Kombinatsiya- kooperatsiyaga o’xshab korxonalar birlashmasidan iborat
KOMMUNIKATIVLIK – bu o’qituvchining alohida xususiyati bo’lib, unda o’quvchilar va hamkasblari bilan o’zaro hamkorlik muloqoti nazarda tutiladi. Bunda pedagogik faoliyatning samaradorligi uning muloqotchanligiga bog’liq bo’ladi.
Kommunikatsiya (Communication) – (lot «communisatio» – umumlashtiraman, bog’layman) kibernetikada informatsiya(axborot)larni almashish jarayoni tushuniladi.
Kompaniyalar aktsiyalari baholari indekslari – rivojlangan mamlakatlarda eng yirik kompaniyalar muayyan doirasi aktsiyalari bozor baholari o’zgarishlarini aks ettiruvchi yig’ma ko’rsatkichlar. Masalan, AQShda Dou-Jons indeksi.
KompitentLIK - shaxsning o’zlashtirgan muayyan bilim, ko’nikma va tajribasini ijtimoiy-kasbiy sohadagi aniq vaziyatlardagi muammo va vazifalarni yechishga qodirlik darajasi, yaroqliyligi.
KOMPLYeKS – muayyan maqsad sari to’plangan hodisalar yoki predmetlar majmuasi. U bir butunlikni tashkil etuvchi hodisa va predmetlar majmuasidan iborat.
KONSTRUKTIVLIK - (loyihalay olish qobiliyatiga egalik) – bu pedagogning shaxsiy faoliyati va tarbiya maqsadlarini hisobga olgan holdagi faolliklarini alohida loyihalashtirishni ko’zda tutadi.
Konsumentlar – fotosintez yoki xemosintez yo’li bilan to’plangan tayyor organik moddalarni iste’mol qiluvchi organizmlar yig’indisi
Konurbatsiya (Conurbation)-hududiy jihatdan bir-biri bilan qo’shilib ketgan shahar va shaharchalarning ulkan tizimi. U ham aglomeratsiyaning bir ko’rinishi.
Kooperatsiya – bir mahsulot yaratish uchun turli korxonalarning hamkorligi bo’lib, bunda ularning tarmoq holda joylashuvi kuzatiladi.Bunda qatnashuvchi korxonalar soni vujudga kelayotgan mahsulotning murakkabligiga boliq bo’ladi.
Korporativ manfaat – aktsiyadorlar manfaatlari. Odatda aktsiyadorlar dividendlarni ko’proq olishni hohlaydilar, bu esa jamg’ariladigan foydani kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |