Glossariy akt
Download 71.76 Kb.
|
3-Glossariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko mmuni k atsi ya
- Ko n v er gensiya
- Ko r xo n a
Iste’mol bozori – axborot bozorining bir qismi bo‘lib, u ma’lum bir jug‘rofiy makonda axborot mahsulotlari xaridorlarini birlashtiradi.
Iqtisodiy manfaatlar – mulkchilik munosabatlari tizimi va ijtimoiy mehnat taqsimotida insonlarni xo‘jalik faoliyat yuritishga undovchi sabab. Kommunikatsiya –axborotning yuboruvchi tomonidan joylashtirilishi va foydalanuvchiga yetkazilishi jarayoni bo‘lib, u aloqa kanallaridan biri vositasida amalga oshiriladi. Kommunikatsiya uchun yuboruvchi, xabar va uni qabul qiluvchi bo‘lishi taqozo etiladi. Ammo, kommunikatsiya jarayoni amalga oshishi uchun qabul qiluvchining bo‘lishi shart emas, shuningdek, u xabar yuboruvchining kommunikatsiyaga kirishidan xabardor bo‘lishi ham talab etilmaydi. Konvergensiya – hayotning barcha jabhalaridagi hodisa va tendensiyalarning yaqinlashuvi va uyg‘unlashuvidir. Mediamakonda raqamli kommunikatsiya muhitini yaratish maqsadida turli axborotning - tovush, ovoz, tasvir yoki matnning shaxsiy kompyuterdan uyali telefongacha bo‘lgan qurilmalardan, ya’ni multimedia vositalaridan birgalikda foydalanish imkoniyatini beradigan raqamli kodga o‘tkazilishi tushuniladi. Korxona – mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha bitta yoki bir qancha o‘ziga xos funksiyalarni bajaruvchi muassasa. Konsern – banklar, ishlab chiqarish korxonalari, savdo va tijorat firmalari, bosma va audiovizual OAV, ularni qog‘oz va boshqa materiallar bilan ta’minlovchi ishlab chiqarishlarning, ilmiy tadqiqot muassasalari va boshqa tuzilmalar birlashmasining murakkab shaklidir. Gazeta, jurnal yohud teleradiokompaniya bunday konsernning faqatgina bir unsuri hisoblanadi, uning faoliyati egalari tomonidan olinadigan umumiy daromad hisobidan amalga oshiriladi. Download 71.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling