Glossariy “avesto”


Download 32.78 Kb.
bet6/8
Sana02.01.2022
Hajmi32.78 Kb.
#187367
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu glossariy

MA’RIFAT - ma’naviy kamolot yo‘li, insonning ko‘ngil ko‘zgusini sayqallash jarayoni, ya’ni har bir insonning butun ongli hayoti davomida o‘zligini anglash, o‘zining Borliq haqiqatiga nisbatini aniqlash va o‘z ruhini Borliq haqiqati bilan uyg‘unlashtirib borish yo‘lidagi harakati.

MILLATNING MA’NAVIY KAMOLOTI - uning butun tarixi davomida yuz beradi, u ba’zan shiddat bilan yuksalib borsa, ba’zan ma’lum darajada tanazzulga yuz tutishi, unda ba’zan asrlar kunlarga, va aksincha, kunlar asrlarga teng bo‘lishi mumkin. Ma’naviy takomil jarayonining o‘ziga xosligi shundaki, agar tarix hodisalari, shaxslar, voqealar o‘tkinchi bo‘lsa, moddiy madaniyat unsurlari vaqt o‘tishi bilan emirilsa, ma’naviyat esa yuksalib, boyib, tobora kengroq ko‘lam va www.ziyouz.com kutubxonasi 33 teranroq mazmun kasb etib boraveradi. Millatning aksariyati ma’naviy tanazzulga yuz tutgan fojeiy sharoitlarda ham milliy ma’naviyat yo‘qolmaydi, ko‘lam va mazmunda o‘zi etishgan kamolot bosqichini yo‘qotmaydi.


Download 32.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling