Glossariy akt


Download 71.76 Kb.
bet8/9
Sana22.02.2023
Hajmi71.76 Kb.
#1222653
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-Glossariy

Raqamli uzilish – zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishdagi imkoniyatlar tengsizligi; fuqarolarning metaforik jihatdan ikki toifaga ajratilishi, ya’ni: o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi texnologiyalardan foydalana oluvchilar va foydalana olmaydiganlar. Raqamli uzilish axborot jamiyatining uyg‘un rivojlanishi yo‘lidagi eng jiddiy to‘siqlardan biri hisoblanadi.
Raqobat – shaxsan o‘zi va o‘z guruhi uchun bitta maqsadga erishishdan manfaatdor bo‘lgan ayrim insonlar, guruhlar, tashkilotlar, korxonalarning muayyan yo‘nalishdagi musobaqasi. Jurnalistika, axborot sohasida turli OAV, media-guruh va mediakorporatsiyalar raqobatini misol qilib keltirish mumkin.
Rejalashtirish – maqsadlarni shakllantirish, ustuvor yo‘nalishlarni, ularga erishish vosita va uslublarini aniqlab olish jarayoni. Rejalashtirishning natijasi – reja, harakatlarning asoslangan modelini yuzaga kelishi.
Reprezentatsiya – mediamatnda undan tashqarida mavjud bo‘lgan ob’ektlarni – insonlar, manzillar, voqealar yoki g‘oyalarni timsolini yaratish, ta’riflash va taqdim etish imkonini beruvchi jarayon. Ushbu atama shuningdek, bir tomondan mavjud manzil, inson, voqea va g‘oya, ikkinchi tomondan, mediakontent o‘rtasidagi aloqani ham anglatishi mumkin.
Segment – muayyan axborot mahsulotini iste’mol qiladigan auditoriya. Segment bozorning bir qismi sifatida o‘ziga xos belgilarga ega. Masalan, OAV kanali auditoriyasining kasbi, yoshi, boshqa demografik va ijtimoiy belgilari.
Tanqidiy tafakkur – axborot va g‘oyalarning mazmun-mohiyatini tushunish va baholash maqsadida o‘rganish va tahlil qilish qobiliyati.
Tahririyat avtonom notijorat tashkiloti - u o‘z ta’sischilarining ixtiyoriy mulkiy badallari asosida tashkil etiladi va o‘z oldiga daromad olishni
maqsad qilib qo‘ymaydi. Gazetalarga viloyat, tuman, shahardagi tegishli ma’muriyatlar muassis bo‘lishi mumkin. Tahririyat alohida mulkka, mustaqil balansga, hisob raqami va boshqa bank rekvizitlariga, o‘z muhriga ega bo‘ladi. U o‘zining tashkiliy maqsadlariga mos keladigan tijorat faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin. Uning asosiy maqsadi – fuqarolarning ommaviy axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish. U kasbiy va ijodiy mustaqillik asosida faoliyat olib boradi.

Download 71.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling