Sanksiya – huquqshunoslikda huquqbuzarga nisbatan qo‘llaniladigan va uning uchun muayyan oqibatlar keltiruvchi chora.
Saylov – aholining rasmiy mansabni egallash uchun biror shaxsni tanlashi jarayonidir.
Saylov huquqi – davlat boshlig‘i, vakillik organlari va boshqani saylash tartibini belgilab beruvchi huquqiy normalar yig‘indisi. Saylov huquqi, odatda, konstitutsiya va saylov to‘g‘risidagi maxsus qonunlar bilan belgilanadi.
Seminariya – 1) boshlang‘ich maktab o‘qituvchilari tayyorlaydigan maxsus o‘quv yurti; 2) xristian cherkovlari uchun ruhoniylar tayyorlaydigan o‘quv yurti.
Senat – lot. senatus-eski, qariya; ko‘pchilik mamlakatlar parlamentining yuqori palatasi.
Sessiya – (lot. sessio – majlis, yig‘ilish) ish, mashg‘uloti davriy ravishda amalga oshiriladigan vakolatli organlarning, sud yoki jamiyatlarning ish, yig‘ilish o‘tkazadigan davri.
Simpozium – (musiqa, she’r o‘qish bilan o‘tadigan yig‘in) biror ilmiy masala bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy kengash; ilmiy anjuman.
Siyosiy jarayonlar – turli siyosiy institutlar, ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar individlar munosabati sifatida namoyon bo‘ladi.
Siyosiy qarashlar – siyosiy qarashlarning shakllanishi va qaror topishida o‘ziga xos an’analar mavjud bo‘lib, siyosiy hodisalar turli xil talqin etilgan.
Siyosiy madaniyat – insonning siyosiy hodisalarga doir qadriyatlarga oid tasavvurlari va uning amaliyotda namoyon bo‘ladigan xulqi kodeksi yoki uning siyosiy hokimiyat subyekti sifatidagi faoliyat uslubi. Shu ma’noda, siyosiy madaniyat fuqaroning umuminsoniy ahamiyatga molik bo‘lgan siyosiy faoliyat namunalarini qay darajada egallaganligini namoyish qiladi.
Siyosiy ong – turli ijtimoiy guruhlarning davlat hokimiyatiga, siyosiy tashkilotlar, ularning jamiyat hayotidagi roliga, boshqa davlat va millatlar bilan munosabatiga oid qarashlarning bir tizimga solingan nazariy ifodasi.
Siyosiy partiyalar – ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini birlashtiruvchi siyosiy tashkilotlar. Siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muhim qismi, ular davlatning siyosiy yo‘nalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |