Glossariy Folklor
Nasihat – Yaxshi yoʻlga solish, taʼlim berish maqsadida aytilgan gap; maslahat, pand, oʻgit. Axloq –
Download 36.84 Kb.
|
Glossariy
Nasihat – Yaxshi yoʻlga solish, taʼlim berish maqsadida aytilgan gap; maslahat, pand, oʻgit.
Axloq – kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga boʻlgan munosabatlarida namoyon boʻladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui. Qarash - maʼlum nuqtayi nazardan yondashish.Bola tarbiyasiga boʻlgan qarash deyilgani maʼqul. Ifoda – Bildiruvchi, aks ettiruvchi nutq birligi: soʻz, ibora. Aks ettiruvchi yoki mujassamlantiruvchi belgi, holat, ramz. Biror matematik bogʻlanishni bildiruvchi formula. Mazmun - falsafiy tushunchalar. Mazmun narsalarni aynan shu narsa sifatida ifodalovchi muhim element va oʻzgarishlarning yigʻindisidir. Ma’rifat – kishilarning ongini, bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan taʼlimtarbiya. U tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli bilimlar, maʼlumotlar majmu-asini ham bildiradi. Masal - (arab. — namuna, misol) — didaktik adabiyot janri. Taʼlimiy harakterdagi, aksariyat kichik sheʼriy, baʼzan nasriy shakldagi asar Majoziy ma’no - Soʻz yoki iboraning oʻz maʼnosidan boshqa, koʻchma maʼnoda ishlatilishi va shunday maʼnoda ishlatilgan soʻz, ibora; metafora; allegoriya. Demak, lugʻaviy maʼnosiga koʻra metafora Sharqda qoʻllangan majoz — koʻchim iborasiga mos keladi. Ĝoya – inson tafakkurida vujudga keladigan, jamiyat va olamlarni maqsad sari yetaklayligan fikr. Unda olamni bilish va amaliy oʻzgartirish maqsadlari. U.targa erishish yoʻllari va vositalari mujassam boʻladi. Namuna – oʻrnak, ibrat. 1. Bir turdagi narsalarning shu narsalar xaqida tasavvur bera oladigan bir nusxasi, boʻlagi, donasi. 2. Oʻrnak boʻla oladigan, ibrat olsa, er-gashsa arziydigan shaxe yoki narsa; ibrat, oʻrnak. Hikoya – Hikoya, hikoya (hayoliy yoki real odamlar va voqealar haqida hikoya)Qisqa hikoya, odatda bitta o’tirishda o’qilishi mumkin bo’lgan nasriy fantastika. Rivoyat – voqea va hodisalarni, inson faoliyatini baʼzan uydirmalar vositasida, baʼzan real tasvirlovchi ogʻzaki hikoya; folklor janri. Mif – (yunoncha. Mithos — afsona, rivoyat, asotir) — qadimgi odamning borliq olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui boʻlib, koinotning yaratilishi, inson, oʻsimliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo boʻlishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, maʼbudlar va ilohlar toʻgʻrisidagi eʼtiqodiy qarashlarni oʻz ichiga olgan. Lirika - (yunoncha „Cholgʻu asbobi“ degan maʼnoni anglatadi) adabiy tur sifatida qadimdan rivojlanib, oʻzining bir qator xususiyatlariga egadir. Lirikaning bosh obrazi lirik qahramon hisoblanadi. Lirikada lirik qahramonning ichki dunyosi birinchi oʻrinda turadi. Maqol – xalq ogʻzaki ijodi janri; qisqa va loʻnda, obrazli va obrazsiz, grammatik va mantiqiy tugallangan maʼnoli hikmatli ibora, chuqur mazmunli. Muayyan aniq shaklga ega. Kinoya – uslubiy vosita; maʼqullagandek yoki rizo bergandek boʻlib, rad etish, istehzoli kulish. K.da soʻz yoki ifoda nutkda asl maʼnosiga teskari, hatto uni rad etuvchi mazmun kasb etadi. K. Uslubiy vosita sifatida majoziy soʻzlar orqali piching va istehzoni ifodalaydi. Download 36.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling