Muassis shartnomasi – korxona, gazeta-jurnal tahririyati, reklama agentligi yoki teleradiokompaniya va uning muassisi o‘rtasida imzolanadigan shartnoma. U korxonaning yaratilishi va faoliyat olib borishining tartibi va
shartlarini belgilab beradi.
Noshirlik uyi, noshirlik yoki axborot-noshirlik kompaniyasi – bosma vaqtli nashrlar ishlab chiqaruvchi bir nechta tahririyatlarning birlashmasi. Ba’zida uning tarkibiga kitob tahririyati hamda turli bosma mahsulotlar, xususan, plakat, buklet, otkritka va h.k.ni ishlab chiqaruvchi bo‘linmalar ham kiradi. Uni ta’sischisi, egasi boshqaradi va barcha tarkibiy bo‘linmalar unga bo‘ysinadi.
OAV iqtisodiyoti – OAV mahsulotini ishlab chiqaruvchi (tahririyat) dan iste’molchi(tinglovchi, teletomoshabin, o‘quvchi) ga yetkazib berish, uning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, tahririyatning foyda olishi, kengayishi, modernizatsiyalanishi va h.k. maqsadidagi faoliyati.
Promoushn (inglizcha promoution – siljitish, kiritish) – OAV kanalini bozorga olib kirish jarayoni. Uning tarkibiga OAV kanalini bozorga olib kirish rejasini ishlab chiqish, uning mavqei va o‘rnini belgilash maqsadida marketing tadqiqotlari olib borish, uning bozorga kirishining qulay vaqtini, potensial iste’molchilarga taqdim etishning shakl, uslub va usullarini aniqlash, turli OAVlarda uni reklama qilish, uni tarqatish va sotish kiradi. Bu ish bilan promouter mutaxassislar shug‘ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |