‘g‘ridan-to‘g‘ri hisoblashga doir masalalar. Nisbiy chastota. Hodisalar yig‘


Ajratib olingan kishilarning hammasi erkak ishchilar boʻlishi ehtimoli


Download 1.04 Mb.
bet7/7
Sana21.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1792795
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 mavzu 2 kurs sirtqi amaliy (4)

Ajratib olingan kishilarning hammasi erkak ishchilar boʻlishi ehtimoli:
Javob:


MISOLLAR.
1. Yashikdagi 10 ta detal orasida 2 tasi nostandart. Tavakkaliga olingan 6 ta detal orasida nostandart detal bittadan ortiq boʻlmaslik ehtimolini toping. J:
3. Kutubxona stilajida tasodifiy tartibda 15 ta darslik terib qoʻyilgan boʻlib, ulardan 5 tasi muqovalidir. Kutubxonachi ayol tavakkaliga 3 ta darslik oladi. Olingan darsliklarning hech boʻlmaganda bittasi muqovali boʻlish (A hodisa) ehtimolini toping. J: .
4. Yashikda 10 ta detal boʻlib, ulardan 4 tasi boʻyalgan. Yigʻuvchi tavakkaliga 3 ta detal oldi. Olingan detallarning hech boʻlmaganda bittasi boʻyalgan boʻlish ehtimolini toping.
5. Birinchi idishda birinchi sortli detallar 30% ni, ikkinchi idishda birinchi sortli detallar 40% ni tashkil etadi. Har bir idishdan bittadan tavakkaliga detallar olinadi. Olingan ikkala detalning ham birinchi sortli boʻlish ehtimoli topilsin.Javob: P=0,12
6. Talaba oʻziga kerakli formulani 3 ta kitobdan izlamoqda. Formulaning birinchi, ikkinchi, uchinchi kitoblarida boʻlish ehtimoli mos ravishda 0,5; 0,9; 0,8 ga teng. Formulaning faqat 2 ta kitobda boʻlish ehtimoli topilsin.Javob;
7. Birinchi merganning nishonga tekkazish ehtimoli 0,6. Ikkinchi merganniki esa 0,8 boʻlsa, oʻq uzilganda faqat bitta merganning nishonga tekkazish ehtimoli topilsin.Javob: P=0,44
8. Ikkita erkli sinovda A hodisaning kamida bir marta roʻy berish ehtimoli 0,75 ga teng. Agar A hodisaning har bir sinovda roʻy berish ehtimoli bir xil boʻlsa, shu ehtimol topilsin.Javob;
9. Birinchi va ikkinchi toʻpdan otilgan oʻqni nishonga tekkizish ehtimollari mos ravishda 0,8 va 0,7 boʻlsa, ikkala toʻpdan oʻq otilganda oʻqni kamida bittasining nishonga tegish ehtimoli topilsin.Javob; P=0,94
10. 80% yengil jinoyat qilgan, qolganlari esa nisbatan ogʻir jinoyat qilgan jinoyatchilar birga joylashgan xonadan tavakkaliga ikki kishi tergovga olib chiqildi. Ikki kishidan birinchisi ogʻir, ikkinchisi esa yengil jinoyatchi boʻlish ehtimoli topilsin.Javob; P=0,32
11. 200 ta mahsulotning 150 tasi birinchi navli, 30 tasi ikkinchi navli, 20 tasi esa yaroqsizdir. Tavakkaliga olingan mahsulotning yo birinchi navli yo ikkinchi navli boʻlish ehtimoli topilsin.Javob; P=0,9
12. Idishda 1,2,3,4,5,6 deb belgilangan 6 ta koptok bor. Tavakkaliga bittadan 3 ta koptok olindi. Birin-ketin 4,5,6 raqamli koptoklar olingan boʻlish ehtimoli topilsin;

  1. Koptoklar idishga qaytarib solinmaydi.

  2. olingan koptoklar idishga qaytarib solinadi.Javob; 1) 2)

13. Taxta yashikda 6 ta detal boʻlib, ularning 4 tasi boʻyalgan. Tavakkaliga 2 ta detal olindi. Olingan ikkala detalning ham boʻyalgan boʻlish ehtimoli topilsin.
Javob; P=0,4
14 .Gruppada 10 ta talaba boʻlib, ulardan 3 tasi oʻlochi talabalardir. Tavakkaliga 2 ta talaba chaqirildi. Shu ikkala talabaning ham oʻlochi boʻlish ehtimoli topilsin.
Javob:
15. Birinchi idishda faqat rangi bilan ajralib turuvchi 5 ta oq, 11 ta qora, 8 ta qizil sharlar bor. Ikkinchi idishda esa 10 ta oq, 8 ta qora, 6 ta qizil xuddi shunday sharlar bor. Ikkala idishdan tavakkaliga bittadan sharlar olindi. Olingan ikkala sharlarning ham bir xil rangli boʻlish ehtimoli topilsin.Javob;
16. Tavakkaliga musbat butun son tanlandi.
1)Shu sonning 2 ga ham, 3 ga ham boʻlinmaslik ehtimoli topilsin
2) Shu sonning 2ga yoki 3 ga boʻlinmaslik ehtimoli topilsin.
Javob: 1) 2)
17. Hamshira oʻziga kerakli dorini 3 ta tokchadan izlamoqda. Dorining birinchi, ikkinchi, uchinchi tokchalarda boʻlish ehtimoli mos ravishda 0,5; 0,8; 0,9 ga teng boʻlsa, izlanayotgan dorining faqat bitta tokchada bor boʻlish ehtimoli topilsin.
Javob; p=0,14
18. Xaridor oʻziga kerakli oyoq kiyimni 3 ta doʻkondan izlamoqda. Poyafzalning birinchi, ikkinchi, uchinchi doʻkonlarda bor boʻlish ehtimoli mos ravishda 0,7; 0,8; 0,6 ga teng. Izlanayotgan oyoq kiyimning faqat 2 ta dokonda bor boʻlish ehtimoli topilsin.Javob; P=0,452
19. 14 - masala shartlarida, izlanayotgan oyoq kiyimning 3 la dokonlarda ham boʻlish ehtimoli topilsin.Javob: P=0,336
20. 10 ta ishchi orasida 3 ta ayol kishi bor. Tavakkaliga ular orasidan 2 ta kishi tanlandi. Shulardan hech boʻlmaganda 1 tasi ayol boʻlish ehtimoli topilsin.
Javob:
21. Ikki mergan nishonga qarata oʻq uzmoqda, bitta oʻq uzishda nishonga tekkazish ehtimoli birinchi mergan uchun0,7, ikkinchisi uchun esa 0,8 ga teng. Bir yoʻla oʻq uzganda merganlardan faqat bittasining nishonga tekkazish ehtimoli topilsin.Javob: P=0,38
22. Idishda 200 ta detal boʻlib, ulardan 150 tasi birinchi nav, 30 tasi ikkinchi, 16 tasi uchinchi nav va 4 tasi yaroqsizdir. Tavakkaliga olingan detalning birinchi yoki ikkinchi nav boʻlish ehtimoli topilsin.Javob; P=0,9
23. Oilada 3 ta farzand bor. Agar qiz bola va oʻgʻil bola tugʻilish ehtimollarini teng deb olsak, oilada uchala farzand ham qiz bola boʻlish ehtimoli topilsin.
Javob;
24. Birinchi va ikkinchi toʻpdan oʻq uzganda nishonga tekkazish ehtimoli mos ravishda 0,8 va 0,7 ga teng. Bir yoʻla 2 ta toʻpdan oʻq uzganda kamida bittasining nishonga tekkazish ehtimoli topilsin.Javob; P=0,94
25. Idishda 4 ta oq, 3 ta qizil va 8 ta koʻk rangli bir xil oʻlchovli sharlar bor. Idishdan tavakkaliga olingan sharning rangli boʻlish ehtimoli topilsin.
Javob;
Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling