Glossariy akt


Download 71.76 Kb.
bet2/9
Sana22.02.2023
Hajmi71.76 Kb.
#1222653
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-Glossariy

Axborot savodxonligi – muammolarni tahlil qilish va qarorlar qabul qilish maqsadida axborotni olish, tushunish, moslashtirish, yaratish, saqlash va taqdim etish uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalar (bilimlar, ko‘nikmalar va qarashlar) majmui. Ushbu kompetensiyalar har qanday ta’lim doirasida, o‘quv va kasbiy muhit yoxud o‘z ustida ishlab malakasini oshirish jarayoniga taalluqlidir.
Blog odatda bir kishi tomonidan yuritiladigan veb-sayt. Blogda voqealar
sharhi, ularning tafsiloti, fotosurat yoki videolar e’lon qilinadi. Blogga kirgan insonlar undagi materiallarga o‘z munosabatini yozib qoldirishi mumkin, ammo blogni faqat uning egasigina tahrir qila oladi. Blogni ba’zida elektron yoki “jonli jurnal” deb ham ataydilar.
Bozormahsulotlarga talab, narx va taklif shakllanuvchi, mahsulot aylanmasining sohasi. Bozor faoliyati ikkita asosiy qonuniyatga bo‘ysunadi: narx qonuniyati va talab qonuniyati.
Brend sifatni kafolatlovchi mashhur savdo belgisi. Odatda bir brendni boshqasidan ajratib olish uchun logotip yoki ramzdan foydalaniladi. Coca-Cola va Nike brendlarga yorqin misol bo‘la oladi.
Vikipediya (Wikipedia) onlayn ensiklopediya. Mazkur kontentni tahrir qilishda tarmoqning har bir foydalanuvchisi ishtirok etishi mumkin. Vikipediyada giperhavolalar bilan bog‘langan ko‘plab veb- sahifalar mavjud. Bu sahifalar o‘z ichiga turli axborot, sharh va izohlarni, voqealar tafsilotini, hujjatlarni va b. olgan.
Gazeta (jurnal, radio- yoki televidenie)da kampaniya – ma’lum bir mavzu yoki muammoni OAVda bir necha haftadan bir necha oygacha bo‘lgan uzoq vaqt mobaynida maqsadli ravishda yoritib borish. Masalan, siyosiy yoki iqtisodiy kampaniya boshlanishining eng qulay vaqtini, davomiyligini, kulminatsiya nuqtasini va yakunlanish paytini aniqlashni talab etadi.

Download 71.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling