Modernizatsiya (Modersination) zamonaviylashtirish.
Moliya bozori – oldi-sotdi obekti pul (pulga tenglashtirilgan qog’ozlar) bo’lgan bozor.
Moliya guruhlari – bir necha oila yoki guruhlarning ittifoqi. Iqtisodiy birlashish negizida tashkil topgan yirik moliya sanoat birlashmalari,sanoat, transport,bank, savdo, sug’urta, xizmat ko’rsatish va boshqa sohalarning yirik uyushmasi.
Moliya yili – davlat byudjeti amal qiladigan yoki moliya hisobotlari muddati xisoblanadigan 12 oydan iborat davr.
Moliya resurslari – iqtisodiy sub’ekt ixtiyorida, uni tasarrufida bo’lgan jami pul mablag’ari, moliyaviy aktivlari majmui.
Moliya tizimi – iqtisodiyotdagi pul oqimlari harakati amalga oshiriladigan tizim: davlat byudjeti, banklar, sug’urta kompaniyalari, invenstitsiya institutlari va boshqalar.
Moliyaviy investitsiya – pul mablag’larining moliya bozori orqali daromad olish uchun joylashtirilishi.
Monitoring – atrof-muhit holatining kuzatish, baholash va oldindan bashorat qilish tizimi
Motiv – ma’lum ehtiyojlarni qonildirish uchun asos bo’ladigan kishining ichki harakatlari mazmuni.
Mustaqil tabiiy muhit-inson bilan bevosita munosabatda bo’lmagan, yovvoyi tabiiy muhit;
Mutagen – mutatsiyani keltirib chiqaruvchi har qanday omil
NAMUNAVIY O’QUV DASTURI – muayyan predmetlar bo’yicha ta’lim mazmunining zaruriy minimumini va o’quv materialini o’zlashtirish darajalarini batafsil ochib beruvchi hujjat.
NAMUNAVIY O’QUV RYeJASI – o’qitish muddatini hisobga olib, kasbga (mutaxassislikka) muvofiq ravishda sikllar, fanlar ro’yxati va hajmining davlat miqiyosini belgilovchi hujjat.
Narx, baho – tovar qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi iqtisodiy dastak.
Narxlar indeksi – iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar baholari o’zgarishlarini aks ettiruvchi ko’rsatkich.
Niderlandlar tasviri- Lyudoviko Gvichchardinining 1567-yilda yozgan asari;
Do'stlaringiz bilan baham: |