Glossariy “avesto”


Download 32.78 Kb.
bet3/8
Sana02.01.2022
Hajmi32.78 Kb.
#187367
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu glossariy

JAHON MADANIYATI - turli o‘lka va mintaqalarning o‘ziga xos madaniyatlari majmuidan iborat bo‘lib, mavhum bir shakldagi umuminsoniy madaniyat hayotda asli mavjud emas. Insoniyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida avval muayyan kichik jamoalar doirasida shakllangan madaniyat unsurlari bora-bora kengroq miqyos kasb etib, turli elat va millatlar, mintaqalar madaniyati darajasiga ko‘tarilib bordi va nihoyat YAngi davrga kelib yaxlit bir voqelik sifatida idrok etila boshladi.

IBRAT MA’RIFATI - milliy ma’naviyatimizga xos ma’rifat yo‘llaridan biri, el-yurt ehtiromiga sazovor ulug‘ bir insonning yashash tarzi, e’tiborga loyiq xatti harakatlaridan namuna olib, hayotda ularga rioya qilish.

ILM – shaxs ma’naviyatining muhim tarkibiy jihati va milliy ma’naviyatimizga xos ma’rifat yo‘llaridan biri, Borliq haqiqatini anglab etishda bilimga, aql va tafakkurga tayanish. Ilm nuri bilan yorishmagan e’tiqod “taqlidiy imon” hisoblanadi va takabburlik bilan birlashsa, aqidaparastlikka olib boradi.

IMON – shaxs ma’naviyatining muhim tarkibiy jihati, o‘zi anglab etgan va to‘g‘ri deb bilgan Borliq haqiqatiga samimiy e’tiqod. Imone’tiqod ma’naviyatning o‘zak tomiri bo‘lib, shaxs ma’naviyati imondan boshlanadi. Xalqimiz tilida “imonsiz” degan so‘z eng og‘ir haqorat sanalishi bejiz emas.

ISLOM DINI – Muhammad (sav)ga vahiy orqali nozil bo‘lgan Allohning oxirgikitobi Qur’oni karimda va Payg‘ambarimizdan etib kelgan sahih hadislarda o‘z ifodasini topgan e’tiqod tizimi.


Download 32.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling