“G’ozlar” o’yini


Ilk davridagi bolalar shaxsining rivojlanishi


Download 276.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana02.05.2023
Hajmi276.21 Kb.
#1421096
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Go’daklik davrida psixik rivojlanishda kattalar bilan emotsional muloqotning axamiyati

Ilk davridagi bolalar shaxsining rivojlanishi: Bu davrdagi bolalar asosan o’z xatti 
xarakatlarini o’ylab o’tirmaydilar. Bu xatti –xarakatlar ularning xoxish va hissiyotlari 
asosida bo’ladi. Bu yoshdagi bolalarning xatti –xarakatlari juda o’zgaruvchan bo’ladi. 
Masalan: bolaning yiglashi ham yigidan to’xtashi ham juda oson. Ilk davrda bolada o’z 
yaqinlariga onasi, otasi, buvi-buvalari, tarbiyachisiga nisbatan muxabbat shakllanadi. 
Ilk bolalik davrida bu muxabbat boshqa shaklga o’tadi. Endi bola o’z yaqinlaridan 
maqtov, erkalash olishga xarakat qiladi.Ota-onalar tomonidan bolaning xatti-xarakatlari 
va shaxsiy xususiyatlariga beradigan ijobiy emotsional baxolari ularda o’ziga nisbatan 
o’z layoqat va imkoniyatlariga nisbatan ishonchni shakllantiradi.U o’z ota-onasiga 
nixoyatda qattiq bog’langan bo’lib, intizomli va itoatkor bo’ladi.Ana shu bog’liqlik 
sababli bolaning asosiy extiyojlari qondiriladi, xavotirligi kamayadi.Onasi yonida 
bo’lgan bolalar ko’proq xarakat qiladilar va atrof muxitni o’rganishga intiladilar. Bu 
davrda bola o’z ismini juda yaxshi o’zlashtiradi. Bola doimo o’z ismini ximoya qiladi 
uni boshqa ism bilan chaqirishlariga norozilik bildiradi. Kattalarning bola bilan 
qiladigan muomala –munosabati uni o’zini aloxida shaxs sifatida anglashini 
boshlanishga imkoniyat beradi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan amalga oshadi. 
Kattalarning bola bilan qanday muomala qilishlariga qarab o’z «Men»ini anglay 
boshlashi vaqtliroq yoki birmuncha kechroq yuzaga kelishi mumkin. 3 yoshli bola 
o’zini o’z xoxish va ehtiejlarini qondirishi mumkin bo’lgan manba deb biladi va bu 
uning «Menga bering», «Ko’taring», «Men ham boraman» kabi talablarida 
ko’rinadi.Uch yoshli bolalar o’zlarini o’zgalar bilan taqqoslay boshlaydilar, buning 


natijasida bolalarda o’z-o’zini baxolash vujudga keladi.SHu davrdan boshlab bolalarda 
mustaqil bo’lish extiyoji yuzaga keladi va bu ularning «o’zim qilaman» qabilidagi 
so’zlarida nomoyon bo’ladi. 
3 yosh krizisi: 3 yoshga kelib bola o’zini kattalar bilan taqqoslay 
boshlaydi va kattalar qilishi mumkin bo’lgan (xuquqi bo’lgan), shuningdek ular bajara 
oladigan xarakatlarni qilishni xoxlaydi. «Men katta bo’lsam mashina xaydayman», 
«Men sizga katta tort olib kelaman», «Mening yuzta qo’g’irchog’im bo’ladi» kabi 
xoxishlarini o’z tili bilan ifodalaydi va u kelasi zamonda gapirsa ham o’z barcha 
xoxishlarini bugunoq amalga oshirishga xarakat qiladi. Bu ko’pincha qatoiylik va 
qaysarlik bilan namoyon bo’ladi. Bu qaysarlik asosan kattalarga qaratilgan salbiy xatti-
xarakat bo’ladi. Bola o’zini mustaqil xarakat qila olishini anglagan vaqtdan boshlab 
unda «O’zim qilaman» boshlanadi va bu yana qaysarlik va o’jarlik bilan ko’rinadi. 3 
yosh krizisi bola shaxsining maolum bir darajada rivojlanganligi va kattalar bajaradigan 
xatti-xarakatlarni qila olmayotganini bilishi natijasi hisoblanadi. Krizis davrida yuzaga 
keladigan xususiyatlar iroda, laekatlar va boshkalar uni shaxs bulib shakllanishiga 
tayerlaydi.
Uch yoshgacha bolalar psixik rivojlanishidagi 
asosiy yangilanishlar 

Download 276.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling