18. Muzlik yotqiziqlari yoki morenalar - muzliklar keltirib aralash holda yotqizilgan gil, qum, qirrali va silliqlangan shag’al toshlardan iborat jinslardir. Ularda ko’proq, sertosh va botqoqlangan tuproqlar hosil bo’ladi.
19. Flyuvioglyatsial yoki muzlik suvlari yotqiziqlari - muz suvlarining kuchli oqimi bilan bog’liq. Bu oqimlar o’z yo’lida uchragan morenalar va boshqa xil yotqizgan bo’ladi. Muzliklar atrofida asosan yumaloqlangan yirik shag’al va yirik qum, qumoqlar to’planadi.
20. Eol yotqiziqlari - shamolning turli tog’ jinslari zarrachalarini uchirib olib ketishi va yotqizishi natijasida hosil bo’ladi.
Shamol faoliyati, ayniqsa quruq iqlimli cho’l zonasida kuchli bo’lib, qum barhanlari, qum tepachalari, gryada qumlari va mo’’tadil iqlimli dengiz qirg’oqlari hamda daryo vodiylarida o’ziga xos qum tepalari-dyunalar shaklidagi relьeflar yuzaga keladi.
21. Lyoss va lyossimon yotqiziqlar - Bularga lyoss va lyossimon qumoqlar kabi o’ziga xos qator belgilari bilan ajralib turadigan to’rtlamchi davr yotqiziqlari kiradi.
O’rta Osiyodagi to’rtlamchi davr jinslari orasida agroirrigatsiya yotqiziqlari alohida o’rin tutadi. Bu jinslarning hosil bo’lishi sug’orib dehqonchilik qilinadigan sharoitda insonlar faoliyati bilan bevosita bog’liq qadimgi sug’orilib kelinayotgan (Zarafshon va Farg’ona vodiysi, Xorazm, Murg’ob va Tajan) vohalarida sug’orish suvidagi loyqalarning yerga o’tirishidan, go’ng, paxsa devorlari kabilar solingan maydonlarda 2-3 metrgacha qalinlikdagi yotqiziqlar hosil bo’lgan va ularda o’ziga xos voha tuproqlari shakllanadi.
22. Mexanik tarkibining ahamiyati - Mexanik tarkibi tuproqning eng muhim fundamental xossalari va unumdorligini belgilovchi asosiy ko’rsatkichlaridan biri bo’lib, birinchi navbatda uning agronomik ahamiyati kattadir. Tuproqning suv o’tkazuvchanligi, nam sig’imi kabi xossalari hamda havo-suv, issiqlik kabi rejimlari mexanik tarkibi bilan bevosita bog’liq bo’lib, sug’orish va zax qochirish melioratsiyasida bu ko’rsatkichlar muhim rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |