Uch tarmoqni O’z ichiga oladi:
Fermer – qishloq xo’jaligi tadbirkori, fermer xo’jaligi egasi. O’zbekistonda mavjud qonun hujjatlariga ko’ra, 18 yoshga to’lgan qishloq xo’jaligida tegishli bilim, malaka va ish tajribasiga ega bo’lgan hamda muomalaga layoqatli fuqaro fermer bo’lishi mumkin.
Fermer xo’jaligi – xususiy yoki uzoq muddatga ijaraga olingan yerda qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug’ullanadigan xo’jalik.
faoliyat – ongli ruhiy faoliyat bilan boshqariladigan kishining ichki, tashqi faolligi.
Fond bozori, qimmatli qog’ozlar bozori – moliya bozorining qimmatli qog’ozlar emissiyasi va ularning oldi sotdisi bilan shug’ullanadigan sohasi.
Fotosintez – yorug’lik energiyasi yordamida organik moddalar sintezini amalga oshiruvchi oksidlanish-qaytarilish reaktsiyasi
Xalqaro valyuta fondi (XVF) – (ingl. IMF, International Monetary Fund) BMTning ixtisoslashgan muassasasi, a’zo mamlakatlarning valyuta hamkorligini amalga oshiradigan xalqaro tashkilot.
Xalqaro mehnat taqsimoti – ayrim mamlakatlarning muayyan mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi va mahsulotlarni ayirboshlashi.
Xalqaro mehnat taqsimoti (International division of the labour) – ayrim mamlakatlarning muayyan mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi va mahsulotlarni ayirboshlashi.
Xom ashyo omili - fyrim mahsulotlarni olish uchun xomashyo ko’proq sarflanadi. Shuning uchun bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar mumkin qadar xomashyo rayonlariga yaqin joylashtiriladi. Xom ashyoga asoslangan sanoat tarmoqlarining geografiyasini o’rganish eng avvalo, mamlakat tabiiy sharoiti va boyliklarini bilishni talab etadi.
Xususiy mulk – ayrim kishilar yoki xonadonlar ixtiyoridagi mulk, bozor iqtisodiyotidagi xilma-xil mulklar orasida yetakchi mulk shakli.
Xususiy sektor – iqtisodiyotning xususiy mulkchilik va xo’jalik yuritishning erkin bozor usullariga, iqtisodiy alohidalashuviga asoslangan sohasi.
Hududiy ishlab chiqarish majmualar – bu tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoit, tarixiy xususiyat va iqtisodiy-geografik ыringa ega bыlgan aniq Hududda ishlab chiqarish tarmoqlarining uy\unlashganligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |