Grosheva I. V djanpeisova g. E,, Mikailova u. T, Ismailova m. A, Kenjabayeva d. A


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/46
Sana08.06.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1463109
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46
Bog'liq
O\'yin orqali ta\'lim olish

4. «Yil fasllari» metodikasi 
Maqsad: Bolalarda yil fasllari haqidagi bilimlarni, ekspressiv lug‘at 
boyligini, bog‘langan nutqni shakllanganlik darajasini aniqlash. 
Jihoz: Yil fasllari tasvirlangan rasmlar. 
Ko‘rsatma: Bolaga rasm ko‘rsatiladi va ushbu rasmlarga diqqat bilan qarab, 
rasmning har bir qismida yilning qaysi fasllari tasvirlanganligi haqida so‘raladi. 
Topshiriqni bajarish uchun 2 daqiqa vaqt beriladi. Ushbu berilgan vaqt 
mobaynida bola nafaqat yil fasllarini aytib berishi, balki fasllarning belgilarini 
ko‘rsatib bera olishi va ushbu qism aynan mana shu faslga tegishli ekanligini 
asoslab berishi kerak. 


50 
5. “O‘yinchoqni olib berishga yordamlash” metodikasi 
Maqsadi: bog‘langan nutq, rasmda tasvirlangan vaziyatni butunligicha idrok 
etish, ko‘rgazmali-obrazli tafakkur negizilarini shakllanganlik darajasini 
aniqlash darajasini tekshirish.
Jihoz: syujetli rasm – xonada bola, qo‘lida kalit ushlab turibdi, uni 
to‘g‘risida devordagi mixda (bola uchun yuqori) paketda o‘yinchoq osilgan. 
Xonani burchagida katta va kichik stul turibdi.
Ko‘rsatma: tekshiruvchi bolaga rasmni ko‘rsatib: “Bola o‘yinchog‘ini 
o‘ynamoqchi, lekin uni olishga bo‘yi yetmayapti. Bola o‘yinchog‘ini qanday 
qilib olishi mumkin?” - deydi. Bola topshiriqni bajarishga qiynalsa, 
yo‘naltiruvchi savollar yoki o‘xshash vaziyatni eslatish usulidan foydalaniladi.
6. “Kesma rasmlar” metodikasi
Maqsadi: og‘zaki bog‘langan nutq rivojlanganlik darajasini, ob’ektlar va 
vaziyat sabab-oqibat aloqa va munosabatlarini aniqlash xususiyatlarini, tafakkur 
va nutq rivojlanish darajalarini o‘zaro mosligini tekshirish. 
Jihoz: syujetli ketma-ketlikga ega beshta rasm. 
Ko‘rsatma: Tekshiruvchi bolaga syujetli rasmlar noto‘g‘ri ketma-ketlikda 
berilib: “Rasmlarni to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtir va hikoya tuzib ber” – 
deydi. Agar bola qiyinchiliklarga duch kelsa, rasmlar asosida suhbat olib 
boriladi.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling