Hududlarning majmuali rivojlanish qonuniyati. Hududning (respublika, viloyat, iqtisodiy tuman) kompleks rivojlanishi deganda, xo’jalikdagi mutanosiblik, ishlab chiqarish korxonalarining mahalliy tabiiy va iqtisodiy sharoitga mosligi, ixtisoslashgan tarmoqlar, infratuzilmasini, turli ko’lamdagi shaharlarning rivojlanishi, tabiiy muhitni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va hokazolar nazarda tutiladi.
Shaxs – muayyan jamiyatning a’zosi bo’lgan, ruhiy, jismoniy, ma’naviy-ahloqiy barkamol bo’lgan, o’z hatti-harakatlarini ongla baholab, unga javob bera oladigan, jamiyat taraqqiyotiga o’z hissasini qo’sha oladigan inson.
Shahar (City) -aholi va qishloq xo’jaligiga xos bo’lmagan tarmoqlar mujassamlangan aholi manzilgohi.
Shahar aholisi – asosan, sanoat, savdo, shuningdek, xizmat ko’rsatish, boshqaruv, fan va madaniyat sohalarida band bo’lgan yirik aholi manzilgohi.
Shahar aholisi (population of the city) – asosan, sanoat, savdo, shuningdek, xizmat ko`rsatish, boshqaruv, fan va madaniyat sohalarida band bo`lgan yirik aholi manzilgohi.
Shaharlar geografiyasi (geography of the cities)-iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning alohida bir tarmog’i bo’lib, u turli mamlakat yoki rayonlarda shaharlarning vujudga kelish va rivojlanish xususiyatlari, ularning murakkab hududiy tizimlarining shakllanish qonuniyatlarini o’rganadi.
Shaharlar ierarxiyasi (hierarchy of the cities)- shaharlarning aholi soniga ko’ra egallagan o’rni. Geourbanistikada shaharlarning o’lchami ularning aholi soni bilan o’lchanadi.
Shaharlarning funktsiyalari (functions of the cities)- geografik mehnat taqsimotida shaharlarning bajaruvchi vazifalari bo’lib, unda aholining iqtisodiyot tarmoqlarida bandlik tarkibi asos qilib olinadi. Bu ko’rsatkich mamlakat shahar joylari bo’yicha o’rtacha ko’rsatkichdanyuqori bo’lishi lozim.
Shok terapiyasi – bozor islohotlarini amalga oshirishda ba’zi mamlakatlarda qo’llangan yo’lning nomi. Islohotlar qisqa muddatda o’tkazilgan va aholini ijtimoiy himoyalashga juda kam e’tibor qaratilgan. Ko’pchilik hollarda salbiy natijalarga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |