Glossariy akt


Download 71.76 Kb.
bet3/9
Sana22.02.2023
Hajmi71.76 Kb.
#1222653
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-Glossariy

Demokratiya boshqaruv tizimi bo‘lib, unda qaror qabul qilish huquqi fuqarolarga berilgan bo‘ladi. Bu huquqdan ular to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki erkin saylovlar jarayonida saylagan ishonchli vakillari orqali foydalanadi. Shuningdek, alohida bir shaxsning hayotiga ta’sir etuvchi qarorlar qabul qilish huquqini hamda asosiy huquq va erkinliklar himoyasini ham anglatadi.
Digitallashuv – axborotning raqamli formatga o‘tkazilishi. U elektron aloqaning ko‘plab eng yangi tizimlarida qo‘llaniladi. G‘arb mutaxassislarining fikricha, u axborot jamiyati rivojlanishi va sayyoramiz axborot tarmoqlari transmilliylashuvining vositalaridan biridir.
Jurnalistika jamiyatdagi o‘ziga xos ijtimoiy-siyosiy institut bo‘lib, u boshqa barcha ijtimoiy institutlarni bog‘lab turadi va ularning faoliyati natijasini aks ettiradi. Ommaviy axborotni to‘plash, qayta ishlash va tarqatishga qaratilgan ijodiy faoliyat turi, axborot mahsulotlari yaratish bilan shug‘ullanuvchi OAV kanallari tizimi. OAV mahsulotlarini tayyorlash va tarqatish jarayonida ishtirok etuvchi kasblar tizimi. Ma’naviy ishlab chiqarishning o‘ziga xos turi sifatida ishlab chiqaruvchi, ya’ni jurnalist o‘zining ishlab chiqarish vositalaridan o‘ziga xos usullarda foydalangan holda axborot mahsulotini - gazeta, jurnal, teleko‘rsatuv, radioeshittirish, audiovideotasma va boshqa ko‘rinishdagi axborot birligini yaratadi.
Ijtimoiy axborot – aholi va jamiyat uchun dolzarb ahamiyatga molik, muhim bo‘lgan va turli manbalardan olingan axborot.
Ijtimoiy medialar Internetda mavjud tarmoq va xizmatlar bo‘lib, ular interfaol kommunikatsiyalar va shaxslararo munosabatlarni, foydalanuvchilar tomonidan kontent yaratish va undan birgalikda foydalanishni, taqdim etiladigan axborotga asoslangan xizmatlarni yaratishni ta’minlab beradi. Ijtimoiy medialarga Vikipediada kontentdan hamkorlikda foydalanishni, Facebookda o‘zaro ijtimoiy hamkorlikni va munozara klublarini misol sifatida keltirish mumkin.

Download 71.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling