Glossariy “avesto”


BARKAMOL - kamolga etgan. DIN


Download 32.78 Kb.
bet2/8
Sana02.01.2022
Hajmi32.78 Kb.
#187367
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu glossariy

BARKAMOL - kamolga etgan.

DIN –muayyan insonlar guruhining Borliq Haqiqati haqidagi (odatda ilohiy vahiyga asoslangan) tasavvurlari, ularga qat’iy ishonchi, shu ishonchga muvofiq amal qilishga intilishi. Dinning botiniy va zohiriy jihatlari mavjud bo‘lib, botiniy jihati imon, zohiriy jihati ibodat-lardir. Imon masalasi din va ma’naviyatning umumiy jihati bo‘lib, diniy imon ma’naviyatning muayyan jihatiga nisbatan xususiy holdir.

JADIDCHILIK HARAKATI - milliy mustaqillik uchun kurashning jadidlar olg‘a surgan madaniy–ma’rifiy yo‘nalishi bo‘lib, bu yo‘lning fidoiylari ishni “usuli jadid” maktablari ochish, ularga mos darslik va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlab nashr etish, “darsxonai ibrat” hisoblangan milliy teatr va milliy dramaturgiyani shakllantirishdan boshlab, asta-sekin keng ko‘lamli siyosiy va iqtisodiy mustaqillik uchun kurash (“Turkiston muxtoriyati”), milliy ma’naviy merosdan ajralmagan holda yangi davr saviyasiga muvofiq ilm-fan asoslarini ishlab chiqish, ilg‘or jahon ilmi darajasida fikrlovchi milliy ziyolilar qatlamini tarbiyalab etkazish vazifalarini barcha to‘sqinliklar va qarshiliklarga qaramay dadillik va izchillik bilan amalga oshirib borishga erishdilar va ushbu sobitqadam intilishga butun borliqlarini baxsh etdilar. Ularning urinishlari behuda ketmadi, sho‘rolar davrida ham millat fidoiylari qaramlik sharoitining butun murakkabliklariga qaramay, ushbu yo‘lni imkon darajasida rivojlantirib bordilar, mustaqillik davriga kelib esa bu ulug‘ an’analar bor bo‘yi bilan qad rostlab, jahoniy miqyos kasb etdi.


Download 32.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling