Glossariy akt


Download 71.76 Kb.
bet1/9
Sana22.02.2023
Hajmi71.76 Kb.
#1222653
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-Glossariy


GLOSSARIY
AKT axborot kommunikatsiya texnologiyalari, axborotga ishlov berish va kommunikatsiyani ta’minlash uchun zarur bo‘ladigan barcha texnik vositalarni, jumladan kompyuterlar va tarmoq jihozlarini, shuningdek, zarur dasturiy ta’minotni ham anglatadi. Ya’ni, axborot texnologiyalarining barcha turini, shuningdek, telefon, radio va televidenie hamda axborotni audio- va video jihatdan qayta ishlash va uzatish uchun zarur bo‘ladigan texnologiyalarni nazarda tutadi.
Axborot bozori – axborot ishlab chiqarish resurslari sotib olinadigan va axborot mahsulotlari sotiladigan iqtisodiy makon.
Axborotni boshqarish axborotni undan foydalanishni yengillashtiradigan tarzda saqlash, izlash va yangilab turish. Axborotni izlashdan tashqari uni tanqidiy baholash va boshqa axborot bilan taqqoslash ham tushuniladi.
Axborot makoni – jamiyatning axborot va telekommunikatsiya resurslari, telekommunikatsiya infratuzilmasi, OAV va boshqa tarkibiy birikmalar kiradigan makon.
Axborot resurslari – yangi OAVning daromadli faoliyat ko‘rsatishini tashkil etish va kundalik faoliyatni muvaffaqiyatli davom ettirish uchun zarur vositalar. Ular moddiy-texnik, moliyaviy, axborot, reklama va inson resurslariga ajratiladi.
Axborot resurslari samaradorligini belgilab beruvchi omillar: resurslarning to‘planish hajmi, axborot qimmati, yangilanishi va aylanishi tezligi, shuningdek, jamiyat a’zolari o‘rtasida resurslarning faol almashinishi.

Download 71.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling