Glossariy akt


Download 71.76 Kb.
bet6/9
Sana22.02.2023
Hajmi71.76 Kb.
#1222653
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-Glossariy

Marketing kommunikatsiyalari – ommaviy kommunikatsiyalarning o‘ziga xos xususiyatga ega qismi, ya’ni maqsadga aniq yo‘nalganligida, xabarlarning ko‘p marotaba takrorlanishida, maqsadli auditoriyaga kompleks ta’sir ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi. Bular sirasiga: reklama, PR (pablik rileyshnz), tijorat targ‘iboti (publicity), shaxsiy savdolar (personal sales), sotishni rag‘batlantirish (sales promotion), bevosita marketing, brending (branding), direkt-marketing (direct marketing) kabilar kiradi.
Marketing kompleksi – bozorga maksimal darajada ta’sir ko‘rsatish uchun uyg‘un tarzda bir biri bilan bog‘lanadigan marketing vositalari majmui. Marketing kompleksining asosiy unsuri tovar hisoblanadi (boshqa unsurlari:
tovarning narxi, uni taqsimlash kanallari – sotish, sotishni ko‘paytirish -
ommalashtirish).
Marketing tadqiqotlari narxni arzonlashtirishga, marketing o‘tkazishga yoki tovarlarni taqsimlashga, sotishni ko‘paytirish va daromad miqdorini oshirishga qaratilgan faoliyat. Tovarlarni sotishga oid dalillarni to‘plash, ro‘yxatga olish va tahlil qilish, ularning ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga tomon harakatlanishi, ehtiyojga ta’sir ko‘rsatuvchi uslublarni tadqiq etish – sotishni rag‘batlantirish, reklama.
Maqsadli auditoriya OAV kanali axboroti aynan unga mo‘ljallangan auditoriya.
Mahsulot – sotish uchun mo‘ljallangan, narx va iste’molchilik narxiga ega bo‘lgan tovar.
Mediakontent mediamahsulotning mazmuni, shakli, yo‘nalishi, ifodasi.
Medialarning tili auditoriyaga mediaxabarning mazmunini ochib beruvchi shartli belgilar, formatlar, timsollar va bayon etish usullari tizimi. Audiovizual medialar tilining ichki qonuniyatlari OAV grammatikasi ichki qonuniyatlariga mos keladi.

Download 71.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling