Glossariy abolitsionizm
Download 68.22 Kb.
|
GLOSSARIY TARJIMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transformatsiya
- O‘zini o‘zi boshqarish
- O‘zini o‘zi boshqarishning asosiy prinsiplari
- Umumbashariy qadriyat
- Uchinchi sektor
Transchegaraviy – chegaralararo, bir necha davlat hududidan o‘tuvchi. Daryolar va yo‘larga nisbatan qo‘llaniladi.
Tranzaksiya – ingl. bank transaction, ot lot. transactio - keliShuv, shartnoma; tranzaksiya – bu sotib olishga doir sharnomani tuzish/moliyaviy vositalarni sotishga doir shartnoma. Bank tranzaksiyasi, deganda bir bank hisob raqamidan ikkinchisiga yoki bank ichidagi bir hisob raqamidan ikkinchisiga pul mablag‘larini o‘tkazish tushuniladi. Transformatsiya – lot. transformatio – o‘zgarish; tuzilmalarni, shakllarni va usullarni o‘zgartirish, faroliyatning maqsadli yo‘nalishini o‘zgartirish. Tripartizm – ijtimoiy sheriklikning davlat organlari, biznes vakillari va nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasidagi kelishuv. O‘zini o‘zi boshqarish – (ingl. municipal o‘zini o‘zi boshqarish); u yoki bu ma’muriy-hududiy birliklardagi aholining vakolatlarini ifodalovchi saylangan organlar va ularning ma’muriy apparati tomonidan amalga oshiriladigan mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan ishlarni boshqarishga aytiladi. O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqarish organlari tarkibiga mahalla, qishloq, ovul va shaharcha fuqarolar yig‘inlari kiradi. O‘zini o‘zi boshqarishning asosiy prinsiplari – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va qonunlarida mustahkamlangan o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tabiati bilan bog‘liq bo‘lgan mustaqil faoliyatni amalga oshirishni tashkil qiluvchi rahbariy g‘oyalar yig‘indisidir. Umumbashariy qadriyat – dunyo xalqlarining ko‘pchiligi tomonidan tan olingan, huquqiy me’yorlar tarkibiga kiritilgan yoki qadriyat, an’ana va mas’uliyatiga aylangan, voqe’lik va yohud munosabatlar tizimiga nisbatan qo‘llaniladigan tushuncha. Umuminsoniy qadriyatlar – butun insoniyatning tajribasini ifodalovchi va ma’lum farqlanishlar bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha odamlar uchun mushtarak bo‘lgan dunyoqarashning ideallari yoki axloqiy normalar. Uchinchi sektor – dunyodagi barcha mamlakatlarda notijorat va xayriya maqsadlarida tashabbus ko‘rsatayotgan va keng faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarga (NNT) nisbatan qo‘llaniladi (birinchi sektor - davlat, ikkinchi sektor - tijorat sektori yoki shaxsiy sektor deyiladi). Download 68.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling