Go‘sht, parranda, va ularni kimyoviy tarkibi va ozuqlik qiymati. Go‘sht va go‘sht mahsulotlari. Go‘shtning kimyoviy tarkibi, oziqlik qiymati


Hayvonlarda uchraydigan kasalliklar


Download 28.51 Kb.
bet5/8
Sana15.06.2023
Hajmi28.51 Kb.
#1478804
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Goʻsht va goʻsht mahsulotlari ekspertizasi (1)

Hayvonlarda uchraydigan kasalliklar: invazion kasalliklar va infeksion kasalliklarga bo‘linadi.
Invatsion kasalliklarga finnoz va trixinellaz kiradi. Finnoz kasalligi asosan yirik shoxli mollarda va cho‘chqalarda uchraydi. Bu kasalliklarni asosan parazitlar chaqiradi. Go‘sht finnozini oddiy ko‘z bilan ham ko‘rish mumkin. U qo‘ng‘iroq rangli tiniq pufakcha holida bo‘ladi. Shakli ko‘pincha ovalsimon yoki yumaloq bo‘ladi. Finlar tashqi tomondan muloyim biriktiruvchi to‘qima bilan qoplangan bo‘ladi. Qoramollarda finlar asosan yurak, bo‘yin muskullarida, shuningdek muskul tolalari orasida, o‘pkada, yog‘ to‘qimalarida, cho‘chqalarda esa til, yurak, bel muskullarida hamda bosh miyada joylashgan bo‘ladi.
Bunday go‘shtlar iste’mol qilinganda inson oshqozonida uzunligi 2 m dan 10 m gacha bo‘lgan lentasimon qurt-soliter hosil qiladi.
Agar go‘shtning 40 sm2 yuzasida 3 tagacha finlar bo‘lsa kuchsiz zararlangan, 5 tadan ko‘p bo‘lsa kuchli zararlangan go‘shtlar deb ataladi. Kuchli zararlangan go‘shtlar iste’molga yaroqsiz hisoblanadi.
Kuchsiz zararlangan go‘shtlarni muskullari orasida -120C harorat bo‘lgancha sovutib, kuchli tuzlab va 20 kun mobaynida saqlab, uzoq muddat qaynatib iste’mol qilinadi.
Trixinellaz – eng xavfli kasalliklardan sanalib, insonga go‘sht orqali yuqishi mumkin. Trixinellazning chaqiruvchilari trixenallalar hisoblanadi, bu kasallik ko‘pincha cho‘chqalarda uchraydi. Cho‘chqa tanasida trixinellar asosan oyoq diafragmasida uchraydi. Shu sababli trixinellazga tekshiruv o‘tkazilganda cho‘chqaning ikki oyog‘i diafragmasidan namuna olinadi. Shuningdek, trixinellar til, bel, bo‘yin muskullarida uchraydi. Trixinelloskopiya qilinganda 24 kesimidan atigi bitta trixinella topilsa ham, bu go‘sht texnik utilizatsiyaga jo‘natiladi.
Infeksion kasallliklarga sil, brutsellez, kuydirgi va boshqa kasalliklar kiradi.
Sil kasalligi go‘shtga so‘yiladigan hamma chorva mollarida uchraydi. Ko‘pincha molning o‘pkasi sil kasalligiga chalinadi.
Oriq mollarning ichki organlaridan birortasi sil kasalligiga chalingan bo‘lsa, bunday go‘shtlar yo‘q qilib tashlanadi. Molning organlari va to‘qimalari kasallanish darajasining qaysi bosqichida bo‘lishidan qat’iy nazar to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilinmasdan texnik utilizatsiyaga jo‘natiladi.
Mol tanasining semizligi yuqori bo‘lgan holatlarda agar ichki organlardan faqat bittasi silga chalingan bo‘lsa bunday go‘shtlarni 1200C da ishlov berib so‘ngra ovqatga ishlatsa bo‘ladi.

Download 28.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling