Grammatika


Download 74.29 Kb.
bet1/17
Sana05.05.2023
Hajmi74.29 Kb.
#1429258
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
10-Morfologiya. Ismlar. Ot.





GRAMMATIKA


Grammatika til haqidagi fanning bir qismi bo’lib, u grammatik qurilishni o’rganadi hamda morfologiya va sintaksisdan iboratdir. Morfologiyada so’z turkumlari o’rganiladi. Sintaksisda so’z birikmalari, gap va uning turlari o’rganiladi.
Grammatika atamasi grеkcha grammatikе so’zidan kеlib chiqqan bo’lib, "o’qish va yozish haqidagi bilim" (chiroyli o’qish va yozish san’ati) dеgan ma'noni bildiradi. Morfologiya atamasi grеkcha morfе (shakl) va logos ( fan, ta’limot) so’zlaridan paydo bo’lgan. Sintaksis atamasi grekcha “bog’lash” va “yopishtirish” degan ma’noni bildiradi.


MORFOLOGIYA
Tilshunoslikning bu bo`limida so`zning grammatik ma’nosi va ularni ifodalovchi grammatik shakllar o`rganiladi.
So`z tilshunoslikning ikkita bo`limida o`rganiladi: leksikologiyada va morfologiyada. So`zning borliqdagi ma’lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarni bildirishi uning atash ma’nosi yoki lug`aviy ma’nosi deyiladi. So`zning bunday ma’nosi leksikologiyada o`rganiladi.
So`zlar atash ma’nosi bilan birgalikda ma’lum grammatik ma’no va bu ma’nolarni ifodalovchi shakllarga ham ega bo`ladi. So`zning grammatik ma’nosi so`zning atash ma’nosiga qo`shimcha ma’no bo`lib, bir turkum so`zlar uchun umumiy ma’nodir.
Kitob atash ma’nosi – o`quv quroli
grammatik ma’nosi – predmet, ot so`z turkumi, birlikda, bosh kelishikda…
Har qanday grammtik ma’no ma’lum grammatik shakl orqali ifodalanadi. Grammatik ma’nolarni ifodalovchi shakllar grammatik shakllar deyiladi. Masalan, uzumlarni so`zi «uzum daraxti mevasi», «daraxt» ma’nolari bilan birga «ko`plik», «kelishik» ma’nolariga va bu ma’nolarni ifodalovchi shakllarga (lar, ni) ega. «Uzum daraxti mevasi», «daraxt» ma’nolari bu so`zning atash ma’nosi, qolgan ma’nolar esa grammatik ma’nolaridir. Grammatik ma’no bir turkumga xos so`zlar uchun umumiydir.



Download 74.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling