Retsessiya – lotincha ortga chekinish, ishlab chiqarish o’sishining to’xtab qolishini bildiradi.
Redutsentlar – hayot faoliyati davomida (bakteriyalar, zamburug’lar) organik qoldiqlarni anorganik moddalarga parchalovchi organizmlar
Reintroduktsiya – organizmlarni yo’qolib ketgan joylarda sun’iy qayta tiklash
Refleksiya - lotincha “refleksio” – “orqaga qaytish”, sub’ektning ichki psixik holatlarini o’zida anglash jarayoni.
Rivojlanish - miqdor o’zgarishlaridan sifat o’zgarishlariga o’tishi, o’sish.
Sammit – uchrashuv, ishtirokchilari o’z ixtiyori bilan to’planadigan yig’in.
Siyosiy geografiya – geosiyosat, limologiya, geokonfliktologiya, harbiy geografiya va b.
SILLABUS - lat. Syllabus Errorum — ro’yxat, katalog degan ma’noni anglatadi.
Sinekologiya – ekologiyaning hamjamoalar tuzilishi, energetikasi, dinamikasi, shakillanishi, tashqi muhit bilan o’zaro aloqasi kabilarni o’rganadigan bo’limi
Sotsial geografiya - meditsina geografiyasi, rekreatsiya geografiyasi, din geografiyasi, jinoyat geografiyasi, geopsixologiya, xulk - atvor geografiyasi, turmush tarzi geografiyasi va boshqalar.
Sotsial gigiena - atrof muhit, uy-joy, maishiy xizmat, mehnat shart-sharoitlarining inson salomatligiga ta’sirini o’rganuvchi tibbiyotning muhim tarmog’idir. Shuningdek, mazkur soha sotsial-iqtisodiy omillarning inson salomatligiga ijobiy va salbiy ta’sirini ham o’rganadi; Tibbiyot statistikasi - aholining kasallanishi, o’lim va nogironligi to’g’risidagi jamlangan turkum ma’lumotlar haqidagi fan sohasi. Tibbiyot statistikasi inson ekologiyasi va tibbiyot geografiyasi uchun muhim axborot manbai bo’lib xizmat qiladi.
Sotsial -ijtimoiy geografiya - aholi va aholi punktlari geografiyasi, shaharlar geografiyasi (geourbanistika), qishloqlar geografiyasi, aholiga xizmat kursatish, sohalar (savdo, madaniy, maishiy, meditsina, morif va boshqalar) geografiyasi, tijorat geografiyasi va xokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |