INTUISIYa – (oldindan sezish) bu ilgaridan egallagan bilim va ma’lumotlarga asoslangan bilish jarayonidir.
INFORMATIKA – matematik metodlar va hisoblash texnikasi vositalari yordamida ma’lumotlarni yig’ish, o’lchash (baholash), sanlash, qayta ishlash va uzatishning metod va qonunlari xaqidagi fan.
Infratuzilma – (lot. «infra» – ostida) ishlab chiqarish va tovar muomalasi, shuningdek, inson hayot faoliyati uchun zarur bo’lgan me’yoriy, sharoitni ta’minlashga xizmat qiluvchi turli – tuman yordamchi, xizmat ko’rsatuvchi sohalar (tashkilot, korxona va muassalar), majmui; nomoddiy ishlab chiqarish sektori,infratuzilma xizmatlari moddiy shaklga ega bo’lmagan tovarlar bo’lib, ular hayotiy ehtiyojlarini qondiradi.
Infratuzilma – tovar ishlab chiqarish shartlarini ta’minlovchi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlari kompleksi: yo’llar, aloqa, transport, maorif, sog’liqni saqlash.
ISTYe’DOD – har tomonlama rivojlangan, nixoyatda kuchli va takrorlanmas qobiliyatdir. Alohida insonlarga xos tabiiy sifat bo’lib, uning faoliyati ijtimoiy hayotda namoyon bo’ladi. Iste’dod tabiat mahsuli, in’omidir.
Istiqbolli o’qitish – ta’lim mazmunidagi o’zlashtirilishi qiyin bo’lgan axborotlar tizimini kichik hajmlarda oldindan o’zlashtirib borish.
Ixtisoslashuv - mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlarning tarkib topishi bilan chambarchas boliqdir.Uning uch bosqichi - korxona, shahar va tuman miqyosidagi ixtisoslashuvi, shuningdek, uch turi – qism (detal); texnologik yoki yarim mahsulot va predmet (tovar mahsulot ishlab chiqarish) ixtisoslashuvi mavjud.
IXTISOSLIK – birorta kasb doirasida ma’lum bir faoliyat turi uchun maxsus tayyorgarlik va ish tajribalari bilan erishilgan zaruriy bilimlar, kunikma va malakalar majmuasi.
Ichki bozor – muayyan mamlakat doirasida tovarlar va xizmatlar ayirboshlanadigan bozor.
Ish bilan band bo’lgan jami aholi – ishchi kuchi (iqtisodiy faol aholi)ning ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lgan qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |