Glitseridlarning fizik xossalari


Xuddi shunday tuzilishga ega bo`lgan glitseridlar yana quyidagilardir


Download 85.68 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi85.68 Kb.
#1591872
1   2   3   4   5
Bog'liq
GLITSERIDLARNING FIZIK XOSSALARI

Xuddi shunday tuzilishga ega bo`lgan glitseridlar yana quyidagilardir:

  • Xuddi shunday tuzilishga ega bo`lgan glitseridlar yana quyidagilardir:
  • - ikki xil kislotali to`yingan glitseridlar kristallari, faqatgina ularning atsillari tarkibidagi uglerod atomlari soni farqi ikkitadan ortiq bo`lmagan taqdirda;
  • - tarkibida trans-konfiguratsiyadagi C18 kislotalari bo`lgan bir xil va ikki xil to`yinmagan kislotali glitseridlar.
  • Boshqa xil triglitseridlarda rentgenogrammaning katta intervallari (d001) bir xil kislotali to`yingan triglitseridlarnikiga nisbatan katta bo`lib, «zanjirning uch karra uzunlikdagi strukturasi» deb ataladi

Glitseridlarning (glitseridlarning) fizikaviy xossalari.

  • Glitseridlarning (glitseridlarning) fizikaviy xossalari.
  • Glitseridlarning fizikaviy xossalari eng avvalo yog` kislotalarining tarkibi va strukturasiga bog`liq bo`ladi. Har xil yog` kislotalaridan tashkil topgan glitseridlarning fizikaviy xossalariga ushbu yog` kislotalari qoldiqlarining
  • (atsillarning) molekuladagi joylashuv tartibi ham ta`sir ko`rsatadi.
  • Konsistentsiya. Suyuq yog` kislotalari glitseridlari suyuq konsistentsiyaga, qattiq yog` kislotalari glitseridlari esa qattiq konsistentsiyaga egadir. Har xil kislotali glitseridlar konsistentsiyasi yog` kislotalari takibiga bog`liq ravishda qattiq, suyuq yoki malhamsimon (mazeobraznaya) bo`lishi mumkin. Glitseridlar konsistentsiyasiga hosil bo`ladigan kristallar o`lchami va ularning polimorf modifikatsiyalari ta`sir ko`rsatadi. Kristallar o`lchami oshishi bilan glitseridlarning qattiqligi kamayadi. Nostabil polimorf formalardagi glitseridlar stabil formadagilariga nisbatan qattiqroqdir. Yuqorida zikr etilgan ikki sabab tufayli tez sovutilgan glitseridlarning qattiqlik darajasi sekin tezlikda sovutilgan glitseridlarnikiga nisbatan yuqoriroqdir.

Zichlik. Bir xil kislotali triglitseridlar zichligi yog` kislotalari zichligi bo`ysunadigan qonunlarga asosan o`zgaradi. Ularning zichligi suvnikidan kam bo`lib, harorat ko`tarilishi bilan kamaya boshlaydi. Glitseridlar zichligi o`zgarishining harorat koeffitsenti taxminan 0,7kg/(m3.grad).

  • Zichlik. Bir xil kislotali triglitseridlar zichligi yog` kislotalari zichligi bo`ysunadigan qonunlarga asosan o`zgaradi. Ularning zichligi suvnikidan kam bo`lib, harorat ko`tarilishi bilan kamaya boshlaydi. Glitseridlar zichligi o`zgarishining harorat koeffitsenti taxminan 0,7kg/(m3.grad).
  • Individual glitseridlarning suyuqlanish harorati ularning yog` kislotalari tarkibi va polimorf holatiga bog`liq. Odatda bir xil kislotali qattiq kislotalar riglitseridlari stabil -polimorf modifikatsiyada shu kislotalar suyuqlanish haroratidan birmuncha yuqoriroq suyuqlanish haroratlarini nomoyon etadi.
  • Glitseridlar polimorf formalari suyuqlanish harorati quyidagi tartibda farq qiladi:
  • Har xil kislotali triglitseridlar polimorfizmi monotropdir.
  • Glitseridlarning qotish harorati ularning suyuqlanish haroratiga nisbatan birmuncha pastroqdir.

Download 85.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling