Koevolyutsiya - tabiat va jamiyatning bir-biriga mos, o’zaro mutanosib rivojlanishi
Kredit bozori – kredit resurslarining banklar o’rtasida sotilishi va sotib olinishi.
Qimmatbaho qog’ozlar – korxona kapitaliga ulush qo’shganlik yoki qarzga mablag’ berilganligini tasdiqlovchi, shunga mutanosib muayyan huquqlar beruvchi rasmiy maqomga ega qog’ozlar.
Qimmatli qog’ozlar bozori – qimmatli qog’ozlarni sotish va sotib olish bo’yicha munosabatlar va bu munosabatlar amalga oshiriladigan tuzilmalar, masalan fond birjasi
Likvidlik – korxona yoki bank pul mablag’larining puldagi majburiyatlarni bajarish uchun yetarliligi darajasi.
Litosfera – Yerning ustki «qattiq» qobig’i
Mehnat – insonning maksadga muvofiq ijtimoiy foydali faoliyati: eng avvalo tabiat predmetlarini o’zgartirib, ehtiyojga moslashtirishni bildiradi.
Mehnat birjasi – ishsizlarni, ish joyini o’zgartirishni istavchi shaxslarni ishga joylashtirish bilan shuullanadigan maxsus davlat muassasasi. Mexnat bozorining tashkil etilgan va tartiblanib turadigan shakli.
Mehnat bozori – ish kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor.
Mehnat resurslari – mamlakat aholisining mehnatga layoqatli yoshdagi qismi, iqtisodiy resurslarning tarkibiy unsuri; 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan ayollar, 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar mehnat resurslariga kiritiladi.
Mehnat taqsimoti – mehnat turlarining bir-biridan ajralib mustaqil ahamiyat kasb etishi;mehnat turlarining ixtisoslashuvi.
Mehnatni tashkil etish – nazariya va amaliyotga asoslangan holda korxonada ish jarayoni unsurlarini uyushtirish tartibi va tamoyillari.
MAVZU – arab tilida joylashtirilgan, qo’yilgan degan ma’noni anglatadi.
MALAKA – muayyan mehnat faoliyatini bajarish uchun lozim bo’lgan nazariy va amaliy umumta’lim va kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalar majmuasining mavjudligi.
MALAKA OShIRISh – mutaxassislarning kasb bilimlari va ko’nikmalarini yangilash va chuqurlashtirish, ularni zamon talablariga javob bera oladigan qilib qayta tayyorlash
Mamlakat – siyosiy – geografik termin bo’lib, muayyan chegaralarga va davlat suverenitetiga ega bo’lgan yoki boshqa bir davlat hukmronligi ostida bo’lgan xudud (mustamlaka, boshqaruv ostidagi hudud) ni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |