Glossariy Tuproq quruqlikning tabiiy tarixiy jarayonlarda o’zgargan yuza, g’ovak, unumdor qatlami. Gumus


Qora tuproqlarning kelib chiqishi -


Download 22.71 Kb.
bet4/6
Sana07.02.2023
Hajmi22.71 Kb.
#1173124
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Glossariy

23. Qora tuproqlarning kelib chiqishi - qora tuproqlar zonasi Rossiyaning asosiy g’allachilik o’lkasi bo’lganligi sababli, aksariyat olimlarning tadqiqotlari ham ana shu tuproqlarda olib borilgan. V.V.Dokuchaev qora tuproqlarni har tomonlama va batafsil o’rganib «Rus qora tuproqlari» (1883) asarini yaratdi va unda qora tuproqlarning paydo bo’lishi haqidagi qator yangi ilmiy g’oyalarni bayon qildi.
24. O’rmon-dasht zonasining qora tuproqlari - O’rmon-dasht zonasining qora tuproqlari: podzollashgan, ishqorsizlangan va tipik qora tuproqlardan iborat bo’lib, maydoni 60,3 mln. gektarni tashkil etadi.
25. Podzollashgan qora tuproqlar - Bu tipchadagi qora tuproqlarning morfologik belgilaridagi eng muhim farq - ular gumusli gorizontida podzollanish jarayonining qoldiq alomatlarini ifodalovchi kremnezyomning kukunsimon, oqish sochilmalarining bo’lishidir.
26. Ishqorsizlangan qora tuproqlar - Bu tuproqlarning podzollashgan qora tuproqlardan farqi, uning gumusli gorizontida kremnezyomning kukunsimon sochilmalari bo’lmasligidir. A- gorizonti to’q tusli sur yoki qoramtir rangli bo’lib, g’ovak quvushmali donador yoki donador-uvoqli strukturaga ega. qalinligi 30-40 dan 40-50 sm gacha va undan pastda 70-80 sm qalinlikdagi V gorizonti joylashgan.
27. Tirik qora tuproqlar - Odatda chuqur gumusli (9-120 sm va undan ortiq) profilga ega va gumusli gorizontiga karbonatlar mitsellasi yoki ohak naychalari holidagi yangi yaralmalarning bo’lishi bilan xarakterlanadi. Karbonatlar ko’pincha 60-70 sm chuqurlikda joylashadi. Morfologik jihatdan batafsilroq xarakterlash maqsadida gumusli A gorizonti o’zining rangiga ko’ra 2 gorizontchaga: AV1 va V1 ga ajratiladi.
28. Oddiy qora tuproq - A-gorizonti 30-40 sm bo’lib, to’q tusli-suv yoki qora rangli, yaxshi ifodalangan donador va uvoqli-donador strukturali. Bu gorizont asta-sekin, qo’ng’ir tusli yoki to’q sur tusli va uvoqli, uvoqli-prizmagik strukturaga ega bo’lgan, V1- gorizontiga o’tadi. Oddiy qora tuproqlarda gumusli qatlam qalinligi, ko’pincha 65-80 sm ni tashkil etadi.

Download 22.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling