Glossariy avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi (aat)


Download 202 Kb.
bet4/25
Sana06.05.2023
Hajmi202 Kb.
#1436040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
ГЛОССАРИЙ

Axborot tarmog’i – aloqa tizimlarida kompyuter-larning bir biri bilan bog’lanishi.
Axborot texnologiyasiob’ekt (axborot mahsuloti)ning holati, jarayon yoki hodisaning yangi xususiyati to’g’risi-dagi axborot olish uchun ma’lumotlarni to’plash, ularga ishlov berish va uzatish vositalari hamda usullari majmuidan foydalaniladigan jarayon, boshqacha aytganda, axborotlarni yig’ish, uzatish, to’plash, qayta ishlash, saqlash, taqdim etish va foydalanish uslublari va usullari tizimi; uning maqsadi – axborot ishlab chiqarish bo’lib, uni tahlil etish va uning asosida biror bir harakatga qo’l urish uchun tegishli qaror qabul qilish.
Axborot texnologiyasi faniaxborotlarni jamlash, saqlash, uzatish va shu jarayonlarni amalga oshiruvchi texnik vositalarni ishlatishni o’rgatuvchi fan.
Axborot tizimibelgilangan maqsadga erishish uchun axborotlarni shakl va mazmuniga ko’ra turlarga ajratish, ularni saqlash, izlash va qayta ishlash printsiplari, qayta ishlashda qo’llaniladigan usullar, shaxslar hamda vositalar (odam-kompyuter)ning o’zaro bog’langan majmui.
Axborot tiliaxborot izlash va mantiqiy axborot tizimlarida semantik axborotni, fakt va ma’lumotlarni tavsiflash maqsadida (masalan, ularni EHM yordamida qayta ishlash uchun) foydalaniladigan sun’iy til.
Axborot xavfsizligi axborot sohasida ma’lumotlarni yo’qotish va o’zgartirishga yo’naltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan har qanday tashuvchilarda (shaxs, jamiyat va davlat manfaat-lari miqiyosida) axborotning himoyalanganlik holati.
Axborot egasi - qonunda yoki axborot mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Axborotga ishlov berishtexnologik jarayoni belgilan-gan ketma-ketlikda bajariladigan operatsiyalar majmui bo’lib, bundagi operatsiyalar: dastlabki axborotni to’plash, birlamchi ishlov berish va ro’yxatga olish (birlamchi tashuvchilarda qayd qilish); ma’lumotlar va abonent-larning so’rovlarini aloqa kanallari bo’yicha uzatish; ma’lumotlar va so’rovlarni qabul qilish va hisobga olish; qabul qilingan axborotning ishonchliligini nazorat qilish va xatolarini bartaraf etish; ma’lumotlarni tashuvchi mashinalarga ko’chirish va ko’chirishning to’g’riligini nazorat qilish; ma’lumotlarni EHMga kiritish kiritish to’g’riligini nazorat qilish; ma’lumotlarga mashina ichida ishlov berish va chiqish axborotini tuzish; chiqish hujjatlarini tayyorlash va ularni foydalanuvchiga uzatish.

Download 202 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling