“G’ozlar” o’yini
Download 276.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Go’daklik davrida psixik rivojlanishda kattalar bilan emotsional muloqotning axamiyati
Go’daklik davrida psixik rivojlanishda kattalar bilan emotsional muloqotning axamiyati(Emotsional deprivatsiyasining salbiy oqibatlari). Reja: 1.Go’daklik davrida psixik rivojlanishi 2. Kattalar bilan emotsional muloqot 3. Emotsional deprivatsiyasining salbiy oqibatlari Normal sharoitda bolaning dunyoga kelishi onaning farzandi tug’ilishiga psixologik jixatdan tayyor bo’lishidir. Go’daklik davri: (0-1 yosh): Inson o’zining mavjudligi jixatidan uch yo’nalishda talыin etiladi. Bu bolalik tizim, ijtimoiy borliы hamda shaxs sifatidir.. Bola tashыi muxitga moslashishiga maolum darajada tayyor bo’lgan nerv sistemasi bilan tug’iladi. Go’daklik inson hayotidagi organik ijtiyojlarni (kislorodga, ovыatga, issiыga) ыondirishga nisbatan yo’naltirilgan hatti –xarakatlarning tug’ma, instinktiv shakllari sof holda ko’zatiladigan yagona davr hisoblanadi. Insonga hos bo’lgan hatti – xarakatlar, yangi tajribalarini etallash uchun beыiyos imkoniyatlarini borligi go’daklik yoshidagi bolalarning asosiy xususiyatlaridir. Agar organik ehtiyojlar kerakli darajada ыondirib borilsa, ular o’zining asosiy bo’lish ahamiyatini yo’ыotadi: to’g’ri rejim va tarbiya natijasida bola psixik rivojlanishi uchun asos bo’ladigan taassurotga, xarakatga, muloыotga nisbatan yangi hil ixtiyojlar yuzaga keladi. Bola tug’ilishning birinchi xaftasidanoы ko’rish va eshitish sezgilari jadal rivojlanadi. Bola xarakatlanayotgan narsani kuzata boshlaydi. U tovushlarga, jumladan kattalarning toshuvlariga etibor bera boshlaydi. Yangi tug’ilgan chaыaloыning miya og’irligi kattalar miyasining 4/1 ыismiga tug’ri keladi, nerv xujayralar soni esa xuddi kattalarniki kabi bo’lib, lekin ular yetarli darajada rivojlanmagan bo’ladi. Ilk go’daklik bu bolaning ximoyasiz, kamxarakat, xarakat holatidan juda jadal ravishda rivojlanadigan, ыuvnoы bolaga aylanish davridir. U juda tez kattalar bilan munosabat o’rnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan foydalanishga o’rganadi. U atrof olamdagi narsalarni kuzatadi, predmetlarni ыo’li bilan ushlab ularni qandayligini bilishga intiladi, tovushlarga eotibor beradi va predmetlar yordamida shu tovushlarni o’zi yaratishga xarakat qiladi. U o’z onasi va boshqa yaqinlari bilan emotsional munosabatga kirishadi. Go’dak yoshi dagi bola ham jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy jixatdan juda tez rivojlanadi. Juda qisqa vaqt ichida atrofdagi xodisalarga juda kam reaktsiyasi bo’lgan boladan, faol ko’ra oladigan, eshita oladigan, xarakatlana oladigan, yordamga chaqira oladigan, kattalarning yaqin kelishidan quvonadigan bolaga aylanadi. Go’daklik davridagi bolaning hayoti to’liq kattalar bilan qilinadigan emotsional munosabat bilan bog’liq bo’lib bola kayfiyatining yaxshi bo’lishiga to’g’ridan-to’g’ri taosir ko’rsatadi. 4-5 oylikdan boshlab bola o’z yaqinlarini begonalardan ajrata boshlaydi. Kattalar bilan emotsional munosabat shu yoshdagi bolalarning asosiy yetakchi faoliyati bo’lib uning psixik taraqqiyotining asosi bo’lib hisoblanadi. Kattalarning doimiy ravishda bola bilan birga bo’lishi uning o’ziga nisbatan diqqatning qaratilishiga o’rganib qolishi, o’yinchoqlarga nisbatan qiziqishining pasayishiga olib kelishi mumkin. Tarbiyaning to’g’ri olib borilishi bolaning kattalar bilan bo’ladigan muomala-munosabatini predmetlar, o’yinchoqlar bilan munosabatiga almashinishiga olib keladi. Kattalar yordami bilan bajariladigan barcha xatti –xarakatlari bolaning kelgusi psixik rivoji uchun asos bo’ladi. Kattalarning bolaga qilgan emotsional munosabati asosida ularning gaplariga bolaning diqqat qilishi javob qaytarishga xarakat qilishi baozi, so’zlarni yodida saqlab qolib emotsiya bildirishi diqqat, xotira, nutq va boshqa bilish jarayonlarining rivojlanishiga zamin bo’ladi. Ikki oylik vaqtidan boshlab bolada oddiy ranglarni ajratish, 3-4 oyligidan boshlab esa predmetlarning shaklini ajratishi layoqati yuzaga kela boshlaydi. Go’dak bola 2 oylik vaqtidan boshlab, o’z onasining yuzini va ovozini yaxshi biladi.2-3 oylikdan boshlab esa, onasining tabassumi va kulgusiga tabassum va turli xarakatlar bilan javob qaytaradi.3-4 oyligidan boshlab esa, bolalar yaqinlariga o’z xarakatlari bilan ko’rish, eshitish yoki gapirishni xoxlayotganligini ko’rsatadilar. 8 oylikdan boshlab esa, bola begona muxit va begona qo’lga tushsa o’z xavotirini yig’isi orqali nomoyon etadi bu xavotir esa 14-18 oylikga borib asta –sekinlik bilan kamaya boshlaydi. 2-3 oylik bolalarda yuzaga keladigan ushlay olish xarakatlarining shakllantirish ularda predmetlarning shakli va kattaligini idrok qilishlarini rivojlanishiga olib keladi.Bir yoshga yaqin bolada atrof muxitni bilishga qiziqishga va rivojlangan bilish faolligi ko’zga tashlanadi. Download 276.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling