“G’ozlar” o’yini


Download 276.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana02.05.2023
Hajmi276.21 Kb.
#1421096
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Go’daklik davrida psixik rivojlanishda kattalar bilan emotsional muloqotning axamiyati

Ilk bolalik davri: Go’daklik davridan so’ng rivojlanishning yangi davri ilk bolalik (1-
3yosh) davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola xayotidagi eng axamiyatli, uning kelgusi 
psixologik rivojini belgilab beruvchi davr xisoblanadi.Bu rivojlanish asosini bolaning 
to’g’ri yurishini, muloqotga kirishini va predmetli faoliyatni egallagani tashkil etadi. 
Tikka va to’g’ri to’g’ri yura olish imkoni bolani bila olishga, doimiy ravishda yangi 
maolumotlarni egallashga olib keladi. Bu yoshdagi bola o’z xatti –xarakatlari jixatdan 
juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishish uchun intiluvchan bo’ladi. 1-3 yosh bola 
shakllanishda psixik rivojlanishning nixoyatda axamiyati kattaligini inobatga olgan 
holda ayrim psixologlar (m-n R.Zazzo) inson tug’ilganidan to yetuklik davrigacha 
bo’lgan psixik rivojining taxminan o’rtalari 3 yoshga to’g’ri keladi degan mulohazani 
beradilar. Bu yoshdan boshlab bolalar predmetlarni o’rganish olamiga kadam 
qo’yadilar. U endi kattalar bilan nutq orqali muomala –munosabatda bo’la oladi va 
elementar ahloq qoidalariga amal qila oladi.Kattalar bilan bo’ladigan muloqot orqali 
bola atrof xayot xaqida boshqa yo’nalishlarga qaraganda 10 xissa ko’proq maolumot 
oladi.Nutq bu yoshda nafaqat muloqot balki tafakkurning rivojlanishi va o’z o’zini 
shuningdek, bilish jarayonlarni boshqarish vositasi bo’lib xizmat qiladi. 
Ilk davridagi bolalrning yetakchi faoliyati predmetlarni o’rganish hisoblanadi. 
Go’daklik davridagi bolalarga nisbatan ilk bolalik davridagi bolalar narsalarga ko’proq 
qiziqish bilan qaraydilar. Agar go’dak bola qo’liga ushlagan narsani oddiy 
xarakatlantirib ko’rsa, 2-3yoshdagi bola shu predmet qismlarini diqqat bilan 
o’rganganidan so’nggina o’z amaliy faoliyatida ishlatadi. Bolani avvalo shu 
predmetning ishlatish vazifasi qiziqtiradi va u o’z savoliga javob olish uchun ko’pincha 
kattalarga «Bu nima?» degan savolni beradi. 3 yosh arafasida predmetlarning 


vazifalarini to’la o’zlashtirgan bolalar o’z o’yinlarida nafaqat shu predmetlardan 
foydalanadilar, balki ularni o’z vazifalariga ko’ra ishlatadilar ham. Predmetli faoliyat 
kirishishibolaning turli layoqatlari va qo’l xarakatlarini rivojlantiradi. Bolaning nutqi u 
to 1,5 yeshga yetgungacha ancha sekin rivojlanadi. Bu davr ichida u 30-40 so’zdan to 
100 tagacha so’zni bila oladi, lekin ularni juda kam qo’llaydi. 1,5 yoshdan boshlab esa 
uning nutqi jadal rivojlanadi. Endi u nafaqat predmetlarning nomini aytishlarini 
so’rabgina qolmay bu so’zlarni talaffuz etishga ham xarakat qiladi. Nutqining 
rivojlanish darajasi juda jadallashadi. 2 yoshning oxirlariga borib bola 300 tagacha, 3 
yeshning oxirlagiga borib esa 500 dan to 1500 tagacha so’zni ishlata oladi. SHuningdek 
so’zlarni ham aniq talaffuz etib, jumlalarni to’g’ri tuza oladilar.

Download 276.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling