Global iqtisodiyot va ijtimoiy jarayonlar. Iqtisodiy o’sish va inson taraqqiyoti konsepsiyasi. Reja


Jahon iqtisodiyotining mohiyati va tarkibi


Download 34.26 Kb.
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi34.26 Kb.
#1022722
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu Sirtqi

Jahon iqtisodiyotining mohiyati va tarkibi. Jahon iqtisodiyotining subyektlari. Jahon xo'jaligi tizimini sodda liolda uning tarkibiy qismlari yoki asosiy qatnashchilari — subyektlaridan iborat mexanizm ko‘rinishida ifodalash mumkin. Ushbu subyektlarning asosiylari milliy iqtisodiyotlar, transmilliy korporatsiyalar (TMK), integratsion birlashmalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining m uhim subyekti sanaladi. Milliy iqtisodiyotlarga xos asosiy xususiyat shunciaki, dunyoning aksariyat mamlakatlari iqtisodiy suverenitetni saqlab kelishmoqda.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning soni va mavqeyi tubdan ortdi. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning m uhim vazifalaridan biri - jahon iqtisodiyotining rivojlanishi i:o‘g‘risida statistik tahlillar tayyorlashdan iborat. Amaliyotda Xalqaro valuta fondi (XVF) (World Economic Outlook), Jahon banki (World Development Report), YuNKTAD (World Investment Report), Jahon savdo tashkiloti (JST) (World Trade Report) va boshqa tashkilotlarning nashrlaridan keng foydalaniladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlaming mohiyati va shakllari. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar — bu rezidentlar va norezidentlar o‘rtasidagi xo‘jalik munosabatlaridir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni shakllari bo‘yicha guruhlash mumkin. An’anaviy tarzda xalqaro tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk savdosi alohida shakl sifatida ajratiladi. Ishlab chiqarish omillarining harakati xalqaro iqtisodiy munosabatlam ing xalqaro kapital harakati, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi, texnologiyalarni xalqaro uzatish shakllari ko‘rinishida sodir bo‘ladi.
Jahon iqtisodiyotining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari Xalqaro iqtisodiy munosabatlar asta-sekin jahon xo‘jaligining tarkibiy elementiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro iqtisodiy munosabatlari jahon xo‘jaligining rivojlanishi natijasida shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mumkin. Bu kabi tasdiqlar jahon xo'jaligining rivojlanish jarayoni va uning bosqichlarida ham o‘z aksini topgan. Jahon xo‘jaligining rivojlanish amaliyoti XX asr oxiri va XXI asr boshlarida amal qiluvchi quyidagi zamonaviy jahon iqtisodiyotiga xos rivojlanish tamoyillari va qonuniyatlarini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi.
1. Dunyo mamlakatlari xo‘jalik hayotining baynalmilallashish jarayonining chuqurlashuvi.
2. Tashqi iqtisodiy aloqalaming erkinlashuvi.
3. Hududiy iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi.
4. Ishlab chiqarish va kapitalning transmilliylashishi.
5. Jahon xo‘jalik aloqalarini davlatlararo tartibga solish tizim ining barpo etilishi va iqtisodiy qoidalarning birxillashuvi.
6. Jahon xo‘jaligining globallashuvi.
Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatidan guruhlanish asoslari Jahonda 193 ta mustaqil davlat, 61 ta qaram hudud va 6 ta nizoli hudud mavjud. Xalqaro statistikada «davlat» tushunchasi emas, balki «mamlakat» tushunchasi qo‘llaniladi. Chunki mamlakat albatta siyosiy mustaqillikka ega boiishi majburiy emas. Siyosiy-geografik ma’noda mamakat — bu muayyan chegaralarga ega, davlat suverenitetidan foydalanuvchi hududdir. Jahon iqtisodiyotidagi o‘zgarishlari miqdoriy jihatdan aks ettiruvchi xalqaro statistika nuqtayi nazaridan esa «mamlakat» tushunchasi iqtisodiy ma’noda qoilaniladi va «iqtisodiyot» tushunchasi bilan mos keladi. Ushbu tushuncha davlatning muayyan hududini, masalan, Xitoy tarkibiga kiruvchi Tayvan va Gonkongni alohida iqtisodiy hudud sifatida ifoda etishi mumkin. Dunyo mamlakatlari, bir tomondan, biri-biridan iqtisodiyotining hajmi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, institutsional va madaniy xususiyatlari bilan farq qilsa, ikkinchi tomondan, ular muayyan o‘xshashliklarga ham ega. Ushbu holat dunyo mamlakatlarini tahliliy va statistik maqsadlarda guruhlarga ajratish, jahon iqtisodiyotining tarkibi va rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish maqsadida muayyan mezonlar bo‘yicha tasniflash imkonini beradi.
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi kompleks va umumlashtiruvchi ko‘rsatkich sifatida quyidagilami o ‘z ichiga oladi:
- aholi jon boshiga to ‘g‘ri keluvchi Y alM /Y aM M ;
- iqtisodiyotning tarmoq tarkibi;
- aholi jon boshiga mahsulotlam ing asosiy turlarini ishlabchiqarish (alohida tarmoqlarning rivojlanish darajasi);
- aholi turmush darajasi va sifati;
- iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichi.

Download 34.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling