Grammatika


OTLARNING MA’NOLARIGA KO`RA TURLARI


Download 74.29 Kb.
bet6/17
Sana05.05.2023
Hajmi74.29 Kb.
#1429258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
10-Morfologiya. Ismlar. Ot.

OTLARNING MA’NOLARIGA KO`RA TURLARI:
Bir turdagi predmetlardan birining nomini yoki umumiy nomini bildirishiga ko`ra otlar atoqli otlar va turdosh otlarga bo`linadi.

  1. Atoqli otlar. Bir turdagi predmetlardan bittasini ajratib ko`rsatuvchi. shaxs, narsa yoki joyga atab qo`yilgan otlar atoqli otlar deyiladi: Amudaryo, Zarafshon, Sirdaryo, Nigora.

Atoqli otlar nimani atab kelishiga ko`ra ikki xil bo`ladi: shaxs nomlari va joy nomlari. a) Kishilarga atab qo`yilgan nomlar, ularning ismi, familiyasi, taxallusini bildiruvchi atoqli otlar shaxs nomlari deyiladi: Mir Alisher Navoiy , Yusuf xos Xojib, Mahmud Qoshg`ariy, Hasanali, Erkin Vohidov, Qorbobo, Qorqiz.
!!! Familiyalar shaxs ismidan so’ng otasining ismini qoldirish (Usmon Nosir), otasining ismiga –ov(a), -yev(a) qo’shimchasini qo’shish bilan ifodalanadi (Halima Xudoyberdiyeva)
b) Ma’lum bir geografik hududga atab qo`yilgan nomlar joy nomlari deyiladi: Farg`ona, Xatirchi, Chorsu, Italiya, Markaziy Osiyo, O`zbekiston Respublikasi.
- Mamlakat va o`lka nomlari qo`shma so`z shaklida bo`lganda har bir qism bosh harf bilan yoziladi: Buyuk Britaniya, Amerika Qo`shma Shtatlari, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, O`rta Osiyo.
- Tarkibi turdosh otlarning qo`shilishidan hosil bo`lgan joy nomlari qo`shib yoziladi: Oltiariq, Yettisuv, Oqtosh, Bildirsoy, Qizilqum, Yangiobod, Qumqo`rg`on, Balandmachit, Jiydakapa, Qumqo’rg’on, Beshyog’och, Zirabuloq.
- Tarkibida bo`yi, orti, oldi so`zlari ishtirok etgan joy nomlari qo`shib yoziladi: Orolbo`yi, Kavkazorti.
- Atoqli otlar tashkilot, korxona, muassasa nomlarini ham bildiradi: Sog`liqni saqlash vazirligi, O`zbekiston Oliy Majlisi, O`zbekiston Milliy universiteti, «vahor» kontsert zali, «O`zbekiston» mehmonxonasi, «Sharq gullari» firmasi.

  • xalqaro tashkilot va oliy davlat tashkilotlari va mansablarining nomlari tarkibidagi har bir so`z bosh harf bilan yoziladi: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Oliy Majlisi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Osiyo Taraqqiyot Banki, Xalqaro Olimpiya Qo`mitasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi;

  • vazirliklar. idoralar, tashkilotlar va korxonalar nomi tarkibidagi birinchi so`z bosh harf bilan yoziladi: Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Quvasoy sement zavodi, Toshkent traktor zavodi, O’zbekiston Milliy universiteti, Fanlar akademiyasi,Oliy xo’jalik sudi, Buxoro viloyat hokimligi,Samarqand chinni zavodi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Guliston davlat universiteti ;

  • turli korxonalar, mahsulotlar, inshootlar, transport vositalari kabilarga berilgan shartli nomlar qo`shtirnoq ichida bosh harf bilan yoki birinchi qismi bosh harf bilan beriladi: «Istiqlol» saroyi, “Umid gulshani” oromgohi, “Turkiston” saroyi, “Afrosiyob” mehmonxonasi, “Lazzat” oshxonasi, “Umid” firmasi.

  1. Tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so`z bosh harf bilan yoziladi: 8 mart – Xalqaro xotin qizlar kuni, 9 may – Xotira va qadrlash kuni, 21-mart – Navro’z bayrami, 1-oktabr – Ustozlar va murabbiylar kuni.

  2. Suv havzalari va inshootlari nomlari tarkibidagi birinchi so’z bosh harf bilan yoziladi: Zolariq, Chirchiq, Orol, Amu-Buxoro kanali, Tuyabo’g’iz, Shaxrixonsoy, Zarafshon.

Ko’pchilik atoqli otlar turdosh ot yoki boshqa biron so’z turkumi asosida vujudga kеladi: Po’lat, Go’zal, Sakson ota, Kimsan, Sotiboldi, Avvalbek, Ko’paysin. Ba'zan atoqli otlar turdosh otga aylanishi ham mumkin: ampеr (tok o’lchovi), xosiyatxon (atlas turi), makintosh (kiyim turi).
!!!Atoqli otlarning xususiyatlari:

  • sof ko’plik, grammatik ko’plik ma’nosiga ega bo’lmaydi. Agar –lar ni olsa, grammatik ko’plik emas uslubiy ma’no ifodalaydi: Otabeklar ko’paysin (o’xshatish);

  • atoqli otlar tushun kelishigida hech qachon belgisiz qo’llanmaysi Men Navoiyni berilib o’qidim;

  • atoqli otlarning katta qismi turdosh otlardan hosil bo’lgan: Asal, Rayhon, Lola, Qilich, Juma, Tesha;

  • atoqli otlar sifat (Dilbar, Shirin), son (Yetmishboy, To’qsonboy,Saksonboy), olmosh (Kimsan), fe’ldan (Tursin, Turdi, O’lmas, Sotiboldi, Unsin, Yayra, Yashnar) hosil bo’lgan.





  1. Download 74.29 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling