Milliy bozor – muayyan mamlakatning davlat chegaralari doirasi bilan cheklangan tovor muomalasi soxasi.
Milliy valyuta – muayyan davlat (davlat markaziy banki) tomonidan chiqariladigan valyuta.
Milliy daromad – 1) mamlakatdagi milliy iqtisodiyotning xo’jalik yurituvchi sub’ektlari tomonidan muayyan bir davrda (odatda bir yilda) moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan sof mahsulot; yalpi mahsulot hajmidan uni ishlab chikarish uchun sarflanadigan mehnat vositalari va buyumlarni qoplaydigan mahsulot mikdorini-qoplash fondini chegirib tashlangandan keyin qoladigan mahsulot; 2) G’arb mamlakatlari iqtisodchilari talqinida mamlakatdagi mehnat, kapital va yer egalarining bir yilda olgan ish haki, foyda, foiz va renta kabi daromadlar yig’indisi.
Milliy iqtisodiyot – mamlakatning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi va suvereniteti bilan bog’liq bo’lib, yagona siyosiy, hududiy-tabiiy, tarixiy,milliy iqtisodiy tizimining umumiy qonun va qonuniyatlarini ifodalovchi ijtimoiy- iqtisodiy hayotning barcha sohalari, xilma-xil mulkchilik shakllaridan iborat ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tizimlari, boshqaruv va strategik (istiqbolli)rivojlanish jarayonlari majmuasidir.
Milliy kredit institutlari – mamlakatdagi banklar, kredit uyushmalari.
Milliy hisoblar tizimi – mamlakat iqtisodiy rivojlanishining xalqaro statistika amaliyotida qabul qilingan umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar tizimi.
Modernizatsiya – zamonaviylashtirish.
Moddiy resurslar – iqtisodiyot taraqqiyoti va ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo’lgan moddiy ashyoviy ne’matlar yig’indisi, moddiy- ashyoviy shakldagi iqtisodiy resurslar.
Moddiy farovonlik – jamiyat, ayrim kishilar va ijtimoiy guruxlarning moddiy ne’matlar bilan ta’minlanganlaligi; kishilar moddiy ehtiyojlarini qondirilishi darajasi.
Model - (frantsuzcha “modele” – “namuna”, lotin tilida “modulus” – “me’yor”) – qandaydir ob’ektning shartli qiyofasi, ob’ekt va ob’ekt haqidagi inson bilimlari o’rtasidagi munosabatni aks ettirish uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |