Glossariy abolitsionizm


Download 68.22 Kb.
bet18/23
Sana21.04.2023
Hajmi68.22 Kb.
#1371527
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
GLOSSARIY TARJIMA

TaraqqiyotningO‘zbek modeli” – istiqlolning dastlabki yillarida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov rahbarligida ishlab chiqilgan islohotlar strategiya bo‘lib, taraqqiy topgan mamlakatlarning bozor munosabatlariga o‘tish tajribasi, mamlakatimiz boshidan kechirgan tarixiy sinovlar va ularning saboqlari, xalqimizning turmush va tafakkur tarzi asos qilib olindi. Shu tariqa yurtboshimiz tomonidan jamiyatni isloh etishning chuqur ilmiy asoslangan quyidagi besh tamoyili vujudga keldi: Birinchi tamoyil: iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi; Ikkinchi tamoyil: davlat – bosh islohotchi; Uchinchi tamoyil: jamiyat hayotining barcha sohalarida qonunning ustuvorligi; To‘rtinchi tamoyil: aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish; Beshinchi tamoyil: bozor iqtisodiyotiga ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, tadrijiy asosda, puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich o‘tish.
Tashabbus – lot. initsiativa initiative-tashabbus; qandaydir ishni boshlashga undash, ishbilarmonlik; muhokama qilish uchun takliflar berish.
Tolerantlik – fr. tolyrant (lat. Tolerāns-tolerantis) hozirgi o‘zbek tilida lug‘aviy tarjima qilganda chidamlilik, sabrlilik, bardoshlilik, toqatlilik ma’nolarini anglatadi. Antik davr va o‘rta asrlarga qadar asosan tabobat sohasida keng istifoda etilgan mazkur tushuncha hayvonlar va insonlar organizmlarining turli-tuman kasalliklar, jarohatlar va umuman, hayot uchun kurashish jarayonlariga doir immun qobiliyatini o‘rganish masalalariga aloqador bo‘lgan. Keyinchalik boshqa fanlar doirasida ham e’tiborli asarlar yaratgan mashhur tabobat olimlari va aksincha, tabobat borasida ham diqqatga sazovor fikrlar bildirgan boshqa soha olimlari mazkur tushunchani kengroq ma’noda qo‘llay boshlaganlar (Epimenid, Gorgiy, Aristotel, Epiktet, Ibn Sino). XX asrga qadar tolerantlik tushunchasining ayniqsa din bilan bog‘liq muruvvat ma’nosidagi talqinlariga ko‘p duch kelish mumkin. Lekin mazkur asr boshlaridan texnika taraqqiyoti va uning asosida mehnatni tashkil etish munosabatlarining jadal rivojlanishi natijasida tolerantlik tushunchasi davlat va xalq munosabatlarida, ayniqsa huquqiy munosabatlar tizimida keng mazmun kasb etadi. Endi tushuncha chidam, sabr-toqat ma’nolarini yo‘qotmagan holda ko‘proq bag‘rikenglik, hamjihatlik, hamkorlik kabi mazmunda talqin etila boshlandi.
Totalitar – lot. totalis-butun, to‘la, bir butun); davlat hokimiyati organlari tomonidan jamiyat hayotining hamma sohalarini nazorat qiladigan davlat shakli, amalda konstitutsion huquq va erkinliklarni tugatilishi; bu rejimda davlat hokimiyati biron-bir guruh (siyosiy partiya) qo‘lida to‘planib, mamlakatda demokratik erkinliklar va siyosiy muholifatni amal qilishi uchun imkoniyatlar bo‘lmaydi.

Download 68.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling