Glossariy Agnostitsizm
Download 61.16 Kb.
|
GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- O – LOTINCHA
- OBYEKTIV MANTIQ
- OBYEKTIV HAQIQAT
- OMONIMLAR
NOMUHIM BELGI – predmetning mavjudligi uchun zarur bo’lmagan belgi.
NON CAUSA PRO CAUSA – (lot. Uning so’zma-so’z tarjimasi: “Sababdan emas, sabab uchun” demakdir). Bu “Ketma-ket kelgan narsalarning barchasi sabab va oqibat bo’ladi” degan xatoning lotincha nomi. Masalan: kun tundan keyin keladi. Lekin bundan tun kunning sababi ekan degan ma’no aslo kelib chiqmaydi. O – LOTINCHA «Nego» (inkor qilaman) so’zining ikkinchi unli harfi bo’lib, u juz’iy inkor hukmni simvolik tarzda ifodalaydi. OB’EKT (lot. objectum - predmet) – ayni paytda ongimizdan tashqarida unga bog’liq bo’lmagan, bizning ongimiz predmeti bo’lgan narsa va hodisalar. OBYEKTIV MANTIQ –ongimizdan tashqarida bo’lgan reallikning rivojlanishi, aloqasi, munosabati. Sub’ektiv mantiq ana shu obyektiv olamning inson ongidagi in’ikosidir. OBYEKTIV REALLIK – inson ongidan tashqarida turuvchi tabiat, jamiyat, butun moddiy dunyo va uning turli tomonlari, insonning o’zi, anglash qobiliyati, uning tabiat va boshqa odamlar bilan munosabati. OBYEKTIV HAQIQAT – bizning bilimlarimizning ongimizdan tashqarida mavjud bo’lgan mazmuni bo’lib, uning voqealikka mos, adekvat kelishidir. Haqiqatning mazmuni esa bizning ongimizga bog’liq bo’lmagan holda mavjuddir. ODDIY HUKM – bir sub’ekt va predikatdan iborat bo’lgan hukm. OMMAVIY INDUKSIYA – to’liqsiz indukSiyaning bir turi bo’lib, u oddiy kuzatish yo’li bilan kundalik hayot tajribasi asosida chiqarilgan hulosalar hisoblanadi. Bu indukSiyada narsalarning ichki mohiyati asosida emas, balki bevosita ko’zga tashlanib turgan belgilar asosida hosil qilinadi. SHuning uchun u zid hollar uchramagan taqdirdagina to’g’ri bo’ladi. OMONIMLAR – shakllan bir xil, ammo mazmunan bir necha tushunchani ifodalovchi so’zlar. OPERATOR – simvol yoki simvollar kombinaSiyasi bo’lib, u mantiqiy shakl hosil qilish uchun ishlatiladi. OSTENSIV TA’RIFLASH – (lot.ostendere - ko’rsatmoq) predmetni bevosita ko’rsatish orqali ta’riflash. Download 61.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling