Grosheva I. V djanpeisova g. E,, Mikailova u. T, Ismailova m. A, Kenjabayeva d. A


II bob. MAXSUS MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA AQLI


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/46
Sana08.06.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1463109
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46
Bog'liq
O\'yin orqali ta\'lim olish

II bob. MAXSUS MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA AQLI 
ZAIF BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA DIDAKTIK 
O‘YINLARNI QO‘LLASHNING SAMARADORLIK DARAJASINI 
TADQIQ ETISH 
1. Eksperimental tadqiqotni tashkil etish tamoyillari, vazifalari va 
metodlari va uni tashkil etish 
Mavzuga oid psixologik-pedagogik adabiyot tahlili natijasida aqli zaiflik 
nutqning ikkilamchi orqada qolishiga olib kelishini taxmin qilish mumkin. Aqli 
zaiflikka ega bolalarning nutqi bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, 
ularni maxsus tanlangan metodikalar asosida aniqlash mumkin. 
Tadqiqot ishimizda biz aqli zaif bolalarni nutqini o‘ziga xos 
xususiyatlarini didaktik o‘yin jarayonida tekshirish metodikalarini qo‘lladik. 
Eksperiment o‘tkazishdan avval aqli zaif bolalarning hujjatlari bilan 
tanishildi. Guruh defektologi va tarbiyachilar bilan suhbatlashildi. Har bir aqli 
zaif bolaning xususiyatlari haqida ma’lumot to‘plandi.
Belgilangan vazifalarga muvofiq ravishda tadqiqot mavzusiga doir ilmiy 
adabiyotlar yuzasidan ma’lumotlarni o‘rganish va maktabgacha yoshdagi aqli 
zaif bolalar nutqini eksperimental yo‘nalishda tadqiq etish rejalashtirildi. 
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning impressiv va ekspressiv 
nutqini 
didaktik 
o‘yin 
davomida 
tekshirishda, 
biz 
A.Kataeva, 
E.Strebelevalarning maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqini tekshirish 
metodikasidan keng foydalandik. 
Tekshirish jarayonida aqli zaif bolalar uchun xarakterli bo‘lgan xotira, 
diqqat xususiyatlari e’tiborga olindi. Shunga bog‘liq ravishda ularga 
ko‘rsatmalar qisqa, sodda tarzda berilib, ba’zan ikki marta takrorlandi. 
Metodikalar kunning birinchi yarmida guruhli mashg‘ulotlaridan so‘ng 
individual tarzda navbatma-navbat berildi. Tadqiqot natijalarini tahlil etish 
bolalar nutqini rivojlanish darajasini inobatga olgan tarzda 4 balli tizimda 
amalga oshirildi: 


48 
4 ball – topshiriqni qo‘shimcha savollarsiz bajarib, to‘g‘ri, aniq, o‘zaro 
bog‘langan gaplar vositasida javob berdi. 
3 ball – to‘g‘ri javob berib topshiriqni bajara oldi, lekin javoblar yetarli 
darajada to‘liq emas. 
2 ball – topshiriqni yo‘naltiruvchi savollar asosida bajara oldi. 
1 ball – topshiriqni bajarish davomida tekshiriluvchining yordami va 
yo‘naltiruvchi savollaridan foydalandi. Hikoya qilish (predmetlar, ularning xatti-
harakatlari va sifatlarini so‘zli tasvirlash)da ketma-ketlik va o‘zaro bog‘liqlik 
mavjud emas. 
0 ball – topshiriqni bajara olmadi.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling