiga ega bo’lishi mumkin. Masalan, 3-toifali eshilgan juftlik fizik sathdagi 10 Base-T standart kodlash usulida ma’lumotlarni 10 Mbit/s Bajardi: Bekmetov Sh.N. Bet 29 Tekshirdi: Raximov T.O. o’tkazish qobiliyatida uzatishi va 100 Base-T4 kodlash usulida 33 Mbit/s o’tkazish qobiliyatida uzatishi mumkin. Axborot nazariyasi aytadiki, qabul qilinayotgan signalning har qanday farqlanadigan va oldindan aytib bo’lmaydigan o’zgarishlari o’zida axborotni tashiydi. Bunga mos holda sinusoidani qabul qilish, unda amplituda faza va chastotalar o’zgarmasdan qolsa, axborot tashilmaydi, signalning o’zgarishi sodir bo’lsa ham, biroq yaxshi vaholanki bashoratlash hisoblanadi. Shunga o’xshash kompyuterning taktli shinasidagi impulslar o’rnida axborot tashimaydi. Chunki ularning o’zgarishi ham vaqt bo’yicha doimiy. Ma’lumotlar shinasidagi impuslarni esa, oldindan bashoratlash mumkin emas. Shuning uchun, ular axborotni alohida bloklari yoki qurilmalari orqali olib o’tadi. Kodlashning ko’pchilik turlari davriy signalning biror-bir parametrini, chastotasini, amplitudasini va fazasini yoki impulslar ketma-ketligi potensialining belgisini o’zgartirishni qo’llaydi. Parametrlari o’zgaradigan davriy signal eltuvchi signal yoki eltuvchi chastotadeyiladi, qachonki bunday signal sifatida sinusoida ishlatilsa. Agar signal shunday o’zgarsaki, uning faqat ikkita holatini farqlash mumkin bo’lsa, u holda uning o’zgarishi axborot birligining kichik qiymati- bitga mos bo’ladi. Agar signal ikkitadan oritq farqlanuvchi holatlarga ega bo’lsa, u holda uning o’zgarishi bir nechta bit axborotni olib boradi. Eltuvchi davriy signal axborot parametrining sekunddagi o’zgarishlar soni bodlarda (baud)o’lchanadi. Axborot signalining qo’shni o’zgarishlari orasidagivaqt davri uzatgichning ishchi takti deyiladi. Kanalning sekunddagi bitlar hisobidagi o’tkazish qobiliyati umumiy holatda bod soni bilan mos tushmaydi. U bod sonidan yuqori yoki kam bo’lishi mumkin va bu munosabat kodlash usuliga bog’liq. Agar signal ikkita farqlanish holatidan ko’proq bo’lsa, u holda o’tkazish qobiliyati sekundda bitlar bodga Bajardi: Bekmetov Sh.N. Bet 30 Tekshirdi: Raximov T.O. qaraganda yuqori bo’ladi. Masalan, agar axborot parametrlari bo’lib sinusoidaning fazasi va amplitudasi hisoblansa, bunda faza 4 ta holat bilan farqlanadi. 0.90, 180 va 270 daraja va signalning ikkita amplituda qiymati, u holda axborot signali 8 ta farqlanuvchi holatga ega bo’ladi. Ushbu holatda 2400 bod (takt chastotasi 2400 Hz) tezlikda ishlaydigan modem axborotni 7200 bit/s tezlikda uzatadi. Chunki signalning bitta o’zgarishida 3 bit axborot uzatiladi. Ikkita farqli holatli signallarni ishlatganda teskari holat kuzatilishi mumkin. Bu shuning uchun sodir bo’ladiki, qabul qilgich foydalanuvchi axborotini ishonchli tanib olishi uchun ketma-ketlikdagi har bit eltuvchi signalning axborot parametrini bir necha o’zgarishlari yordamida kodlanadi. Masalan, birlik qiymatdagi bitni kodlashda musbat qutbli impuls, 0 qiymatli bitni kodlashda manfiy qutbli impuls bilan fizik signal har bitta bitni uzatishda ikki marta o’zini holatini o’zgartiradi. Bunday kodlashda liniyaning o’tkazish qobiliyati liniya bo’ylab uzatilayotgan bod sonidan ikki marta kam bo’ladi. kanalning o’tkazish qobiliyatiga nafaqat fizik kodlash, balki mantiqiy kodlash ham ta’sir ko’rsatadi. Mantiqiy kodlash fizik kodlashgacha bajariladi va dastlabki axborot bitini yangi bit ketma-ketligiga almashtirishni nazarda tutadi. Bu bilan u huddi shu axborotni tashiydi, ammo, bundan tashqari qo’shimcha xususiyatlarga ham ega bo’ladi. Masalan, qabul qiluvchi tomonda qabul qilingan ma’lumotlardagi xatoliklarni qidirib toppish imkoniyatiga egaligi. Dastlabki axborotni har bitta baytini bitta juftlik bitga tekshirilishi (kuzatib borilishi) bu misol modemlar yordamida ma’lumotlarni uzatishda mantiqiy kodlash usulida juda tez-tez qo’llaniladi. Mantiqiy kodlashning boshqa bir misoli bo’lib, ma’lumotlarni shifrlash bo’lib, u ularning shaxsiyligini (maxfiyligini) umumiy aloqa kanali orqali uzatishni ta’minlaydi. Mantiqiy kodlashda hamada ko’proq dastlabki ketma-ketlik bit yana ham uzunroq ketma-ketlikka almashtiriladi. Shuning uchun kanalning o’tkazish qobiliyati foydali axborotga nisbatan kamayadi. Bajardi: Bekmetov Sh.N. Bet 31 Tekshirdi: Raximov T.O. Kanalning halaqitbardoshligi ichki o’tkazgichlarda tashqi muhit hosil qilayotgan shovqin sathining kamaytirish qobiliyatini aniqlaydi. kanalning halqitbardoshligi ishlatilayotgan fizik muhit, hamda ekranlovchi va liniyaning o’zini hosil qiluvchi halaqitlarni bostirishga bog’liq radioliniyalar kamroq halaqitbardoshlikka, kabel liniyalari yaxshi halaqitbardoshlikka, tolali optik liniyalar esa a’lo darajadagi halaqitbardoshlikka ega bo’lib, ushbu liniya tashqi elektromagnit nurlanishga kamsezgirdir. Odatda tashqi elektromagnit maydonlarning ta’siridan saqlanish uchun o’tkazgichlar ekranlanadi yoki eshiladi. Yaqin oxirda yig’iladigan halaqitlar (Near End Cross Talk – NEXT) kabelning ichki manba halaqitlariga halaqitbardoshligini aniqlaydi. Qachonki bitta juft o’tkazgichlar bo’yicha uzatgichning chiqishidan uzatilayotgan signalning elektomagnit maydoni boshqa o’tkazgich juftiga halaqitsignalini keltirib chiqaradi. Agar ikkinchi juftlikka qabul qilgich ulansa, u holda u foydali signal o’rniga ichki kelib chiqqan halqitni qabul qiladi. NEXTning detsibellarda ifodalangan ko’rsatkichi Bunda: P chiq – chiqish signalining quvvati P kel.chiq – keltirib chiqarilgan signalning quvvati. NEXTning qiymati qancha kam bo’lsa kabel shuncha yaxshi 5-toifadagi eshilgan juftlik uchun NEXT 100 MHz chastotada -27 dBdan kam bo’lishi kerak. NEXT ko’rsatkichi odatda bir n echa eshilgan juftlik kabellarga nisbatan ishlatiladi. Nimaga deganda bunday hollarda bitta juftlikning keltirib chiqargan halaqitlari boshqa juftlik uchun muhim qiymatlarga erishishi mumkin. Bittalik koaksial kabel uchun (ya’ni bitta ekranlangan tomirdan tashkil topgan) ushbu ko’rsatkich ma’noga ega emas. Ikkilik koaksial kabel uchun ham Bajardi: Bekmetov Sh.N. Bet 32 Tekshirdi: Raximov T.O. u qo’llanilmaydi. Bunga sabab har bitta tomirning juda yuqori darajada himoyalanganligidir. Ba’zi bir yangi texnologiyalarda ma’lumotlarni uzatish bir vaqtning o’zida bir nechta eshilgan juftliklarda uzatiladi. Oxirgi vaqtlarda NEXT ko’rsatkichining modifikatsiyasi hisoblangan PowerSUMqo’llanila boshlandi. Ushbu ko’rsatkich kabeldagi hamma uzatuvchi juftliklarni keltirib chiqargan halaqitlarining yig’indisini aks ettiradi. Ma’lumotlar uzatishning to’g’riligi har bir uzatilayotgan ma’lumotlar biti uchun buzilish ehtimolligini tavsiflaydi. Ba’zan ushbu ko’rsatkich bitli xatoliklarni jadalligi deyiladi.(Bit Error Rate, BER). BER kattalik har bir aloqa kanali uchun qo’shimcha xatolikdan himoyalash vositalarisiz (masalan, o’z- o’zini to’g’rilovchi kodlar yoki buzilgan kadrlarni takroriy uzatish protokolinilari) qoidada 10 -4 -10 -6 tolali optik aloqa liniyalarda 10 -9 . Ma’lumotlar uzatishning to’g’riligining qiymati, masalan, 10 -4 shuni bildiradiki, o’rtacha 10000 bitdan bitta bitning qiymati buzilaadi. Bitning buzilishi liniyada halaqitning mavjudligi tufayli sodir bo’ladi. Shuningdek, liniyaning o’tkazish yo’lagining chegaralanganligi signal shaklining buzilish sabablaridan hisoblanadi. Shuning uchun uzatilayotgan ma’lumotlar to’g’riligini oshirish uchun liniyaning halaqitdan himoyalanganligini oshirish zarur, hamda kabeldagi keltirib chiqaruvchi halaqitlarning sathini pasaytirish va keng yo’lakli aloqa liniyalarini ishlatish maqsadga muvofiq. Bajardi: Bekmetov Sh.N. Bet 33 Tekshirdi: Raximov T.O. 1.3.802.11 protokolida axborotlarni ishonchli uzatish va qabul qilish tamoyillari OSI modeli bilan tanishish tarmoqda ro’y berayotgan jarayonni yaxshi tushunishga yordam beradi. Hamma tarmoqda bajariladigan vazifalar (funktsiyalar) modelda 7 ta bosqichga bo’lingan 1.7-rasm Yuqori o’rindagi bosqichlar ancha murakkab bo’lib, global masalalarni bajaradilar. Buning uchun pasdagi bosqichlarni o’z maqsadlari uchun ishlatib ularni boshqaradilar. Pastda joylashgan bosqichlar maqsadi – yuqori bosqichga xizmat ko’rsatish, yuqori joylashgan bosqichlar uchun ko’rsatiladigan bu xizmatning mayda qismlarining bajarilish tartibi muhim emas. 1.7-rasm. OSI modelining yetti bosqichi Amaliy bosqich (Application, ) yoki ilovalar bosqichi, u quyidagi xizmatlarni amalga oshiradi : foydalanuvchining ilovasini Bajardi: Bekmetov Sh.N. Bet 34 Tekshirdi: Raximov T.O. shaxsan tasdiqlaydi, masalan, fayllar uzatishning dasturiy vositalari axborot bazasiga ega bo’lish, elektron pochta vositalari, serverda qayd qilish xizmati. Bu bosqich qolgan 6 ta bosqichni boshqaradi. Prezentatsiya bosqichi(Presentation, Prezentativiy uroven) axborotni tanishtirish bosqichi, bu bosqichda axborotni aniqlanadi va axborot formatini ko’rinish sintaksisini tarmoqqa qulay ravishda o’zgartiradi, ya’ni tarjimon vazifasini bajaradi. Shu erda axborot shifrlanadi va deshifrlanadi, lozim bo’lgan taqdirda ularni zichlashtiradi. Aloqa o’tkazish vaqtini boshqarish bosqichi (Session, Seansoviy uroven) aloqa o’tkazish vaqtini boshqaradi(ya’ni aloqani o’rnatadi, tasdiqlaydi va tamomlaydi). Bu bosqichda abonentlarni mantiqiy nomlarini tanish, ularga ega bo’lish huquqini nazorat qilish vazifalari ham bajariladi. Transport bosqichi (Transport, Transport) paketni xatosiz va yo’qotmasdan, kerakli ketma-ketlikda etkazib berishni amalga oshiradi. Shu erda yana uzatilayotgan uzatilayotgan axborotlarni paketga joylash uchun bloklarga taqsimlanadi va qabul qilingan axborotlarni qayta tiklanadi. Tarmoq bosqichi (Network, Setevoy uroven) bu bosqich paketlarni manzillash, mantiqiy nomlarni jismoniy tarmoq manziliga o’zgartirish, teskariga ham va shuningdek paketni kerakli abonentga jo’natish yo’nalishini tanlashga (agarda tarmoqda bir nechta abonent bo’lsa) javobgar. Kanal bosqichi yoki uzatish yo’lini boshqarish bosqichi (data link), bu bosqich standard ko’rishdagi paket tuzishga va boshlash hamda tamom bo’lishni boshqarish maydonini paket tarkibiga joylashishiga javobgardir. Shu erda yana tarmoqqa ega bo’lishni uzatishdagi xatoliklar aniqlanadi va yana qabul qilish qurilmasiga xato uzatilgan paketlarni qaytatdan uzatishni boshqarish amalga oshiriladi. Jismoniy bosqich (Psical, Fizicheskiy uroven) – bu modelni eng quyi bosqichi bo’lib, uzatilayotgan axborotni signal kattaligiga kodlashtiradi, uzatish Bajardi: Bekmetov Sh.N. Bet 35 Tekshirdi: Raximov T.O. muhitiga qabul qilishni va teskari kodlashni amalga oshirishga javob beradi. Shu erda yana ulanish moslamalariga, razemlarga, elektr bo’yicha moslashtirish va erga ulanish hamda to’siqlardan himoya qilish va hokazolarga talablar aniqlanadi. OSI modelidan tashqari, 1980-yili fevral oyida qabul qilingan (802 soni yil va oyidan kelib chiqqan) IEEE Project 802 modeli ham mavjud. Bu modelni OSI modelini aniqlashtirilgan, rivojlantirilgan modeli deb qarash mumkin. Bu model aniqlashtirgan standartlar (802-spesifikatsiya) o’n ikki toifaga bo’linib, ularning har biriga nomer berilgan. Ular quyidagilar : 802-1 – tarmoqlarni birlashtirish. 802-2 – mantiqiy aloqani boshqarish. 802-3 – “shina” topologiyali CSSA/CD ega bo’lish usuli mahalliy hisoblash tarmoq va Ethernet 802-4 – “shina” topologiyali lokal tarmoq, markerli ega bo’lish. 802-5 – “halqa” toplogiyali lokal tarmoq, markerli ega bo’lish. 802-6– shahar tarmog’i (Metropolitan Area Network, MAN). 802-7 – keng miqyosda aloqa olib boorish texnologiyasi (shirokoveshchatelnaya texnologiya). 802-8 – optotolali texnologiya. 802-9 – tovushni va axborotlarni uzatish imkoniyati bor integral tarmoq. 802-10 – tarmoq xavfsizligi. 802-11 – simsiz tarmoq. 802-12 – “yulduz” topologiyali markazni boshqarishga ega mahalliy tarmoq (100 VG-AnyLAN). 802-3, 802-4, 802-5, 802-12 standartlar OSI model etalonning ikkinchi (kanal) bosqichiga qarashli MAC bosqich osti tarkibiga to’g’ri keladi. Qolgan 802-spesifikatsiyalar tarmoqning umumiy masalalarini hal qiladilar. Bajardi: Bekmetov Sh.N. Bet 36 Tekshirdi: Raximov T.O. Ma’lumot almashinishda tarmoq hosil qilish muhim o’rin tutadi. eng ko’p qo’llaniladigan tarmoq turlaridan biri bu mahalliy tarmoqlardir. Bu tarmoqlar ishini tashkil etishda esa albatta zaruriy protokolinilar talab etiladi. Hozirigi zamonaviy axborot texnologiyalarida bir necha protokolinilardan foydalanib kelinmoqda. Bularga misol sifatida quyidagi protokolinilarni keltirish mumkin: ARCNET, DECnet,IP, TCP, UDP, AppleTalk, TokenRing, IPX, SPX, FDDI, HIPPI, Myrinet, QsNet, ATM, IEEE-488, USB, IEEE 1394 (Firewire, iLink), X.25, Framerelay, Bluetooth, IEEE 802.11, SystemsNetworkArchitecture, RapidIO. Istalgan tarmoq ilovasi, tarmoq operatsion tizimi yoki protokolini (masalan TCO/IP) 802.11 tarmoqda va Ethernet tarmog’idagidek yaxshi ishlaydi. Standart 802.11 ikki turdagi jihozni-mijoz, u odatda kompyuter bo’lib, interfeysli karta bilan kompektlangan (Network Interface Card, NIC) va imkonli kirish nuqtasini (Access Point, AP) aniqlaydi. Imkonli kirish nuqtasi simsiz va simli tarmoqlar o’rtasida ko’prik vazifasini bajaradi. Imkonli kirish nuqtasi odatda o’zida uzatgich va qabul qilgichni mujassamlashtiradi, hamda simli tarmoq interfeysini ham (802.3), undan tashqari ma’lumotlarni qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi dasturiy ta’minotga ham ega. Simsiz stansiyalar sifatida ISA, PCI, PC Card yoki ARD 2.4 (ARD 2.5) 802.11 standartida yoki o’zida qo’shib ishlangan. Masalan, 802.11 telefon garniturasi bo’lishi mumkin. IEEE 802.11 standarti tarmoqning ikkita ish rejimini aniqlaydi. “Ad- hoc” rejimi va mijoz/server (yoki infratuzilmalar – infrastructure mode rejimlari). Fizik sathda ikkita keng yo’lakli uzatishning radiochasatotali usuli va bitta infraqizil diapazondagi usul aniqlangan. Radiochastotali usullar 2.4 GHz diapazonda ishlaydilar va odatda 83 MHz yo’lakli qo’llab 2.400 GHzdan 2.483 Bajardi: Bekmetov Sh.N. Bet 37 Tekshirdi: Raximov T.O. GHz chastota diapazonida ishlaydi. Keng yo’lakli signallarning texnologiyasi ishonchlilikni o’tkazish qobiliyatini oshiradi. Infraqizil diapazonda 802.11 standartda uzatish usulini amalga oshirish, uzatilayotgan signalni uzatgich tomonidan infraqizil nurlanishda yo’naltirishga asoslangan. Yo’naltirilgan uzatishni o’rniga nurlantirgichni va qabul qilgichni mo’ljalini moslashtirishni talab qiluvchi shift zarur. Undan so’ng signal shiftdan akslanib qabul qilinadi. Bunday usul yo’naltirilgan nurlantirgichlarga nisbatan afzalliklarga ega. Biroq kamchiliklari ham bor bo’lib, shiftning talab etilishidir. 802.11 kanal sathida ikkita sath ostilardan tashkil topgan: mantiqiy aloqali boshqarish (Logical Link Control, LLC) va tashuvchiga imkonli ulanishni boshqarish (Media Access Control, MAC) 802.11 bu yerda LLCni va 48-bitli manzillashni ishlatdi va boshqa 802 tarmoqlardek simsiz va simli tarmoqlarni oson birlashtiradi. 802.11 ning MAC sathi 802.3 dagi amalga oshirishga juda oxshash bo’lib, bu yerda u umumiy tashuvchida ko’plab foydalanuvchilarni qo’llab quvvatlaydi.Qachonki foydalanuvchi ulanish amalga oshirmoqchi bo’lsa. Ethernet tarmog’i uchun 802.3 quyidagi Carrier Sence Multiple Access with Collision Detection (CSMA/CD) protokolinisini qo’llaydi. U Ethernet stansiyasi qanday simli liniyaqa imkonli ulanishni amalga oshirishini aniqlaydi va ular to’qnashuvni qayta ishlaydilar, qidirib topadilar. Bu shunday hollarda sodir bo’ladiki, agar bir nechta qurilma bir vaqtning o’zida tarmoq bo’ylab aloqani o’rnatishga harakat qilsa, to’qnashishni toppish uchun stansiya bir vaqtning o’zida ham uzatish ham qabul qilish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. 802.11 standarti yarim dupleksli qabul qilgich uzatgichlarni ishlatishni nazarda tutadi. Shuning uchun 802.11 simsiz tarmoqlarda uzatish vaqtida to’qnashishni topa olmaydi. Ushbu farqlanishni inobatga olish uchun 802.11 Carrier Sense Multiple Access with Collision Avoidance (CSMA/CA) kabi modifikatsiyalangan (takomillashtirilgan) protokoliniini ishlatadi yoki Bajardi: Bekmetov Sh.N. Bet 38 Tekshirdi: Raximov T.O. Distributed Coordination Function (DCF) CSMA/CA (ACK) paketini aniq tasdiqlash qo’llash yo’li bilan to’qnashishdan qochishga intiladi. Bu shuni bildiradiki, qabul qiluvchi stansiya paket shikastlanmagan holda olinganligini tasdiqlash uchun ACK paketni jo’natadi. CSMA/CA quyidagi tartibda ishlaydi. Uzatishni istagan stansiya kanalni testlaydi (sinab ko’radi) va agar faollik topilmasa, stansiya biroz tasodifiy vaqt oralig’ida kutib turadi. Agar ma’lumotlarni uzatish muhiti hali ham bo’sh bo’lsa, undan keyin jo’natadi. Agar paket butun bo’lib o’tsa, qabul qiluvchi stansiya ACK paketni jo’natadi. Uning qabul qilinishidan jo’natuvchi tomon uzatishni nihoyalaydi. Agar uzatuvchi stansiya ACK paketini olmasa, uning natijasida ma’lumotlar paketi olinmagan yoki buzilgan ACK paket kelgan. U holda to’qnashish sodir bo’ldi degan ilova qilinadi va paket tasodifiy vaqt oralig’idan keyin qaytadan uzatiladi. Kanal haqiqatdan ham bo’shligini aniqlash uchun kanalning tozaligini baholash algoritmi (Channel Clearance Algorithm, CCA) ishlatiladi. Uning mohiyati antennadagi signal energiyasini o’lchash va qabul qilingan signal quvvatini aniqlashdan (RSSI) iborat. Agar qabul qilinayotgan signal quvvati aniqlangan bir qiymatdan past bo’lsa, u holda kanal bo’sh deb e’lon qilinadi va MAC sath CTS maqomni (status) oladi. Agar quvvat aniqlangan qiymatdan yuqori bo’lsa, ma’lumotlarni uzatish protokolini qoidalari bo’yicha ushlanib turadi. Standart kanalning band emasligini aniqlashni yana bitta imkoniyatini taqdim qiladi. U alohida ishlatilishi mumkin yoki RSSI – eltuvchilarni tekshirish usulini o’lchash bilan birga ishlatilishi ham mumkin. Ushbu usul yaxshiroq hisoblanadi, nega deganda uning yordamida xuddi shu eltuvchi turining tekshirilishi amalga oshiriladi. Bu esa 802.11 ro’yhati bo’yicha mavjuddir. Eng yaxshi usulni qo’llash ishchi sohadagi halaqit sathining qanday ekanligiga bog’liq. Bajardi: Bekmetov Sh.N. Bet 39 Tekshirdi: Raximov T.O. Shunday qilib CSMA/CA radiokanal bo’yicha imkonli bo’linish usulini taqdim qiladi. Aniq tasdiqlash mehanizmi halaqitlar muammosini samarali yechadi. Biroq u ba’zi bir qo’shimcha sarf harajatlarni qo’shadi, ular 802.3 da yo’q. shuning uchun 802.11 tarmoq har doim ularga ekvivalent bo’lgan Ethernet lokal tarmog’idan sekinroq ishlaydi. MAC sathining boshqa bir spesifik muammosi bu –“yashirin nuqta”, qachonki ikki stansiya ikkalasi ham imkonli kirish nuqtasini eshitishlari mumkin bo’lgan holda bir-birlarini uzoq masofa yoki to’siq sababli eshita olmaydilar (2- rasm). Ushbu muammoni hal qilish uchun 802.11da MAC sathda majburiy bo’lmagan protokolini Request to Send/Clear to Send (RTS/CTS) qo’shilgan. Qachonki ushbu protokolini ishlatilsa uzatuvchi stansiya RTSni uzatadi va CTS bilan imkonli kirish nuqtasidan javob kutadi. Chunki tarmoqdagi barcha stansiyalar imkonli kirish nuqtasi (tochku dostupa) ning CTS signalini eshitishlari mumkin. CTS signali o’zining uzatishi bilan ularni bekor qilishi mumkin, bu esa uzatuvchi stansiyaga ma’lumotlarni uzatishni va ACK paketini to’qnashishlarsiz qabul qilish imkonini beradi. Chunki RTS/CTS tarmoqqa qo’shimcha ustama sarf-harajatlarni qo’shadi. U odatda juda katta hajmdagi paketlar uchun qo’llaniladi. Ular uchun takroriy uzatish juda qimmatga tushishi mumkin. 1.8-rasm. “Yashirin nuqta” muammosining namoyon bo’lishi. Nihoyat 802.11 MAC sathi CRC ni hisoblashga va paketlarni fragmentatsiya qilish imkonini taqdim qiladi. Har bitta paket o’zining CRC nazorat summasiga ega hisoblanadi va paketga biriktiriladi. Bu yerda Ethernet Bajardi: Bekmetov Sh.N. Bet 40 Tekshirdi: Raximov T.O. tarmog’idan farqlanish kuzatiladi. Ularda xatoliklarni qayta ishlash bilan yuqori sathdagi protokollar shug’ullanadi. (masalan, TCP). Paketlarni fragmentatsiyasi katta paketlarni radiokanal bo’yicha uzatishda kichikroq paketlarga bo’lishga imkon beradi va bunday bo’lish “zich joylashgan” muhitlarda yoki muhim halaqitli hududlarda juda foydali bo’ladi. Chunki kichik paketlarda shikastlanishga ham kichik imkoniyat bo’ladi. Ushbu usul ko’pchilik hollarda takroriy uzatish zaruriyatini kamaytiradi va shunday qilib butun simsiz tarmoqning samaradorligi oshadi. MAC sath qabul qilingan fragmentlarni yig’ish uchun mas’ul bo’lib, yuqori sath protokolinilari uchun ushbu jarayonni “shaffof” qiladi. 802.11 MAC sathi mijoz imkonli kirish nuqtasiga qanday qilib ulanishiga mas’ullikni olib boradi. Qachonki 802.11 ni mijozi bir yoki bir nechta imkonli kirish nuqtasining tas’ir doirasiga tushib qolsa, u signalning quvvati va kuzatilayotgan xatoliklar sonining qiymati asosida ulardan birini tanlaydi va unga ulanadi. Mijoz imkonli kirish nuqtasiga ulanganligini tasdiqlovchi signalni olgandan so’ng, u oz’I ishlayotgan radiokanalga sozlanadi. Vaqti vaqti bilan u 802.11 ning hamma kanallarini tekshiradi. Bu shu maqsadda qilinadiki, boshqa imkonli kirish nuqtalari yana ham yuqori sifatli xizmat ko’rsatishni taqdim qilish yoki qilmasligini ko’rish uchun. Agar shunday imkonli kirish nuqtasi bo’lsa,u holda stansiya unga o’zining chastotasiga sozlanib ulanib oladi (3-rasm). 1.9-rasm. Imkonli kirish nuqtasi uchun kanallarni to’g’ri tanlash yordamida tarmoqqa ulanishning tasvirlanishi. Bajardi: Bekmetov Sh.N. Bet 41 Tekshirdi: Raximov T.O. Imkonli kirish nuqtasi atrofida siljish signalning susayishi hisobiga kelib chiqadi. Boshqa vaziyatlarda takroriy ulanish binoning radiochastota tavsiflarini o’zgarishi tufayli yoki dastlabki imkonli kirish nuqtasi orqali kata tarmoq trafigi tufayli sodir bo’ladi. Oxirgi holatda protokoliniining ushbu funksiyasi “yuklamaning me’yorlashishi” dek mashhur, chunki uning bosh vazifasi – umumiy yuklamani simsiz tarmoqqa barcha tarmoq infratuzilmasining imkoniyatlarini samarali taqsimlashdir. Dinamik ulanish va qayta ulanish jarayoni tarmoq ma’muriyatiga simsiz tarmoqlarni juda keng qamrab olish bilan o’rnatishga imkon beradi. Bu to’siluvchi “uya”larni qisman yaratish hisobiga amalga oshiriladi. Buning ideal varianti shundayki, unda qo’shni to’siluvchi imkonli kirish nuqtalari har xil DSSS (Direct Sequence Spread Spektrum) kanallarni ishlatadi. Sababi bir-biri bilan ishlaganda bir birlariga halaqit hosil qilmaslik uchun. Video yoki ovoz ma’lumotlar oqimlari 802.11 spetsifikatsiyasida MAC sathida Point Coordination Function (PCF) vositasida qo’llab-quvvatlanadi. Unga qarama-qarshi Distributed Coordination Function (DCF). Bu yerda boshqaruv hamma stansiyalar o’rtasida taqsimlangan. PCF rejimida faqat imkonli kirish nuqtasi kanalga ulanishni boshqaradi. Agar PCF ga ulangan BSS o’rnatilgan bo’lsa, PSF va CSMA/CA rejimida ishlash oraliqlari uchun vaqt bir tekis taqsimlanadi. Tizim PCF rejimida bo’lsa, imkonli kirish nuqtasi hamma stansiyalarni ma’lumotlarni olish predmetiga so’rab ko’radi. Har bitta stansiyaga aniq belgilangan vaqt oralig’i ajratiladi. U tugashi bilan keyingi stansiyani so’rab ko’rish amalga oshiriladi. Hech bir stansiya, so’roq qilinayotgandan tashqari, ushbu vaqtda uzatishni amalga oshirolmaydi. Chunki PCF har bitta stansiyaga aniq bir vaqtda uzatish imkoniyatini beradi. Unda minimal kutish vaqti kafolatlanadi. Bunday sxemaning kamchiligi shuki, imkonli kirish nuqtasi hamma stansiyani so’roq qilishni amalga oshirishi zarur. Bu esa katta tarmoqlarda g’oyatda samarasiz bo’ladi. Bajardi: Bekmetov Sh.N. Bet 42 Tekshirdi: Raximov T.O. Tashuvchiga ulanishni boshqarish munosabati bo’yicha qo’shimcha MAC 802.11 mobil qurilmalarni batareyalari xizmat qilish muddatini oshirish uchun energiyani tejash rejimini qo’llab-quvvatlaydi. Standart energiya iste’molini ikkita rejimini qo’llab-quvvatlaydi. Bular: “Davomli ishlash rejimi” va “Energiyani tejash rejimi”. Birinchi holatda radio har doim ulangan holatda bo’ladi. Shu vaqtning o’zida ikkinchi holatdagi kabi radio aniq bir vaqt oralig’ida imkonli kirish nuqtasi jo’natadigan “yonib o’chuvchi” signallarni qabul qilish uchun davriy ravishda ulanib turadi. Ushbu signallar o’ziga qaysi stansiya ma’lumotlarni qabul qilishi zarurligi to’g’risidagi axborotlarni oladi. Shunday qilib, mijoz yonib o’chib turuvchi signalni qabul qilishi mumkin, ma’lumotlarni qiabul qilish, keyin yana yangidan “uyqu” rejimiga o’tkazish kabi. Potensial kodlashda 0 va 1 axborot bitlari kuchlanishning to’g’ri burchakli impuls ko’rinishida uzatiladi. Matematika va fizika kursidan ma’lumki istalgan funksiyani va mos holda istalgan signalni (soddalashtirish uchun funksiyaga qo’yilgan cheklanishlarni e’tiborga olmaymiz) diskret ko’rinishda yoki garmonikalarning uzluksiz to’plami sinusoidal signalning aniq tartibda tanlangan og’irlik koeffisiyentlari va chastotalari ko’rinishida tasavvaur qilish mumkin. Bunday ko’rinishlar Fure o’zgartirilishlari deyiladi. Garmomik signallarning chastotalari esa funksiyaning spektral yoyilishini tashkil qiladi. Uzunligi T bo’lgan to’g’ri burchakli impuls uzatilganda signalning spektri ushbu funksiya bilan tavsiflanadi. Bunda: f – spektr tashkil etuvchisining chastotasi. Bajardi: Bekmetov Sh.N. Bet 43 Tekshirdi: Raximov T.O. 1.10-rasm. T uzunlikli to’g’ri burchakli impulsning spektri. Signal spektrining cheksizligiga qaramay eng salmoqli garmonikalar, ya’ni natijalovchi signalga muhim ulush kirituvchi, uncha katta bo’lmagan chastota sohasiga mujassamlangan bo’lib, uning kengligi impulsning uzunligiga T teskari mutanosibdir. Shunday qilib, yaxshi darajadagi aniqlik bilan dastlabki signalni uning kengligi impuls uzunligi T ga teng bo’lgan spektral yo’lakdagi garmonikalarning bir-biriga yaqinlashishidek tasavvur qilish mumkin. Shunga mos holda, impulsning uzunligi qancha kichik bo’lsa, bunday signal shuncha katta spektral diapazonni egallaydi. Uzatilayotgan signalning halaqitbardoshligini oshirish uchun, ya’ni signalning bexato tanilishini ehtimolligini oshirish uchun qabul qilish tarafda shovqin sharoitida keng polosali signal usuliga o’tishdan foydalanish mumkin. Bunda dastlabki signalga ortiqchalik qo’shiladi. Buning uchun har bir uzatilayotgan axborot bitiga aniq bir kod kiritiladi. Bular ketma-ketliklardan tashkil topgan bo’lib chiplar deb ham ataladi. 1.11-rasm. Shovqinsimon kodlar qo’shilganda signal spektrining o’zgarishi. Bajardi: Bekmetov Sh.N. Bet 44 Tekshirdi: Raximov T.O. To’g’ri burchakli impuls ko’rinishidagi axborot biti yana ham maydaroq ketma-ketliklarga bo’linadi va ular chiplar-impulsideb ataladi. Natijada signalning spektri muhim ravishda kengayadi. Chunki spektr kengligini yaxshi aniqlik darajasi bilan bitta chipning uzunligiga teskari mutanosib deb hisoblash mumkin. Bunday kodli ketma-ketliklar tez-tez shovqinsimon kodlar deyiladi. 1.1-jadval. Barker ketma-ketligi avtokorrelyatsiya funksiyasini hisoblash. Surish Ketma-ketlik Korrelyatsiya natijasi 0 1 1 1 0 0 0 1 0 0 1 0 -1 1 0 1 1 1 0 0 0 1 0 0 1 -1 2 1 0 1 1 1 0 0 0 1 0 0 -1 3 0 1 0 1 1 1 0 0 0 1 0 -1 4 0 0 1 0 1 1 1 0 0 0 1 -1 5 1 0 0 1 0 1 1 1 0 0 0 -1 6 0 1 0 0 1 0 1 1 1 0 0 -1 7 0 0 1 0 0 1 0 1 1 1 0 -1 8 0 0 0 1 0 0 1 0 1 1 1 -1 9 1 0 0 0 1 0 0 1 0 1 1 -1 10 1 1 0 0 0 1 0 0 1 0 1 -1 11 1 1 1 0 0 0 1 0 0 1 0 11 1-jadvaldan ko’rinadiki, Barker ketma-ketligi aniq ifodalangan avtokorrelyatsiyali cho’qqiga ega bo’lib, funksiya o’z-o’ziga mos holda ustma- ust tushadi. Shunga o’xshash hisoblashlarni olib borib, boshqa ketma-ketliklar shunga o’xshash xossaga ega emasligiga ishonch hosil qilish qiyin emas, ya’ni Bajardi: Bekmetov Sh.N. Bet 45 Tekshirdi: Raximov T.O. bir nechta korrelyatsiya cho’qqilariga ega. Ular muhim ravishda uzatilayotgan signalning halaqitbardoshligini kamaytiradi. Qabul qilgichda olingan signal Barker kodiga (signalning korrelyatsiya funksiyasi hisoblanadi) natijada u tor polosali bo’lib qoladi. Shuning uchun, uni ikkilangan uzatish tezligiga teng bo’lgan tor polosali chastotada filtrlaydilar. Dastlabki keng polosali signal polosasiga tushgan istalgan halaqit Barker kodiga ko’paytirilgandan keyin, aksincha, keng polosali bo’lib qoladi. Shuning uchun tor axborot polosasiga faqat halaqitning bir qismi tushadi. Uning quvvati qabul qilgich kirishidagi halaqitdan taxminan 11 marta kichik. Shuning uchun, nisbiy faza modulyatsiyasining o’zi ketma-ketlikning aynan alohida chiplariga qo’llaniladi. To’g’ri burchakli impulsning spektr kengligini uning uzunligiga teskari mutanosibligini e’tiborga olib, aniqrog’i 2/T, 1 Mbit/s axborot tezligida Barker ketma-ketligida alohida chiplarning takrorlanishi 11 Mchip/s, bunday signalning spektr kengligi – 22 MHz, chunki bitta chipning uzunligi 1/11 mks ekanligini hisoblash qiyin emas. 1 Mbit/s axborot tezligi IEEE 802.11 standartida majburiy hisoblanadi (basic access rate), lekin 2 Mbit/s tezlikda ham axborot uzatilishi mumkin (enhanced access rate). Ushbu tezlikda ma’lumotlarni uzatish uchun nisbiy faza modulyatsiyasi ishlatilad, biroq endi kvadraturali (DQPSK). Bu axborot tezligini ikki barobar oshirishga yordam beradi. Bu bilan spektrning kengligi oldingidek o’zgarishsiz qoladi, ya’ni 22 MHz. 802.11 protokolinisi standartida 1 va 2 Mbit/s tezlikdan tashqari 5,5 va 11 Mbit/s tezliklar ham majburiy hisoblanadi. Bunday tezliklarda endi spektrni kengaytirishni boshqacha usullari qo’llaniladi. IEEE 802.11 protokolining hozirgi versiyasida komplemantar kodlar (Complementary Code Keying, CCK) bilan kodlashning bir qancha usullarini qo’llab kodlash ishlatiladi. Bajardi: Bekmetov Sh.N. Bet 46 Tekshirdi: Raximov T.O. CCK kodlarning qo’llanilishi 11 Mbit/s tezlikda bitta simvolga 8 bitni kodlashga imkon beradi va 5,5 Mbit/s tezlikda simvolga 4 bitni kodlash imkonini beradi. Bu bilan kodli ketma-ketliklarning o’zi 8-chipli hisoblanadi va 11 Mbit/s uzatish tezligida bitta simvolga 8 bit kodlashda sekundiga 1,375 megasimvolli simvolli tezlik mos keladi ( 11/8 = 1,375 ). Shunga o’xshash simvolli tezlik, 5,5 Mbit/s uzatish tezligida ham ishlatiladi. Bunday tezlikda bitta simvolga faqat 4 bit kodlanadi. Umumiy qiziqishni CCK – kodlarining o’zi uyg’otadi. Oldin CCK – ketma-ketlik deyilganda nima tushuniladi, shuni aniqlab olamiz. Noldan farqli istalagan siklik siljish uchun ularning avtokorrelyatsiya funksiyasi yig’indisining uzunligiga teng bo’lgan ikkita CCK –ketma-ketlik uchun har doim nolga teng. Shundan kelib chiqib avtokorrelyatsiya funksiyasi uning siklik siljishdagi ketma-ketliklarning juftma-juft ko’paytmalarning yig’indisi kabi aniqlanadi. Birinchi ketma-ketlikni elementlarini a i orqali b i orqali esa ikkinchi ketma-ketlikni elementlarini belgilaymiz. U holda j elementlarga siklik siljish uchun n uzunlikdagi birinchi ketma-ketlik uchun avtokorrelyatsiya funksiyasi quyidagicha yoziladi. Xuddi shunday ikkinchi ketma-ketlik uchun avtokorrelyatsiya funksiyasi quyidagi ko’rinishni oladi. Bu bilan ikkita ketma-ketlik komplementarli deyiladi, agar Bajardi: Bekmetov Sh.N. Bet 47 Tekshirdi: Raximov T.O. Shunga o’xshash komplementarli ikkilik ketma-ketliklarning elementlari faqat +1 va -1 qiymatlarni qabul qilsa, kompleks sonlarning yoki ko’p fazali (Polyphase Codes) ketma-ketlik to’plamiga komplementar ketma-ketliklarni aniqlash mumkin. 1.2-jadval. Birinchi ketma-ketlik (j) Ikkinchi ketma-ketlik (j) (j)=d (j) 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 6 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 4 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 4 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling