Glossariy soʻzlashuv uslubi


Download 12.86 Kb.
bet2/4
Sana25.10.2023
Hajmi12.86 Kb.
#1721775
1   2   3   4
Bog'liq
glossariy1

Antonimlarning uslubiy qoʻllanishi- oʻzaro zid ma`noli soʻzlar antonimlardir. Antonimlar ikki soʻz orasidagi tushunchalarning qarama-qarshiligi asosida yuzaga keladi.
Ot turkumiga xos uslubiy xususiyatlar
1. Kelishik qoʻshimchalarining uslubiy xususiyatlari.
Kelishik qoʻshimchalari oʻzaro almashib qoʻllanishi mumkin:
1) ni va dan qoʻshimchalari almashib qoʻllanishi mumkin: Qani, oshdan (ni) oling, mehmon.
2) ni va ga qoʻshimchalari almashib qoʻllanishi mumkin: Gapingizga (gapingizni) tushunmadim.
3) ni va da qoʻshimchalari almashib qoʻllanishi mumkin: Dalani (da) aylandim.
4) –ning va –dan qoʻshimchalari almashib qoʻllanishi mumkin: kelganlarning biri – kelganlardan biri.
5) kelishik qoʻshimchalari va koʻmakchilar almashib qoʻllanadi:
a) ga qoʻshimchasi oʻrnida uchun koʻmakchisi qoʻllanadi: Ukamga oldim – Ukam uchun oldim.
b) da qoʻshimchasi oʻrnida bilan koʻmakchisi qoʻllanadi: Xatni qalamda yozdi – Xatni qalam bilan yozdi.
v) dan qoʻshimchasi oʻrnida orqali koʻmakchisi qoʻllanadi: Xabarni radiodan eshitdik – Xabarni radio orqali eshitdik.
g) ni qoʻshimchasi oʻrnida haqida koʻmakchisi qoʻllanadi: Akasi kelganini gapirdi – Akasi kelgani haqida gapirdi.
2. Egalik qoʻshimchalarining uslubiy xususiyatlari.
1) otlarda qoʻllangan egalik qoʻshimchasi qaratqich kelishigi qoʻshimchasining mavjudligini, qaratqich kelishigi qoʻshimchasi esa egalik qoʻshimchasining mavjudligini koʻrsatib turadi: maktab hovlisi, bizning maktab.
2) egalik (qarashlilik ma’nosi) –niki qoʻshimchasi yordamida ham ifodalanishi ham mumkin, faqat bu qoʻshimcha shaxs-son koʻrsatmaydi: Bizning maktab – maktab bizniki.
3) qaratqichli birikmalarda shaxs almashib qoʻllanishi ham mumkin: Mening uyim shu erda – Kaminaning uyi shu erda.

Download 12.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling