Go‘sht konservalari olishda qo‘llaniladigan xom-ashyolar va ularning tavsifi
Go‘sht konservalarining assortimenti ularni tamg‘alash va saqlash
Download 27.16 Kb.
|
Go‘sht konservalari texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Go‘sht konservalarining assortimenti ularni tamg‘alash va saqlash
Go‘sht konservalari xom ashyoning turiga, texnologiyasi, tarkibi, issiqlik ishlovi berish tempraturasi, mo‘ljallanganligi va iste’mol qilish usullariga qarab guruhlanadi. Xom ashyosining turiga qarab go‘sht konservalari mol, qo‘y, cho‘chqa, buzoq va boshqa mollarning go‘shtidan, tovuq, kala-pocha mahsulotlaridan tayyorlangan konservalar va go‘sht-o‘simlik mahsulotlari konservalariga bo‘linadi. O‘simlik mahsulotlari sifatida dukkakli donlar, sabzavotlar va makaron mahsulotlaridan foydalaniladi. Ishlov berish xarakteriga qarab go‘sht konservalari dastlab tuzlangan xom ashyodan tayyorlangan, maydalanmagan xom ashyodan, maydalangan xom ashyodan, obdon maydalangan xom ashyodan, dastlabki issiqlik ishlov berilgan xom ashyodan tayyorlangan kabi turlarga bo‘linadi. Tarkibi bo‘yicha konservalar o‘z sardagida tayyorlangan natural konservalar, faqat tuz va ziravorlar qo‘shilgan, tomat sousi qo‘shilgan, jeleli kabi konserva turlariga bo‘linadi. Issiqlik ishlovi berilishga qarab go‘sht konservalari pasterizatsiya qilingan va sterilizatsiya qilingan kabi turlarga bo‘linadi. Mo‘ljallanganligiga qarab esa go‘sht konservalari gazakbop, ovqatbop, parhez va bolalarga mo‘ljallangankabi konserva turlariga bo‘linadi. Konservalar qizdirib va qizdirmasdan ovqatga ishlatiladigan konservalar deb ham guruhlanishi mumkin. Go‘sht konservalarini 00 S dan 150S gacha haroratda va havoning nisbiy namligi 75 % dan ortiq bo‘lmagan sharoitda 1 yilgacha qilib belgilangan. Ba’zi bir konservalar uchun esa, davlat rezervlari uchun 3 yilgacha qilib belgilangan. Adabiyotlar: O’zlem Tokuso’g’lu. Barry G.Swanson. «Inproving Food Quality with Novel Food Processing Technogies». Edited by.Taylor end Francis Group. 2015. p. 485. Food and raw materials. Kemeraovo institute of food science and texnology. 2015, p. 145. Vasiyev M.G‘., Dadayev Q.O. va boshqalar. Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari. –T.: “Voris-Nashriyot”, 2012. - 400 b. 4.Yo’ldoshev N., Kadirxodjayeva N. Ishlab chiqarish tehnologiyalari. Darslik. 2014yil.- 350 bet. Adizov R.T., G‘afforov A.X. Xusenov S.Y. Donni tozalash va maydalash texnologiyasi. –T.:” TURON-IQBOL” nashriyoti, 2006. -184 b. Amonova Z.M. Sut va sut mahsulotlari texnologiyasi. –T.: Cho‘lpon, 2004. 132 b. Boboyev S.D., Adizov R.T., Ergasheva X.B. Omixta yem ishlab chiqarish.-T.: O‘zbekiston, 2003. -280 b. Download 27.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling