Glossariy akt


Download 71.76 Kb.
bet5/9
Sana22.02.2023
Hajmi71.76 Kb.
#1222653
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-Glossariy

Ma’naviy ishlab chiqarish u ishlab chiqarishning o‘ziga xos shakli bo‘lib, insonlarning keng ko‘lamdagi ma’naviy ehtiyoj va manfaatlarini qondirishga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Ma’naviy ishlab chiqarishga, masalan, kinoni va kino ishlab chiqarishni, turli badiiy mahsulotlar yaratish bilan bog‘liq faoliyatni (rang, tasvir, musiqa va adabiyot) hamda jurnalistikani kiritish mumkin.
Marketing axborot bozorida maksimal foyda olish maqsadida axborot industriyasi ishlab chiqargan mahsulotlarni taqsimlash va sotish sohasidagi tijorat faoliyati. Axborot bozorining ehtimoliy hajmini, gazeta-jurnal, teleradiodastur, axborot byulleteniga bo‘lgan ehtiyoj va talablarning mazmuni va hajmini belgilash, axborot mahsulotlarining tarqatilishi hududini, ularni bozorga yetkazish imkoniyatlarini, shuningdek, bozorga chiqish vaqtini aniqlashni nazarda tutadi. Bozorni o‘rganish va taxmin qilish asosida aniq iste’molchilarning ehtiyojini qondirish va daromad olishga mo‘ljallab mahsulot ishlab chiqarish, sotishni tashkil qilishning, eksport qiluvchi korxonaning ichki va tashqi muhitini o‘rganishning, marketing dasturi asosida bozorda faoliyat olib borishning strategiya va taktikasini ishlab chiqish tizimi. Marketing ijodiy boshqaruv faoliyatining bir turi bo‘lib, u iste’molchilarning ehtiyojini o‘rganish, ularni qondirish uchun tadqiqotlar va ishlanmalarni yo‘lga qo‘yish vositasida ishlab chiqarish va savdoni kengaytirish hamda bandlikni oshirishga ko‘maklashadi. Marketing ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan mahsulot va xizmatlarni sotish imkoniyatlarini o‘zaro bog‘laydi, iste’molchiga ko‘p miqdorda mahsulot sotish orqali daromad olish uchun zarur bo‘lgan butun faoliyatning xarakteri, yo‘nalishlari va ko‘lamini asoslab beradi.
Marketing kampaniyasi aniq bir OAV kanali faoliyatini yuritish uchun ahamiyatli bo‘lgan axborot bozorining barcha jihatlarini o‘rganish, uning istiqbollarini, maqsadli auditoriyasining o‘ziga xosligini, bozordagi raqobat muhitini va boshqa jihatlarni aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar majmui. Bunday kampaniyaning bosh maqsadi – mazkur OAV kanalining bozordagi mavqeini mustahkamlash, uning ta’sischi va rahbarlariga ko‘proq daromad olishda ko‘maklashishdan iborat. U tahririyat noshirlik marketingining keng ko‘lamli va eng samarali usuli hisoblanadi.

Download 71.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling