Glossariy avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi (aat)


Download 202 Kb.
bet6/25
Sana06.05.2023
Hajmi202 Kb.
#1436040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
ГЛОССАРИЙ

Axborotni o’zgartirish — axborotni qo’lga kiritib, uni o’zgartirish.
Axborotni himoyalash axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari: shaxs, jamiyat va davlat-ning axborot sohasidagi xavfsizligiga tahdidlarning; axborotning maxfiyligini ta’minlash, tarqalishi, o’g’irlanishi, yo’qotilishining; axborotning buzib talqin etilishi va soxtalashtirilishining oldini olish.
Axborotni himoyalash tizimi axborotning zaif to-monlarini kamaytiruvchi va axborotga ruxsat etilmagan kirishga, uning chiqib ketishiga va yo’qotilishiga to’s-qinlik qiluvchi tashkiliy, texnik, dasturiy, texnologik va boshqa vosita, usul va choralarning kompleksi.
Autentifikatsiya foydalanuvchi yoki axborotning haqiqiy ekanligi kafolati.
Bayonnoma (protokol)kompyuterlar orasida ma’lumot-larni uzatish tartibi va formatini belgilovchi qoidalar majmui.
Baytxotiraning eng kichik birligi bo’lib, sakkizta informatsion ikkili raqamlardan (8 bitdan) iborat.
Beysik (BASIC, ing. boshlovchilar uchun universal programmalashtirish tili)hisoblash algoritmlarini yozish uchun qo’llaniladigan algoritmik til.
Belgili malumotalifbo raqamli belgilar maj-muidan iborat ma’lumot turi.
Bilimlar bazasianiq bir fan sohasida to’plangan bilimlarni kompyuterda tasvirlash, murakkab vazifalar yechimini topish uchun tahlil va xulosalarni yuzaga keltiruvchi, qayta ishlangan axborotlarni saqlashga mo’l-jallangan modellar, qoidalar va omillar (ma’lumotlar) ning majmui bo’lib, u asosiy ekspert tizimi sanaladi.
Bilimlar bazasini boshqarish tizimima’lumotlar bazasini yaratish, yuritish va foydalanishga mo’ljallangan dastur va til vositalari majmui.
Billing tizimitelekommunikatsiya operatorlari tomonidan abonentlarga hisob-varaqlar taqdim etish va boshqa xizmat yetkazib beruvchilar bilan o’zaro hisob-kitoblar uchun ishlatiladigan har bir mijoz uchun aloqa xizmatlarining qiymatini hisoblaydigan va barcha tariflar va boshqa qiymat tavsiflari to’g’risidagi axborotni saqlaydigan tizim; ularning bajaradigan operatsiyalar tsikli billing deb ataladi.

Download 202 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling